Geografiyasi


B. Chala cho‘llarning tog‘ oldi bo‘z tuproqlari zonasi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/85
Sana01.06.2022
Hajmi5,22 Mb.
#624948
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85
Bog'liq
fayl 195 20210327

B. Chala cho‘llarning tog‘ oldi bo‘z tuproqlari zonasi
- qisqa muddat muzlovchi tuproqli subtropik fatsiya; 
provinsiya: G‘arbiy Tyanshan oldi;
- muzlamaydigan tuproqli subtropik fatsiya; 
provinsiyalar: Kura - Araks; Hisor oldi, Kopetdog4 oldi.
Li - G‘arbiy Tyanshan 
g‘
Ajratilgan barcha tuproq - geografik rayonlashtirish birliklari 
tuproqlar geografiyasining asosiy qonunlari asosida: tuproq - bio­
logik mintaqalar va tuproq zonalari - gorizontal zonallik qonunga; 
tuproq - bioiqlim oblastlari va tuproq provinsiyalari - fatsial qonu- 
niga; tuproq okruglari va rayonlari - tuproq qatorlarining topografik 
analoglari qonuniga mos tarzda vujudga kelgan.
Tuproq — geografik rayonlashtirish yer fondidan oqilona va 
yanada samarali foydalanish, tuproqni muhofaza qilish va mah- 
suldorligini oshirish muammolarini yechishda asos hisoblanadi.
Geografik zonalar, tabiiy-geografik jarayonlar, geografik qo­
biq, geografik mintaqa, zonallik qonuniyat, intrazonal, azonal tup­
roqlar, tuproq zonasi, tuproq provinsiyasi, tuproq okrugi, tuproq 
rayoni.
1. Tuproq qoplamining geografik joylashuvining asosiy qonu­
niyatlari mohiyatini ochib bering.
2.Gorizontallik qonuniyatining mazmuni nimada?
3.Gorizontallik qonuniyatining yana boshqa qanday jihatlari
T ogii provinsiyalar:
L
2
- Badaxshon-Hisor 
L3 - Kopetdog‘
Tayanch ibora va atamalar:
Nazorat uchun savollar:
mavjud?
73


4. Gorizontallik qonuniyatidan chetga chiquvchi yana qanday 
qonuniyatlar bor?
5.Tuproqlar tarqalishining balandlik qonuniyatlarini izohlang.
6.Tuproqlar geografiyasining litologik - geomorfologik qonu- 
niyatini tushuntirib bering.
7. Tuproqlar geografiyasida tarixiy — geologik qonuniyatning 
ahamiyati nimada?
8. Tuproq qatorlarining topografik analoglarini qanday tushu- 
nasiz?
9. Tuproq ~ geografik rayonlashtirishdagi taksonomik biriiklar- 
ga tavsif bering.
10. Rayonlashtirishdagi taksonomik birliklar bilan tuproqlar 
geografiyasi qonunlari orasida qanday bogiiqlik mavjud?
74


II BOB. YER SHARI TUPROQLARI GEOGRAFIYASI 
(QUTBIY MINTAQA)
2.1. Qutbiy mintaqaning tabiiy - iqlimiy sharoiti va tuproq
zonalari
Qutbiy mintaqa qumqlikning 13 % ini ishg‘ol etgan bo‘lib, 
hududning 2/3 qismidan ortig‘i Antarktida, Grenlandiya va boshqa 
orollardagi muzliklar bilan qoplangan. Mintaqaning chegarasi 
shimoliy qutbiy doiradan shimolroqdan o‘tadi: Kanada arxipelagi, 
Kara darvozasi, Osiyoning qutbiy chekkasi hamda Grenlandiyada 
60° shimoliy kenglikgacha (sh.k.) tushadi. Janubda esa qutbiy 
mintaqa 53° janubiy kenglikgacha (j.k.) yetib boradi, Antarktida esa 
unchalik katta boimagan muzdan holi hududlamigina egallaydi.
Ushbu mintaqa chegarasida ikkita: Yevrosiyo va Shimoliy 
Amerika tuproq oblastlari ajratiladi hamda ulaming o‘zi tabiiy 
sharoiti xarakteri jihatidan yana ikkita: Arktika tuproqlari zonasi 
hamda Subarktikaning tundra tuproqlari zonalariga bo‘linadi.
Arktika va Subarktika tundrasining umumiy maydoni 180 mln 
gektarga yaqin. Bundan tashqari MDNning to g ii rayonlarida 160 
mln. gektarga yaqin tundra tuproqlari mavjud.
2.2. Arktika tuproqlari zonasi
Ushbu mintaqa Shimoliy Muz okeanining 75° sh.k. dan shimol- 
dagi orollami, shuningdek, Rossiyaning shimolidagi Shimoliy Yer, 
Yangi Yer, Frans-Iosif Yeri, De-Long orollarida, Novosibirsk 
orollarida, Taymiming Shimoliy qirg‘oqlarida (Chelyuskin ko‘rfa- 
zida) tarqalgan. Bundan tashqari Shimoliy Amerikada (Kanada Arkti­
ka arxipelagida), Grendlandiyada va boshqa joylarda keng tarqalgan.
Zona iqlimi juda sovuq, davomli, radiatsiya balansi yiliga 6 
kkal/sm2 dan ortmaydi. Yillik o‘rtacha harorat -10 -14 °C, qishki 
harorat -25 -31 °C, Grenlandiya -46 °C gacha yetishi mumkin. 
Yozda o‘rtacha sutkalik harorat +5 °C dan ortmaydi. Sovuqsiz
75


kunlar yiliga atigi 12-14 kunni tashkil etadi, yog'in miqdori 150 mm 
atrofida bo‘lib, yozda ham qor tarzida yog4adi.
Zona relyefi uchun muz va abraziya (sohilda dengiz toiqinlari 
ta’sirida hosil bo'lgan zinapoyasimon shakllari xarakterli.
Muzlikdan holi bo‘lgan hududlarda tuproq hosil qiluvchi 
jinslar tarkibida mayda silliqlangan toshli ellyuvial, qisman 
sho‘rlangan dengiz va muz yotqiziqlari asosiy o‘rinni egallaydi. 
Tuproq hosil boiishiga bu mintaqada yana dengizdan tuzlarning 
shimilishi va kuchli shamollar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
0 ‘simliklari kam va siyrak bo‘lib, asosan mox va lishayniklar 
hamda ko‘k - yashil suvo‘tlardan iborat. 0 ‘simlik qoplami 
sovuqdan hosil bo‘lgan yoriqlar, qurishi tufayli hosil bo‘lgan 
yoriqlar ya boshqa genezisdagi kichik depressiyalarda tarqalgan 
bo‘lib dengiz sathidan 100 m balandlikda o‘simlik qoplami deyarli 
bo‘lmaydi o‘simliksiz (yalang) grunt 70-95% ni egallaydi.
Umuman tuproq hosil bo lish jarayonlari sust ro‘y beradi. Bu 
faqat iqlimning sovuqligidangina emas, balki zonaning o‘zini nisba- 
tan yoshligidan hamdir. Tuproq hosil bo‘lish jarayonida faol yuza 
qatlamda muzlash va erish ta’sirida moddalaming siljishi ro‘y bera­
di. Bunda tuz to*planishi sodir boiadi. Nurash mahsulotlari chuqur 
tushib ketmaydi, biokimyoviy jarayonlar sekin ro‘y beradi, mikroor- 
ganizmlar orasida azotobakteriyalar yo‘q, aksincha mikrobakte- 
riyalar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Ko‘p yillik muzloqlaming mavjudligi va havoning past salbiy 
harorati tufayli muzdan holi bo'lgan hududlardagina 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish