Geologiya fanlari universiteti



Download 0,67 Mb.
bet8/9
Sana17.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#559041
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7.Timur Ernazarov(nivelir)

Reykalarni tekshirish. Nivelirlash ishini boshlashdan oldin va ish tamom bo’lgandan keyin reykalarning bo’laklar qiymati tekshirib ko’rilishi kerak. Reykalar maxsus nazorat (kontrol) metr bilan tekshiriladi.
Kontrol metr bo’lmagan taqdirda millimetrlarga bo’lingan po’lat ruletkadan foydalanish mumkin. Lekin po’lat ruletkaning o’zi avvalo tekshirilgan bo’lishi kerak. Tekshirish vaqtida reykaning dastlab metrli bo’laklarining uzunligi, detsimetrli bo’laklari, so’ngra har bir detsimetrdagi santimetrli bo’laklar po’lat ruletka bilan o’lchanadi. Detsimetrli bo’laklardagi xato 1 mm dan, yaxlit reyka uzunligi bo’yicha jami xato 2 mm dan oshmasligi lozim. Xato bundan katta bo’lsa, reyka qaytadan oq rangga bo’yalib, yangidan santimetrlarga bo’linadi va belgilab chiqiladi.
R eykani nuqtaga o’rnatish va undan sanoq olish. Nivelirlashda reyka qoqilgan qoziqqa yoki metalldan yasalgan boshmoq (9.7-rasm a), temir qoziq-kostil (9.7-rasm b) ga tik o’rnatiladi. Nivelirning qarash trubasi orqali reykaga qaraladi, shunda reykaning bir qismi va iplar to’ri ko’rinishi lozim. Katta aniqlik talab qilinmaydigan hollarda sanoq iplar to’rining o’rta gorizontal ipidan, aniq nivelirlashda esa iplar to’rining uchalasidan ham sanoq olinadi. Bunda sanoq dastlab iplar torining gorizontal chiziqlarigacha yuqoridan pastga tomon detsimetr va santimetrlarda, so’ngra ko’z bilan chamalab millimetrlarda olinishi lozim.
Nivelirlashda reyka nuqtaga vertikal holatda o’rnatilishi kerak. Shuning uchun aniq nivelirlashda
ishlatiladigan reykalarning yon qirrasiga doiraviy
9.7-rasm. Reykani o`rnatish
adilak o’rnatilgan bo’ladi. Texnikaviy nivelirlashda shakli ishlatiladigan reykalarning ko’pchiligida adilak bo’lmaydi. Bunday reykalar nuqtaga ko’z bilan chamalab tik o’rnatiladi. Reyka nuqtaga vertikal o’rnatilmasa, sanoq noto’g’ri olinishi mumkin. Reykaning o’rnatilishidagi xatoning ta`sirini kamaytirish uchun sanoq olishda reyka sekin-asta oldinga va orqaga tomon tebratiladi. Tebratib turilgan reykaga qarash trubasidan qaralganda eng kam sanoq reykaning vertikal holatiga to’g’ri keladi.
Masalan, reykaning vertikal holatidagi sanoq 1078, oldinga tebratilgandagi sanoq 1190, orqaga tebratilgandagi sanoq esa 1187 dir (7-rasm). Lekin shuni aytin o’tish kerakki, reykaning holatiga reyka pastki uchining qalinligi ham ta`sir qiladi. Masalan, reykani orqaga tebratganda uning nol raqami yuqoriroq ko’tariladi vaa sanoq o’rniga a’ sanoq olinadi.
Agar sanoq a= 500 bo’lsa, xato 1 mm ga, a=300 bo’lsa 3mm ga teng bo’ladi. Demak reykadan 500 dan kam sanoq olish mumkin bo’lganhollarda uni qimirlatishning hojati yo’q. Chunki bunda reykaning qalinligi ta`sirida qo’pol xato ro’y berishi mumkin. Reykadan 500 dan katta sanoq olish mumkin bo’lganda uni tebratsa bo’ladi. Bunda reykaning vertikal o’rnatilmaganligi natijasida ro’y beradigan xatoning ta`siri ancha kamayadi.


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish