11-mavzu Tibbiyot geografiyasi
157
noslik, ekologiya, biogeografiya, sotsial ekologiya, epidemiologiya, parazitologiya,
sotsial gigiena va sog’liqni saqlashni tashkil etish, kurortologiya, zoogeografiya
kabi fanlar bilan mustahkam aloqalarga ega.
Tibbiyot geografiyasining mustaqil fan sifatida tanilishi (garchi ko’pchilik
olimlar tomonidan XIX asrning o’rtalari deb hisoblansada), tibbiy-geografik
tadqiqotlarga oid masalalar qadimgi Sharq va G’arb olimlarining (Ibn Sino,
Gippokrat) asarlarida yoritilgan. Ammo, hozirgi tushunishdagi tibbiyot
geografisiga oid bo’lgan dastlabki yirik tadqiqot - «Obobshenie vseobshey
meditsinskoy prakticheskoy geografii» nemis olimi Finke tomonidan 1792 yilda
amalga oshirildi. Bunda, u tibbiyot geografiyasini joyning aholi salomatligi va
kasalliklariga ta’sirini o’rganuvchi fan deb hisobladi.
Tibbiyot geografiyasining rivojlanishiga xorijiy olimlardan Finke, SHnurrer,
Buden, Rayt, Girsh, Fuks, Mey, Masako, Ratwel, Stemp, Bojyo-Garne, Layt va
boshqalar o’z hissalarini qo’shdilar.
XX asr boshlariga qadar Rossiyada tibbiyot geografiyasining nazariy va
amaliy masalalari P.Z.Kondoidi, N.I.Toropov, N.I.Pirogov, I.M.Sechenov,
S.P.Botkin,
I.P.Pavlov,
E.X.Ikavitts,
N.I.Litunovskiy,
A.F.Zmeyev,
P.I.Preobrajenskiy, D.V.Mertsalov, K.P.Andreyev, P.A.Bursev, N.A.Korjavin,
K.S.Morkotun,
S.P.Lovsov,
G.I.Arxangelskiy,
P.A.Peskov,
I.A.Peskov,
N.I.Avgustovkiy, P.I.Shmakov, A.A.Bunge, Ye.V.Bek, V.L.Yakimov va
boshqalarning ishlarida yoritilgan.
Sobiq Ittifoqda tibbiyot geografiyasinint nazariy metodologik asoslari,
aholining salomatlik holati va nozogeografik tadqiqotlar, sog’liqni saqlashni
rivojlanishi, tibbiyot geografiyasi hamda tibbiy-geografik rayonlashtirish
masalalari D.K.Zabolotniy, A.A.Shoshin, A.P.Markovin, Ye.N.Pavlovskiy,
A.I.Vinogradov,
A.V.Yakovlev,
A.A.Keller,
A.V.Chaklin,
Ye.I.Ignatyev,
B.B.Proxorov, V.P.Byakov, Ye.I.Veselov, B.V.Vershinskiy, V.Ya.Podolyan,
A.D.Lebedyev,
A.G.Voronov,
A.P.Avtsin,
P.P.Reshetnikov,
Ye.L.Rayx,
A.P.Ayriyan,
A.A.Polovetskaya,
V.P.Pospelo,
S.I.Belov,
Ye.S.Feldman,
B.I.Xodjamberdiyev, T.E.Boldiryev, N.K.Sokolov, S.E.Shipelenya, O.P.Depin va
boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida ochib berilgan. Binobarin, B.B.Proxorov
tomonidan Baykal Amur magistrali qurilishi zonasi miqyosida ilk bor doktorlik
dissertatsiyasi darajasidagi tibbiy-geografik tadqiqot amalga oshirilgan.
O’zbekistonda esa aholining salomatligi, kasalliklar hamda sog’liqni saqlash
masalalari bevosita tibbiyot nuqtai nazaridan bajarilgan ishlar mavjud. O’tgan
asrning 90-yilldridan boshlab, O’zbekiston va uning ayrim regionlari bo’yicha
tibbiyot muassasalarini hududiy tashkil etish masalalari M.I.Nazarov (1996),
nozogeografik vaziyat esa N.Komilovalar (1999) tomonidon ilk bor o’rganilgan.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston FA Geografiya bo’limi tomonidan 90-yillarda
respublikaning tibbiy-geografik atlasiga oid ishlar olib borilgan edi.
Shuningdek, mamlakatimizda tibbiyot geografiyasi bo’yicha 2 doktorlik
dissertatsiyasi
himoya
qilinganligini
alohida
ta’kidlash
joiz.
Bular,
N.Komilovaning “O’zbekiston tibbiy geografik sharoitining hududiy tahlili va
aholi
salomatligi
muammolari
” (2012 y.) va I.Turdimambetovning
“Qoraqalpog’iston Respublikasi nozogeografik vaziyatini yaxshilashning ijtimoiy-
158
iqtisodiy xususiyatlari” (2016 y.) mavzuidagi doktorlik dissertatsiyalari. Ushbu
tadqiqotlarning yaqin o’tmishda amalga oshirilganligi respublikada tibbiyot
geografiyasining jadal rivojlanib borayotganini bildiradi.
Tibbiyot geografiyasining predmeti turli davrlarda olimlar tomonidan
turlicha ifodalandi. Bunda, ko’pchilik tadqiqotchilar tabiiy geografik, ijtimoiy-
iqtisodly omillarga katta ahamiyat bergan holda, tibbiyot geografiyasini geografiya
fanlari
qatoriga
qo’shsa (E.I.Ignatyev, Ye.P.Pavlovskiy, B.B.Proxorov,
Ye.L.Rayx) boshqalari tibbiy omillarning ustuvorligini ta’kidlab, tibbiyot
geografiyasini tibbiyot fanining bir tarmog’i deb biladilar (D.K.Zabolotniy,
A.I.Sisgin va b.).
Tibbiyot geografiyasining mohiyati va vazifalarini ilk bor o’rgangan
N.I.Toropov (1864): “Har qanday kasallikni yer yuzasi bo’yicha tarqalishi
masalalarini tibbiyot geografiyasi o’rganadi”, deb ta’kidlagan. E.Ikavitts esa,
(1885) “Yer sharining turli mamlakatlari va xalqlari orasida hayot va o’lim,
salomatlik va kasalliklarning turli tuman hodisalari tibbiyot geografiyasining
predmetidir” degan xulosani bildiradi. Shuningdek, ba’zi bir olimlar, jumladan,
D.K.Zabolotniyga: “Tibbiyot geografiyasi tibbiyotning bir tarmog’i sifatida yer
yuzida turli kasalliklarning tarqalishini o’rganuvchi fan”, deb tibbiy omillarni
ustun qo’ysa, Ye.I.Ignatyev “Tibbiyot geografiyasi geografik muhitning inson
tanasiga ta’sirini o’rganuvchi geografiyaning bir tarmog’idir” deb ta’kidlaydi.
Ye.P.Pavlovskiy (1955, s.89) ham geografiya fanining muhim tarmog’i bo’lgan
tibbiyot geografiyasi “yer yuzida inson kasalliklarining tarqalishi sabablarini
o’rganadi” deb masalaninig geografik jihatlariga katta e’tibor beradi.
Tibbiyot geografiyasining hozirgi rivojlanish bosqichida olimlar tomonidan
uning nozogeografiya, salomatlik geografiyasi va sog’liqni saqlash geografiyasi
kabi bo’limlari ajratiladi. Shuningdek, V.P.Byakov va Ye.I.Veselovlar sobiq, sovet
tibbiyot geografiyasining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ham ajratadilar:
tabiiy va sotsial-iqtisodiy omillarni tibbiy-geografik baholash;
tibbiyot landshaftshu nosligi;
tibbiyot mamlakatshu nosligi;
nozogeografiya (inson kasalliklari geografiyasi);
tibbiyot kartografiyasi.
Tibbiyot geografiyasining nazariy metodologik va amaliy masalalarini
o’rganishda sobiq Ittifoq olimlarining xizmatlarini ta’kidlash lozim. Jumdadan,
Ye.N.Pavlovskiyning kasalliklarni tabiiy o’choqlari va landshaft epidemiologiyasi
g’oyalari va ishlanmalari sobiq Ittifoq tibbiyot geografiyasining fundamental
asoslaridan biridir. A.A.Shoshin va boshqa mualliflar tomonidan esa, tibbiy
geografiyasining
nazariy-metodologik
asoslari
ishlab
chiqildi
(Osnovi
meditsinskoy geografii, M., L., 1962).
Zamonaviy tibbiy geografik tadqiqotlarga, avvalo mazkur fanga doir
nazariy-metodologik tadqiqotlarni tez rivojlanishi; tibbiy-geografik tadqiqotlarning
natijalarini amaliyotga qo’llanishini kuchaytirish; mintaqaviy tibbiy-geografik
tadqiqotlarni avj olishi hamda tibbiyot kartografiyasini tez rivojlanayotganligi
xosdir.
159
Hozirgi tibbiy-geografik tadqiqotlarda rayonlashtirish masalalari tobora
ko’proq amalga oshirilmoqda. Binobarin, uning ilmiy asoslari, tamoyillari
A.A.Keller tomonidan 1962 yildayoq ishlab chiqilgan edi. Chunonchi, tibbiy-
geografik rayonlashtirish bu kompleks tadqiqotlarning natijasi bo’lib, aholini
salomatlik holati, tabiiy va sotsial-iqtisodiy shart-sharoitlarni inson salomatligiga
ta’siri, inson kasalliklarini vujudga kelishi va tarqalishi jarayonlarini qamrab oladi.
Tibbiy-geografik tadqiqotlar va ularga bo’lgan amaliy talab-extiyojlar
hozirda tibbiyot geografiyasi oldiga quyidagi vazifalarni ko’yadi:
tabiiy sharoit (omillar) yoki ularning majmualarini aholi salomatligiga
ta’sirini o’rganish;
kompleks tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy omillarning inson kasalliklarini
vujudga kelishi va tarqalishidagi rolini aniqlash;
landshaftlar va alohida olingan davlatlarda inson kasalliklarini vujudga
kelishi va tarqalishi qonuniyatlarini aniqlash;
tibbiy-geografik ishlanmalarni amaliy tadbiqi masalalarini kuchaytirish.
Tabiatda turli xil landshaft ko’rinishlari quruqlik va suvliklar, sahro va
o’rmonlar, tog’ va tekisliklar mavjud bo’lib, ularning barchasida insonlar o’ziga
xos faoliyat ko’rsatadilar. Har bir landshaft doirasida tashqi muhit omillarning u
yoki bu turi inson jismiga ko’proq ta’sir ko’rsatadi.
Abu Ali ibn Sino ham kasalliklarning kelib chiqishi sabablarini aniqlashda
va davolashda tashqi sharoitning (iqlim, ob-havo, turar-joy, ovqatlanish) ta’siriga
alohida e’tibor qaratgan edi.
O’rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan mashhur tabiblar, jumladan, Abu
Bakir ar Roziy asarlarida kishilarda uchraydigan kasalliklarning aksariyat qismi
uning yashash joyi bilan bog’liqligi qayd etilgan. U hatto kasalxonalar qurilishida
joyning iqlimi, joylashgan o’rni kabi jihatlarga e’tibor berish zarurligini
ta’kidlagan. Shuningdek, tibbiyot ilmining asoschisi Gippokrat o’z asarlarida turli
makon va manzillarda yashovchi kishilar salomatligini baholashda mazkur joyning
iqlimi, suv va tuproq tarkibi, o’simlik va hayvonot dunyosi kata ahamiyat kasb
etishini alohida izohlab o’tgan. Olimning ta’kidlashicha, inson umumiy tabiat
olamining bir qismi bo’lib, uning tashqi tuzilishi va ichki ruhiyatini shu tabiat
shakllantiradi. Bu haqda Gippokrat shunday deb yozgan edi. “Odam jismining
tabiatini tashqi muhit belgilaydi. Jamiyat esa o’z qonun qoidalari bilan odam
tabiatini o’zgartirishi mumkin”.
Shunga o’xshash fikrlar vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy tomonidan
ham ilgari surilgan. Uning yozishicha “Odamlar tuzulishlarining rangi, surati,
tabiat va ahloqi turlicha bo’lishi faqatgina nasablarning turlichaligidan emas, balki
tuproq, suv, havo va yerning, kishilar yashaydigan joylarning turlichaligidan
hamdir”.
Inson salomatligi va ular orasida uchraydigan kasalliklar hududiy
tafovutlarga ega. XVIII asrda yashab ijod qilgan franwuz olimi Monteskьe
o’zining “Qonunlar ruhi to’g’risida” nomli asarida “Iqlimning hukumronligi
barcha kuchlardan ustunroqdir” degan shiorni olg’a surgan ekan.
160
XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridayoq tibbiyot mektiorologiyasi
sohasida rus iqlimshu noslari A.I.Voeykov, A.P.Sokolov, A.A.Kaminskiy kabi
olimlar tadqiqotlar olib borishgan. Ayniqsa, bu xususda tibbiyot geografiyasida
iqlim bilan bog’liq masalalarni o’rganishda rus olimi A.S.Berg tomonidan ishlab
chiqilgan, iqlimning sinflarga ajratilgan tavsifi muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Olim tibbiy geografik jihatdan mamlakat iqlimini 12 tabaqaga ajratgan. U iqlim va
ob-havoni sinflarga ajratish orqali salomatlikning hududiy jihatlarini o’rganishga
ham e’tibor bergan. Ob-havoning iqliqga nisbatan inson jismiga ta’sirini sezilarli,
ya’ni ob-havoning tez-tez o’zgarib turishi bilan inson jicmida ma’lum ma’noda
o’zgarishlar sodir bo’lib turadi, ayniqsa buni ba’zi a’zolarimiz juda tez seza oladi.
Shuningdek ob-havodagi ayrim jiddiy o’zgarishlarni ba’zi kasalliklarga (bod,
radikulit, revmatizm, qon bosimi xastaliklari) ga chalingan kishilar ancha oldinroq
payqaydilar.
Inson kasalliklarining kelib chiqishi va tarqalishida yoki nozokomplekslar va
nozoareallarni vujudga kelishida kasalliklarning rivojlanishi bilan atrof-muhit
omillari orasida uzviy aloqadorlik mavjud. Bunda atrof-muhitning tabiiy va
ijtimoiy-iqtisodiy omillarini yetakchi rolini alohida ta’kidlash lozim.
Inson kasalliklari va uning turlicha nozokomplekslari va nozoareallarini
vujudga kelishi va tadrijiy o’zgarishlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga quyidagilar
kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |