Yoqilg’i sanoati tog’-kon yoki qazib oluvchi sanoati toifasiga kiradi va
yoqilg’i turlari, qazilma boyliklarning joylanishi tabiiy, geoximik qonuniyatlarga
asoslanadi. Sababi-ko’mir, neft, gaz, yonuvchi slanets, torf kabi tabiiy
boyliklarning paydo bo’lishi va yer yuzida (ostida) tarqalishi o’ziga xos
xususiyatlarga ega.
Elektr-energetika suv, issiqlik va atom stantsiyalaridan tashkil topadi. Suv
elektrostantsiyalarini (SES) tekislik joyga ko’ra tog’ va tog’oldi rayonlarda qurish
maqsadga muvofiq. Chunki, bunday sharoitda relef shakli –yer tuzilishining
qiyaligi, tabiiy holda sharshara va tog’lar orasidagi cho’kmalarning mavjudligi,
qulay imkoniyatlar tug’diradi. Shuningdek, suv ombori qoplagan yerlar qishloq
xo’jaligida deyarli ishlatilmaydi; qishloq manzilgohlari ham yo’q va, binobarin,
ularni ko’chirtirish talab etilmaydi. Suv ombori va uning atrofida sport, dam olish
zonalarini tashkil qilish, bog’dorchilik va baliqchilikni rivojlantirish, pastki
hududlarda yerlarni sug’orish, kanallar qurish mumkin. Ba’zan SESlar bilan
birgalikda o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz sanoati ham
rivojlanib boradi (masalan, Rossiyaning sharqiy rayonlarida).
Ko’rinib turibdiki, tog’li rayonlarda qurilgan SESlar har tomonlama qulay,
elektr energiyasi arzon. Agar shu stantsiyalar tekislikda joylashtirilsa katta
maydon suv ostida qolib ketadi (ehtimol, bu yerda qimmatbaho qazilma boyliklar
bordir) va to’g’on qurish katta mablag’ talab qiladi.
Issiqlik elektr stantsiyalari (IES) ikki turda bo’ladi: IEM va IES. Ularning
bir-biridan farqi qaysi maqsadda qurilganligidadir; foydalaniladigan yoqilg’isi esa
bir xil bo’lishi mumkin. Masalan, IEM, ya’ni issiqlik elektr markazi, odatda, ham
elektr quvvati, ham bug’ (par) talab qiluvchi sanoat korxonalari to’qimachilik,
neftni qayta ishlash va h.k. yonida yoki yaqinida quriladi. Chunki, bug’ni 15-18
km. masofadan uzoqqa jo’natib bo’lmaydi. Demak, bu stantsiyani markazlashgan
holda joylashtirishda ishlab chiqarish iste’moli asosiy ahamiyatga ega.
Ammo, IEMlarning bevosita shahar ichida qurilishi tufayli ular atrof-muhitni
ifloslantiradi. Shu sababdan, ekologik jihatdan bunday stantsiyalarning aholi zich
joylarda qurilishi uncha ma’qul emas. Oddiy IESlar esa asosan elektr energiyasini
beradi va shu bois ularni yirikroq va shahardan biroz uzoqroq masofada
joylashtiriladi.
Atom elektrostantsiyalari ko’pincha boshqa turdagi stantsiyalarni qurish
imkoniyati yo’q hududlarda joylashtiriladi. Buning uchun albatta ekologik
117
xavfsizlik ta’minlanishi kerak. Shuningdek, AESlarning barpo etilishida ilmiy-
texnika omili ham hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |