(Geologiya)
Yer osti suvlari hamda ko`l va botqoqlarning geologik faoliyati
mavzulari yuzasidan savollar
1-Variant
Flyuvoglyatsial yotqiziqlarning qat-qat to‘g‘ri chiziqli tarzda yotqizilishi tufayli vujudga kelgan “oz”larni eslatuvchi rel’yef shakli ________________
Lotin tilida “chuqurlik, suvning chuqur joyi” degan mazmun beruvchi hamda dengiz tubida muqim yopishib turuvchi yoki sudralib harakatlanuvchi suv o‘tlari, chuvalchanglar, tikanakterililar, qorinoyoqlar, poliplar, qisqichbaqasimonlar guruhi qanday ataladi? __________________________
Eroziyaning daryo oqimiga qarama-qarshi yo’nalishda rivojlanishi bu? _____________________________________________________________
Nisbatan iliq bo‘lgan dengiz yoki ko‘l yuzasi bo‘ylab harakatlanayotgan to‘lqinning muzlab yotgan qirg‘oqni eritishi va yemirishi tufayli yuzaga keluvchi jarayon? _______________________________________________
Abadiy muzloq yerlarda muzlab yotgan gruntning erib, qambar joylar hosil qilishi tufayli shakllangan ko‘llar? __________________________________
Yuqori va o‘rta kenglikda joylashgan ko‘llarning qishda yuza qismi bo‘ylab suvning harorati past bo‘lib, bu ko‘rsatkich quyiga tomon orta borishi qanday tushuncha bilan izohlanadi? _______________________________________
Tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab, shuningdek, ko‘l, dengiz, jarliklar suv omborlari, karer, kanallarning tik qirg‘og‘ida, tog‘ jinslari massasining pastga mexanik harakat natijasida sirg‘anib tushishi? ________________________________
Gidrologik oqimning karst o‘pqonlari, quduqlari, shaxtalari orqali pastki qatlamlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyilishi? _____________________________
Muzliklardan holi yoki muzlik bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilib turgan qoya – ona jins qatlamlari bu? ______________________________________________
Iqlimi nam va sovuq hududlarda, yog‘in miqdorining ko‘pligi, bug‘lanishning kamligi va relefning sust to‘lqinsimon rivojlanganligi sababli gidrologik oqimning kuchsiz harakati, hamda suv o‘tkazmaydigan qatlamning yuzaga yaqin yotishi tufayli qanday hosilalar shakllanadi? ______________________________________________________________
(Geologiya)
Yer osti suvlari hamda ko`l va botqoqlarning geologik faoliyati
mavzulari yuzasidan savollar
2-Variant
Shаmоlning кuchi tа’siridа mаydа zаrrаchаlаrni to’plаsh jarayoni bu _____________________________________________________________
Aksariyat karst g‘orlari bo‘ylab million yillar mobaynida suv tomchilarining tomishi, tomchi tarkibidagi mineral zarrachalarning g‘or sathi bo‘ylab yopishib qolishi natijasida shallanadigan hosilalar?____________________
Yer osti suvlarining ma’lum miqdorda tog‘ jinslari tarkibidagi turli o‘lchamli bo‘shliqlar, g‘ovaklarda mavjud bo‘lgan suv bug‘larining sovib quyuqlashuvi tufayli hosil bo‘lishi qandaay nomlanadi? ________________
Yoz oylari havo harorati ko‘tarilgach ko‘l suvining yuza qismlari yaxshi qiziydi va chuqurga tushgan sari suv harorati pasaya boradi. Suv haroratining bunday o‘zgarishi qanday tushuncha bilan izohlanadi? _____________________________________________________________
Yura davriga xos ohaktosh, tuz gips qalamlari bilan bog‘liq holda shakllangan Xomkon yoki Konbeshbuloq ko‘li qanday genetic kelib chiqishga ega? _________________________________________________
Abadiy muzlab yotgan hududlarning o‘zan bo‘ylab oqar suv ta’sirida erib yemirilishi tufayli vujudga keluvchi jarayon? ________________________
Qadimgi dengiz qirg‘oqlaridagi botqoqliklar boylab shakllangan ko`mir konlari qanday nomlanadi? _______________________________________
Iqlimi nam va sovuq hududlarda, yog‘in miqdorining ko‘pligi, bug‘lanishning kamligi va relefning sust to‘lqinsimon rivojlanganligi sababli gidrologik oqimning kuchsiz harakati, hamda suv o‘tkazmaydigan qatlamning yuzaga yaqin yotishi tufayli qanday hosilalar shakllanadi? _____________________________________________________________Beruniy tomonidan so’z yuritilgan qaynar tushunchasi yer osti suvlarining hozirgi qaysi zamonaviy turiga to’g’ri keladi? ________________________
Gidrologik oqimning tuproq, qum, shag‘al va h.k. to‘rtlamchi davr yotqiziqlari orqali yer ostiga shimilishi?
_____________________________________________________________
10 Materik muzliklari yuzasining harakatlanishi davomida tartibsiz, notekis hosilalar qanday ataladi? ___________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |