Geografiyasi


Tabiiy-geografik  omillar



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

Tabiiy-geografik  omillar  (iqlim,  yer  yuzasi  tuzilishi,  suv  manbalari  va 
tuproq,  hayvoiot  va  o’simliklar,  regionning  ekologik  ahvoli)  inson  kasalliklarini 
vujudga  kelishiga  bevosita  va  bilvosita  ta’sir  ko’rsatadi.  Shuningdek,  ular 
kasalliklarni  hududiy  tarqalishini  belgilab,  nozoareallarni  vujudga  kelishida  katta 
rol o’ynaydi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy  omillar  (sog’liqni  saqlash  tizimini  axvoli,  aholining 
joylashuvi,  zichligi,  jins-yosh  va  ijtimoiy  tarkibi,  ma’lutmotlilik  darajasi,  ko’chib 
yurishi,  yashash  va  mehnat  sharoitlari,  shahar  va  qishloqlar  to’ri  va  tizimi, 
transportning  rivojlanganlik  darajasi,  urbanizatsiya  jarayonlari,  region  (hudud) 
ning xo’jalik ixtisoslashuvi, ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvi va rivojlanish 
darajasi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasining holati va boshqalar) ning 
inson  kasalliklarini  kelib  chiqipti  va  nozoareallarini  vujudga  kelishidagi  ta’siri 
kuchayib bormoqda. 
Nozoareallar  miqyosida  aholinnig  kasallanishi  darajasi  va  kasalliklarning 
tarqalishida tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillarning rolini aniqlash zamonaviy 
tibbiy-geografik tadqiqotlarning dolzarb muammolaridan biridir. 
Joylarning  rel’ef  xususiyatlari  ham  inson  salomatligini  belgilovchi  asosiy 
omillardan biridir. Baland tog’ mitnaqalarida o’z nomi “tog’ kasalligi” deb atluvchi 
kasallik  keng  tarqalgan.  Tog’  kasalligi  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  ispan  sayohi 
Akosta  tomonidan  yozib  qoldirilgan.  Uning  yozishicha  1590  yil  And  tog’lari 
bo’ylab  sayohat  chog’ida  4500  metr  dengiz  sathidan  balandlikda  hamrohlari 
orasida  qandaydir  kasallik  yuzaga  kelganligi,  ularning  yurak  urishlari  o’zgarib, 
bosh aylanish, nafas siqishi, burunlarining qonashi, quloqlarining shang’ilashi kabi 
holatlar kuzatiladi. Bu tog’ kasalligi bo’lib, 1887 yil frantsuz olimi Bert tomonidan 
aniqlangan  va  bu  kasallikning  bosh  sababchi  deb  kislorod  yetishmasligi  bilan 


161 
 
izohlagan.  Keyingi  yillarda  tog’larda  yashovchi  kishilarning  yurak  faoliyatini 
o’rganish  natijasida  ushbu  hududda  yashovchilar  yuragi  boshqa  hududlarga 
nisbatan  ancha  farq  qilishi,  ya’ni  ularning  yurak  o’ng  qorinchalarining  qalinligi 
aniqlangan.  Tog’li  o’lkalarda  yashovchi  kishilar  orasida  yana  quyosh  urishi, 
oftalьmiya, endemik buqoq kabi kasalliklar ko’proq uchraydi. 
Dengiz  va  boshqa  suv  havzalarida  faoliyat  ko’rsatuvchi  kishilar  orasida 
ko’pincha  “dengiz  kasalligi”  uchraydi.  Ushbu  kasallik  kemaning  chayqalishi 
natijasida yuzaga keladi. Dengiz kasalligining kelib chiqishi va rivojlanishida asab 
tizining holati muhim rol o’ynaydi. 
O’rmon  tayga  hududlarida  ham  o’z  nomi  bilan  “o’rmon  kasalligi”  deb 
nomlanuvchi  kasallik  uchraydi.  Bu  kasallikda  kishi  jismida  har-xil  ruhiy  holatlar, 
karaxtlik tinimsiz uyqu, chivinlar va kanalar chaqishi bilan bog’liq kasalliklar ko’p 
uchraydi. 
Cho’l  va  unga  yaqin  hududlarda  havo  harorati  va  bug’lanish  yuqoriligi, 
nisbiy namlik esa past bo’ladi. Aslida inson organizmi uchun 18-21 gradusli havo 
harorati,  40-60  foizli  nisbiy  namlik  qulay  hisoblanadi.  Doimiy  yuqori  harorat  va 
namlikning me’yorda bo’lmasligi kishi tanasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu hol o’z 
navbatida  asab  va  gormonal  tizimlar  bog’liq  kasalliklarni,  shuningdek,  qon-tomir 
tizimidagi  kasalliklarni  keltirib  chiqaradi.  Bunday  sharoitda  cho’l  sharoitida 
ko’proq  holsizlanish,  darmonsizlanish  va  o’ta  tashnalik  bilan  ajralib  turuvchi 
“cho’l  kasalligi”  ko’p  uchraydi.  Cho’l  kasalligiga  chalinish  natijasida  ruhiy 
hastaliklar  ham  yuzaga  kelishi  mumkin.  Masalan  tropik  mamlakatlar  aholisi 
orasida  astiniya  kasalligi  tarqalgan  va  uning  vujudga  kelishi  mazkur 
mamlakatlarning tabiiy sharoiti bilan bevosita bog’liq. 
Inson slomatligini belgilashda  joylarning  tuproq xususiyatlari ham  yetakchi 
ahamiyatga  ega.  Chunki,  tuproq  tarkibida  kasallik  tug’diruvchi  bakteriyalar  va 
mikrorganizmlar hayot kechiradi. Tuproq turli xil mikroorganizmlar uchun makon 
hisoblanadi.  O’lat,  tulyaremeya,  gangrena  singari  ko’plab  kasalliklarni  tashuvchi 
infektsiyalar  aynan  tuproqda  yashaydi.  Mashhur  tibbiy  geograf  Shaalya  o’z 
tadqiqotlarida  salmonelezlarning  vujudga  kelishi  va  tarqalishini  ko’proq  tuproq 
omili bilan bog’laydi. Tuproqni ifloslanishi o’z navbatida suvni ham ifloslanishiga 
olib  keladi.  Tuproqdagi  barcha  mikroelementlar  inson  ogranizmiga  suv  orqali 
o’tadi.  Shuning  uchun  yirik aholi pukntlarida  suv  ichimlik  suvi  doimo  xlor  bilan 
tozalanadi.  Ayrim  hollarda  endemik  buqoq  kasalligini  yuzaga  kelishi  suvning 
tarkibidagi  mikroelementlar  bilan  bog’liq.  A.P.Vinogradov  tadqiqotlaridan 
ma’lumki,  inson  organizmi  bir  kecha  kunduzda  120  gramm  yod  qabul  qilishi 
kerak.  Buning  70  grammi  o’simlik  mahsulotlaridan  40  grammini  esa  hayvon 
mahsulotlaridan olinishi lozim. Demak, inson yodni asosiy qismini o’simliklardan 
oladi. Yod moddasini esa o’simliklar suv orqali tuproqdan oladi. A.P.Vinogradov 
nazariyasiga ko’ra tog’ va kulrang tuproqlarda yod tanqisligi mavjud. 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish