Geografiyasi


G u m u s -lo t.,hum us” - tuproq, yer demakdir. 33



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/85
Sana01.06.2022
Hajmi5,22 Mb.
#624948
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
Bog'liq
fayl 195 20210327

4
G u m u s -lo t.,hum us” - tuproq, yer demakdir.
33


mujassamlashadi. Gumus massasining asosiy qismini (60-70 %) gu- 
min kislota va fulvokislotalar tashkil etadi. Tuproqning gumus ho­
lati bilan tuproqning zonal qator lari o‘rtasida mustahkam aloqa 
mavjud. Yer shari tuproqlaridagi gumus zaxirasi miqdori gidroter- 
mik sharoit bilan bog‘liq. Eng ko‘p gumus zaxirasi yillik o‘rtacha 
harorat uncha yuqori bo‘lmagan va namlik meyorda bo‘lgan tuproq­
larda kuzatiladi. Gumus moddalarining tarkibi va xossalaridagi 
tafovutlar unga ta’sir etuvchi jarayonlar, ya’ni nurash, tuproq 
tuzilmasining paydo bo‘lishi, moddalaming kesimdagi migratsiyasi, 
tuproq minerallari miqdorining o‘zgartirilishiga bog‘liq.
Tayanch ibora va atamalar:
Mikroorganizm, biokimyoviy jarayon, organik modda, biomas- 
sa, tropik mintaqa, boreal mintaqa, tuproqning organik qismi, tuproq 
minerallari, tuproq gumusi.
Nazorat uchun savollar:
1. Mikroorganizmlar tuproq hosil boiishida qanday vazifani 
bajaradi?
2. Mikroorganizmlar faoliyati bilan tuproq zonalari o‘rtasidagi 
bogiiqlikning mohiyatini tushuntiring.
3. 0 ‘simliklaming tuproq hosil bo‘lishidagi ahamiyati nimada?
4. 0 ‘simliklar fitomassasi miqdori bilan tuproq zonalari 
aloqadorligini tushuntiring.
5. Nima uchun daraxt va o‘tsimon o‘simlik biomassasining 
ildiz va yer ustki qismlarida farq katta?
6. Opad nima va uning tuproq uchun ahamiyati nimada?
7. Zoomassaning asosiy qismi nima uchun umurtqasiz 
hayvonlarga to‘g‘ri keladi?
8. Hayvonlarning tuproq hosil boiishidagi rolini tushuntirib 
bering.
9. Hayvonlarning yashash faoliyatini tuproq zonalligi asosida 
tushuntiring.
10. Tuproqning organik qismi va chirindi (gumus) to‘g‘risida 
nimalami bilasiz?
34


II BOB. TUPROQ HOSIL BO‘LISHIDA IQLIM VA 
GIDROLOGIK OMILLARNING 0 ‘RNI
2.1. Tuproqning issiqiik tartibi
Iqlim tuproq hosil boiishida va tuproqlar geografiyasida 
muhim omillardan biri hisoblanadi. Tuproqlar geograflyasining 
umumiy qonuniyatlari ham iqlim bilan bogiiq. Iqlim tuproq hosil 
boiishiga bevosita ta’sir etib tuproqning energetik darajasi va 
gidrotermik tartibini belgilaydi hamda tuproq hosil qiluvchi boshqa 
omillarga (o‘simlik, organizmlaming hayot faoliyati, tuproq hosil 
qiluvchi jinslar va b.) ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproqning issiqiik va suv tartibi tuproqda kechadigan barcha 
fizik, kimyoviy, biologik jarayonlar xarakteri hamda jadalligiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Tog‘ jinslarining fizik parchalanishi va ulaming 
g‘ovaklashishi, kimyoviy reaksiyalaming jadalligi, tuproq aralashma- 
larining birikishi, qattiq va suyuq bosqichlar nisbati kabilar harorat 
orqali amalga oshadi. Vant-GofF qoidasi bo‘yicha haroratning har
10 °C ga ortishi, kimyoviy reaksiyalar tezligini 2-3 martta orttiradi5.
Bakteriyalaming biokimyoviy faoliyati, organik qoldiqlaming 
chirish tezligi, organizmlaming hayot faoliyatlari kabilar ham 
harorat bilan bogiiqligiga shubha yo‘q. Shu tufayli Yer sharining 
turli hududlarida issiqiik tartibining bir xil emasligidan nurash va 
tuproq hosil boiish tezligi, tuproq kesmasi (profili) va nurash po'sti 
ham turlicha boiadi.
Tuproqning issiqiik tartibi deb, yerning yuza qatlamidagi 
havo - tuproq - tuproq hosil qiluvchi ona jins tizimidagi issiqiik 
almashinuvi bilan bogiiq barcha hodisalar yigindisiga aytiladi.
Radiatsiya muvozanati (balansi)ning o‘zgarishi joyning keng- 
ligi va yil mavsumlariga bogiiq. Bu tundrada - 10-20 kkal/sm2, 
janubiy taygada - 30-40 kkal/sm2, qora tuproq zonasida - 30-50 
kkal/sm2, tropiklarda esa yiliga 75 kkal/sm2 dan ortadi.
5 Krasilnikov, P., Carre, F. & Montanareila, L. (eds ) Soil geography and geostatistics. European Communities, 2008.


Tuproqning issiqlik tartibi atmosferaning yer yuzasiga yaqin 
qismidagi issiqlik tartibiga bo‘ysinadi, ammo undan farqlanadi. Havo 
va tuproqning o‘rtacha yillik harorati shimoldan janubga va sharqdan 
g‘arbga tomon ko‘tariladi. Havo haroratining ortishi bilan tabiat min- 
taqalarining issiqlik bilan ta’minlanishi ham o'zgaradi. Issiqlik tartibi 
bo‘yicha shimoliy yarim sharda 5 ta mintaqa ajratiladi (II.2.1 .l-jadval).

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish