O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
“GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR” FAKULTI
GEOGRAFIYA YO’NALISHI 4- KURS TALABASI
O’LMASOV AKOBIRNING
O’ZBEKISTON GEOGRAFIYA FANIDAN
“O’zbekistonda sanoat joylashtirishda hududiy omillar” mavzusida bajargan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: O’lmasov A
Qabul qildi: G.f.d.Egamberdiyeva U
Toshkent-2022
MUNDARIJA:
1. SANOAT VA SANOAT TARMOQLARI____________________________
2. ISHLAB CHIQARISHNI HUDUDIY TASHKIL ETISH_______________
3. HUDUDIY JOYLASHUV YENGIL SANOAT MISOLIDA_____________
4. O’ZBEKISTON GEOGRAFIK RAYONLARIDA SANOATNING HUDUDIY JOYLASHUVI____________________________________________________
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR____________________
SANOAT VA SANOAT TARMOQLARI
Sanoat. Industriya — xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial oʻsishni taʼminlaydi. 20-asrning 80yillarida qabul qilingan tasniflashga koʻra, Sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; yoqilgʻi sanoati; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyulozaqogʻoz sanoati; qurilish materiallari sanoati; qurilishkonstruksiyalari va detallari sanoati; oyna va chinni sanoati; yengil sanoat; oziq-ovqat sanoati; mikrobiologiya sanoati; unyorma va aralash yem sanoati; tibbiyot sanoati; poligrafiya sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida — ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi.
Sanoatning ijtimoiy ishlab chiqarishning mustaqil tarmogʻi sifatida vujudga kelishi hunarmandchilikning qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqishi — ikkinchi eng yirik mehnat taqsimoti bilan bogʻliq. Kapitalistik Sanoat Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 14—15-asrlarda paydo boʻddi va oddiy kapitalistik kooperatsiya, manufaktura va yirik mashina industriyasi — fabrika bosqichlarini bosib oʻtdi, 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida manufakturadan mashina industriyasiga oʻtish dastlab Angliyada, keyinroq boshqa Yevropa mamlakatlarida sanoat toʻntarishi tusini oldi. Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlarda Sanoat 18-asr boshidan manufaktura koʻrinishida rivojlandi, 19-asrning 2-yarmidan mashina industriyasi taraqqiy etdi.
Oʻzbekiston xududida Sanoat taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega boʻlgan hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan, Andijon kabi shaharlarda mayda va yirik hunarmandchilik rivoj topdi. Oʻzbekistonda haqiqiy maʼnodagi Sanoatning paydo boʻlishi 19-asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oʻlkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapitali ham kirib keldi va xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan Sanoat tarmoqlari (paxta tozalash, vino, araq, konserva, paxta moyi zavodlari) paydo boʻldi va Oʻzbekistonda Sanoat Rossiya sanoati va iktisodiyoti bilan bogʻliq holda rivojlandi. 1913-yilda Oʻzbekiston xududida yalpi mahsulot ishlab chiqarishda ogʻir sanoattmt hissasi 2%ni, metall ishlash 1%ni, yengil sanoat 0,8%ni, oziq-ovqat Sanoati 14%ni tashkil etgan edi. Keyingi salkam 100 yil davomida Oʻzbekiston sanoatida elektroenergetika, gaz, neft, kumir, qora va rangli metallurgiya, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi (traktorlar, paxta terish mashinalari), avtomobilsozlik, kabel, elektronika, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samolyotsozlik, irrigatsiya-qurilish mashinasozligi, kimyo, sement, qurilish materiallari, tibbiyot, yogʻmoy, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqdari shakllandi. 20-asrning 20y.laridan boshlab Oʻzbekistonda Sanoat jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal f-kalari qurila boshladi (qarang Yengil sanoat), 1937-yilda Toshkent toʻqimachilik k-ti ishga tushirildi, 20-asrning 40—50y.laridan kumir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi. 1941—45 yillardagi urush davrida Oʻzbekistonga 90 ta sanoat korxonasi koʻchirib keltirildi, ularning kupi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoqlari koʻpaydi, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa shaharlar kimyo industriyasi markaziga aylandi (qarang Kimyo sanoati). Bekobod, Chirchiq, Toshkent shahrida qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq sh.lari rangli metallurgiya markazlari hysoblanadi.
Oʻzbekistonda yoʻlovchi va yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi. Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin Sanoatda tub islohotlar amalga oshiriddi, koʻpgina tarmoqdardagi Sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirilib, davlataksiyadorlik, korporativ, jamoa, xususiy va boshqa tashkiliyhuquqiy mulk shakllariga aylantirildi. Respublika iqtisodiyotida muhim oʻrinda turadigan Sanoat tarmoklarida tuzilmaviy qayta tarkiblash amalga oshirildi, koʻplab kichik va oʻrta korxonalar tashkil topdi (2000-yilda 6,4 ming oʻrta, 20,4 ming kichik korxona ishladi). Chet el kapitali bilan hamkorlikda koʻpgina Sanoat tarmoklarida qoʻshma korxonalar tashkil etildi.
Sanoat tarmoqlariga, ayniqsa, mahalliy xom ashyoni qayta ishlaydigan tarmoklarga chet el investitsiyalarini jalb etish faol davom etmoqda. Respublika sanoatida tarmoklarning tutgan oʻrni har xil. Sanoat tarmoklari orasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, shoyi toʻqish, konserva, yogʻmoy va boshqa sanoat tarmoklaridir. Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, yengil va qurilish materiallari sanoati jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Sanoat taraqqiyotida yoqilgʻienergetika kompleksining oʻrni alohida. Uning tarkibiga gaz, kumir, neft va neftni qayta ishlash sanoati, energetika kiradi. Oʻzbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi.
Oʻzbekistonda Sanoat tarmoklarida mulk shakllarini oʻzgartirish va tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirishga qaratilgan tub islohotlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlashni, Oʻzbekistonning kelajaqda rivojlangan mamlakatlar qatorga chiqishi va jahon hamjamiyatiga kirmoqda Bu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmogʻi umumiy ishlab chiqarish hajmining 88,5%ni tashkil etdi. 396 dan ortiq nomdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Davlat korxonalari soni salmogi 4,6%, nodavlat sanoat korxonalari soni 95,4% ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining 20,5% davlat korxonalarida, 79,5% nodavlat korxonalarida band boʻldi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning umumiy hajmida davlat korxonalari hissasi 28,6%ni, nodavlat sektor korxonalari hissasi 71,4% dan iborat boʻldi (yana Avtomobil sanoati, Yengil sanoat, Yogʻmoy sanoati, Mashinasozlik sanoati kabi sanoat tarmoklari toʻgʻrisidagi alohida maqolalarga q.).
Chet ellarda Sanoatning rivojlanishi sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyoti katta hajmda jamgʻarilgan texnika jihatidan ilgʻor kapital asosida va mavjud yuqori malakali ishchi kuchi bilan taʼminlanadi. Ularga AQSH, Kanada, Yaponiya, koʻpgina Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari kiradi.
2. Ishlab chiqarishni (moddiy va nomoddiy) hududiy jihatdan tashkil etishda, joylashtirishda, albatta hudud shart-sharoitlari va omillari hisobga olinadi. Bu omillarni to‘g‘ri tanlay bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimning rivojlanish qonuniyatlarini asoslashga imkon beradi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda geografik o‘rin, ekologik omil, bozor iqtisodiyoti omillari bilan bir qatorda tabiiy (xomashyo, yoqilg‘i, suv, iqlim), ijtimoiy (mehnat resurslari, iste’molchi) va iqtisodiy (elektroenergiya, transport) omillar e’tiborga olinadi.
Muayyan bir ishlab chiqarish tarmog‘ini hududiy tashkil etish¬da barcha omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda qaysi bir omil yetakchi ekanligini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalani¬ladi: K=O/M bu yerda K — ishlab chiqarish koeffitsienti; O — mazkur korxona yoki umuman ishlab chiqarishni hududiy joylashtirishga ta’sir etuvchi omil; M — mahsulot birligi. Ushbu formula yordamida ma’lum bir mahsulot birligini hosil qiluvchi barcha omillar alohida-alohida hisoblab chiqiladi (masa¬lan, bir tonna shakar olish uchun qancha xomashyo, ya’ni qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektroenergiya yoki mehnat sarflanadi). Qaysi omil bo‘yicha yirik son chiqsa, odatda uning ahamiyati shuncha yuqori bo‘ladi va u mazkur ishlab chiqarish tarmog‘ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifasini o‘taydi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, ma’lum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar yoki kichik «tarmoqchalar» uchun bittagina omil tegishli bo‘lmaydi. Jumladan, mashinasozlik tarmog‘iga ki¬ruvchi ba’zi bir korxonalarni joylashtirishda xomashyo (metall) ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lsa, boshqasi uchun malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi. Endi yuqorida ko‘rsatilgan asosiy omillarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Xomashyo. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayonida xomashyo resurslari muhim omil hisoblanadi. Ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishda esa xomashyo boshqa omillarga qaraganda ko‘proq talab etiladi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xomashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi.Sanoatning ba’zi tarmoqlari, masalan, tog‘-kon, o‘rmon, baliqchilik sanoati tarmoqlarining joylashuvi xomashyo bo‘lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining joylashu¬vi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar ko‘lami bilan belgilanadi.Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy hashkil etilishi esa biroz murakkabroq ko‘rinishga ega. Masalan, bir tonna paxta tolasi olish uchun taxminan 3 tonna paxta, bir tonna paxta yog‘i uchun 5 tonna chigit, 1 tonna pista yog‘i uchun 3 tonna kungaboqar, 1 tonna shakar uchun 7 tonna qand lavlagi ishlatiladi
Yoqilg‘i. Ko‘mir havzalari qora metallurgiya sanoatining dastlabki bosqichi (cho‘yan eritish)ni loyihalashtirishda asosiy rol o‘ynaydi. Ammo uning ta’siri har doim ham yetakchi kuchga ega emas.
Qora metallurgiya (cho‘yan erituvchi) zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir xil emas. Ma’lumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50 foizi foydali, bu «o‘rtacha» raqam hamma joyda ham bir xil emas, ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi atigi 17-19 foizni tashkil etadi. Bunday konlarga Uraldagi Kochkonar yoki Qoraqalpog‘istondagi Tebinbuloq konlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu yerlardan qazib olinadigan rudani bevosita domna pechlarida eritib bo‘lmaydi, zero unda kerakli mineraldan ko‘ra foydasiz jinslar ko‘proq. Shu¬ning uchun bu ruda dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi foydali mineralning hissasi oshirilishi lozim. Boyitilganidan so‘ng ruda tarkibidagi temirning (rangli metallar boyitish jarayoni ayniqsa muhim, chunki ularning rudalar tarkibidagi ulushi ancha past) miqdori bir necha barobar ortadi.
Ammo bu bilan ham uning hissasi yetarlicha bo‘lmaydi. Shuning uchun metallurgiya korxonalari ko‘proq xomashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi. Ba’zi metallurgiya zavodlari xomashyo va yoqilg‘i rayonlari o‘rtasida joylashgan, zero mazkur sanoat tarmog‘i uchun bu ikki omilning ahamiyati deyarli bir xil. Bunga yorqin misol bo‘lib Cherepoves metallurgiya kombinatini (Rossiya Federatsiyasi) ko‘rsatish mumkin. U Pechora kokslanuvchi ko‘mir havzasi bilan Kola yarimoroli temir rudasi konlarining o‘rtasida qurilgan.
Elektroenergiya (elektr quvvati). Hozirgi zamon ishlab chiqarishini, hatto transportni, qishloq xo‘jaligini elektr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu sohaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya’ni elektr quvvatini jamg‘arib omborxonalarga yig‘ib bo‘lmaydi, undan ayni paytning o‘zida foydalanish kerak.
Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng avvalo uning arzon turiga ahamiyat beriladi. Arzon elektr quvvati GESlardan olinadi, issiqlik elektr stansiyalarida esa ko‘mir, mazut yoki gaz sarflanadi. Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish kifoya: 1 tonna titan ishlab chiqarish uchun (titan po‘latdan bir necha marta yengil va chidamli) 40-50 ming kVt/soat, aluminiy uchun 17-19 ming kVt/soat, misni tozalash, temir qotishmalarini ishlab chiqa¬rish, elektr pechlarida po‘lat eritish uchun ularning har bir tonnasiga 8-10 ming kVt/soat atrofida elektr quvvati sarflanadi. Tabiiyki, bunday korxonalarni arzon elektr quvvati manbalariga yaqin joylashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan Tursunzoda (Regar) shahridagi aluminiy zavodi Norak GESiga yaqin joyda qurilgan. Demak, elektr quvvati bir qator sanoat korxonalarini o‘z atrofiga omil sifatida «yig‘ar» ekan. Shu sababli, u yirik rayon va majmua hosil qilish quvvatiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun ham kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tolimarjondagi bir qator nasos stansiyalari vositasi bilan sug‘oriladi. Elektr quvvati Norak — Tursunzoda (Re¬gar) — G‘uzor orqali keladi. Hozirgi kunda esa shu yerning o‘zida juda yirik, mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tolimarjon GRESi qurilmoqda. Suv va iqlim sharoiti ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joy¬lashtirishda katta ahamiyatga ega. Suv manbalari, ayniqsa, kimyo, yog‘och-selluloza, metallurgiya zavodlarining faoliyatiga sezilarli ta’sir qiladi. Jumladan, cho‘yan erituvchi pechlarni sovitish uchun ham suv kerak.
Suv va iqlim sharoitlari boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham e’tiborga olinadi. Qishloq xo‘jaligi uchun bu omilning ahamiyati katta. Chunonchi, O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekistonda an’anaviy dehqonchilik uning issiq va quruq iqlimiy sharoitida faqat sun’iy sug‘orish asosida olib boriladi.
Aholi va mehnat resurslari. Albatta, har bir ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo‘lmaydi. Bu o‘rinda ikki holni qayd etish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko‘p ishchi kerak. Masalan, tikuv fabrikasi, konserva ishlab chiqarish, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarda mehnat resurslarining miqdori ko‘p bo‘lishi shart emas, ularga «oz va soz» malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxona va tarmoqlar (radio va asbobsozlik, aniq mashinasozlik va shunga o‘xshash) malakali ishchi kuchi mavjud bo‘lgan shaharlarda, ilmiy-texnik markazlarga joylashtiriladi.
Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste’molchi hamdir. Bu omilning roli esa hozirgi kunda, xalqning yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda. Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish aholiga kerak bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqdorda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli, iste’mol omili oziq-ovqat korxonalarini o‘ziga «tortadi», ya’ni bunday zavod va fabrikalar bevosita aholi yashovchi maskanlarga joylashtiriladi. Iste’mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng miqdorda sarflanishi, ularning transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste’mol rayonlarida qurilishini nazarda tutadi. Masalan, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi o‘sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur.
Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa, bu yerda shunga mos mashinasozlik tarmog‘i yaxshi rivojlangan bo‘lishi qonuniy bir holdir. O‘zbekistonda paxta teruvchi, Belarusda kartoshka teruvchi, Ukrainada qand lavlagi teruvchi, Gruziyada choy teruvchi mashinalarni ishlab chiqarish bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shuningdek, boshqa sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini ham aholi yashab turgan joylarda bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Transport omili. Bu omil juda muhim bo‘lib, u ishlab chiqa¬rishning bevosita davom ettiruvchi tarmog‘i hisoblanadi. Shuning uchun transportning ahamiyati barcha boshqa omillar bilan birga qo‘shilib, uyg‘unlashib ketadi va uni «sof» holda ajratib olish qiyin. Shu bilan birga transport masalasi iqtisodiy-geografik o‘rin omili bilan ham chambarchas bog‘liq, zero bu o‘rin obyektning eng avvalo tashqi iqtisodiy munosabatlarini anglatadi.
Fan-texnika taraqqiyoti omili. Bu omilning ta’siri bir qator tarmoqlarning hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko‘rinadi (mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo). Shubhasiz, mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko‘pgina korxonalar, ayniqsa, mashinasozlik zavodlari yuksak darajada ilmiy-texnika qudratiga ega bo‘lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi.
Ekologik omil. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalarining faoliyati shu nuqtayi nazardan to‘xtatilgani bejiz emas. Ekologik jihatdan ko‘plab sanoat tarmoqlari va eng avvalo, kimyo, yog‘och-selluloza, go‘sht, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektrostansiyalari va shunga o‘xshash korxonalar «nomaqbul» hisoblanadi. Binobarin, ular aholi istiqomat qiladigan markazlardan uzoqda joylashishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti omili. Bozor iqtisodiyoti — murakkab tushuncha bo‘lib, bosqichma-bosqich o‘tiladigan iqtisodiy munosabatdir. Yevropa davlatlari bu borada boy tajribaga ega, chunki ularda bu munosabat uzoq yillar davomida shakllanib kelgan. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga birdaniga o‘tib bo‘lmaydi, buning uchun avvalo barcha shart-sharoitni yaratish kerak, ya’ni uning o‘ziga xos moddiy, maishiy va madaniy infrastrukturasi bo‘lmog‘i lozim. Shuning uchun bunday munosabatlarga o‘tish tarixan birmuncha uzoq davrni talab etadi va bosqichma-bosqich, ya’ni evolutsion rivojlanishni taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti — ishlab chiqarish erkinligi, xarid erkinligi va raqobat demakdir. Bunday sharoitda ko‘p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va sog‘lom raqobat muhitni vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etish nuqtayi nazaridan tahlil qilar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi an’anaviy fikr yuritishimiz tamomila o‘zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda nimaga ixtisoslashuvini va qayerga joylashtirishni pirovard natijada bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi, davlat esa o‘zining regional (hududiy) va soliq siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi.
3. Yengil sanoat bu tarmoq gazlama, kiyim-kechak, poyabzal va boshqalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, yengil sanoatda tayyor mahsulotlardan tashqari, boshqa korxonalar uchun yarim tayyor mahsulotlar, blankalar va materiallar ishlab chiqariladi. Misol uchun, bu shinalar, po'lat arqonlar uchun yadrolar bo'lishi mumkin. Rossiyada mavjud bo'lganlar turli shaharlarda joylashgan. Bunday ishlab chiqarishlarning bir nechta yirik markazlari mavjud. Bu yerda doimiy ravishda ilmiy ishlanmalar olib borilmoqda, ko'plab yangi kichik tarmoqlar paydo bo'lmoqda.
Umumiy xususiyatlar
Zamonaviy yengil sanoat sanoatdir, bu ommaviy iste'mol uchun tovarlar ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Inson faoliyatining ushbu sohasi mahsulot ishlab chiqarishning to'liq tsiklini o'z ichiga oladi. U xomashyo qazib olishdan boshlanib, foydalanishga tayyor mahsulotlarni sotish bilan tugaydi.
Sanoatning ushbu tarmog'i aholi tomonidan ommaviy iste'mol qilinadigan mahsulotlar bilan ta'minlash ko'rsatkichlarining talab qilinadigan darajasini ta'minlash uchun ishlaydi. Tayyor mahsulotlar soni aholining ularga bo'lgan talabini to'liq qondirishi kerak.
Yengil sanoat tarkibiga kiruvchi barcha tarmoqlarni 3 guruhga bo'lish mumkin. Ulardan birinchisiga xomashyo ishlab chiqarish korxonalari kiradi. Ikkinchi guruhga blankalar va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish korxonalari kiradi. Ular yengil sanoat korxonalarini ham, boshqa tarmoqlarni ham o‘z mahsulotlarini yetkazib berish vazifasini bajaradi. Uchinchi guruhga yakuniy mahsulot ishlab chiqarish kiradi. Tovar Rossiya yengil sanoati terini qayta ishlash, paxta qazib olish va yarim tayyor mahsulotlar yigirish, to'qimachilik ishlarini o'z ichiga oladi. Yakuniy ishlab chiqarish tarmoqlari poyafzal, kiyim-kechak, gilam va boshqalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Bu guruh korxonalari barcha yengil sanoat mahsulotlarining asosiy qismini egallaydi.
Yengil sanoat bir qator xususiyatlarga ega. Xom ashyo qazib olishga ixtisoslashgan birinchi guruhdagi ishlab chiqarish quvvatlari uning kontsentratsiyasi markazlariga yaqin joylashgan. Yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida tsiklning alohida bosqichlari turli zavodlarda sodir bo'lishi mumkin. Bu erda to'liq tsiklli korxonalarni topish juda kam. Tugatish jarayonlariga katta e'tibor beriladi. Mahsulotning tashqi ko'rinishi muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun xodimlarni tanlashga tegishli talablar qo'yiladi (masalan, ta'mning mavjudligi). Ushbu faoliyat sohasidagi korxonalar odatda kichik hajmga ega. Ular doimo o'z assortimentini o'zgartirib, dinamik ishlaydi. Bu modaning doimiy o'zgarishi, iste'molchilarning afzalliklari bilan bog'liq. Bu sohalarda asosan ayollar band. Yakuniy foydalanuvchilar asosan shaxslar. Bu xususiyatlar ishlab chiqarish sikllarini tashkil etish jarayonida hisobga olinadi.
Investitsiyalar istiqbollari
Mamlakatimiz sarmoya kiritish uchun katta imkoniyatlarga ega. Bu foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining ko'pligi bilan bog'liq. Sarmoyalarning yuqori aylanmasi va tez qaytarilishi tufayli investorlar o‘z mablag‘larini bunday ishlab chiqarishga qo‘yishlari ham foydalidir. Bundan tashqari, taqdim etilgan tarmoqlar katta kapital qo'yilmalarni talab qilmaydi. Yiliga ikkitadan ortiq to'liq aylanma tsikllarni bajarish mumkin. Shuningdek, u investitsiya qilishning afzalliklari haqida gapiradi.
Uskunani bir necha oy ichida o'rnatish mumkin. Shuning uchun bunday korxonalar faoliyatning birinchi yilida daromad olishlari mumkin. Investorlar o'zlarining vaqtinchalik bo'sh mablag'larini 30 dan ortiq turli sub-sektorlarga investitsiya qilishlari mumkin. Ularning aksariyati juda yangi va juda istiqbolli.
Mamlakatimizda yengil sanoatning xomashyo bazasi yaxshi rivojlangan. Bu korxonalarning jun, zig‘ir, kimyoviy ip va tolalar, charm va mo‘ynaga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondiradi. Xom ashyo korxonalar tomonidan yetkazib beriladi Qishloq xo'jaligi, kimyo sanoati. Uning narxi maqbuldir. Bu bizga turli toifadagi iste'molchilar uchun hamyonbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
investorlar uchun bir qator imkoniyatlar yaratadi. Ushbu yo'nalishda biznes yuritish istiqbolli. Yengil sanoatning asosiy tarmoqlari 30 dan ortiq turli kichik tarmoqlarni o'z ichiga oladi. Ular shartli ravishda 3 ta asosiy guruhga birlashtirilgan. Birinchisi, to'qimachilik sanoati. Bu guruh paxta va zig'ir ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi. Jun, trikotaj va ipakchilik tarmoqlari korxonalari ham shular jumlasidandir. Bu guruh korxonalari xom ashyoni birlamchi qayta ishlash, materiallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan har xil turlari(to'quv, to'quv bo'lmagan).
Ishlab chiqarishning ikkinchi guruhiga tegishli. U mato va boshqa materiallarni qayta ishlashga ixtisoslashgan. to'qimachilik sanoati, charm, mo'yna va boshqalar Bu toifaga barqaror assortimentga ega bo'lgan korxonalar (ish kiyimlari ishlab chiqarish) va yanada murakkab, dinamik ishlab chiqarish (dizayner kiyimlarini tikish) kiradi. Bu juda heterojen guruh. Uning korxonalari juda xilma-xil va turli xil joylashish tamoyillariga ega.
Uchinchi guruhga mo'yna, charm, poyabzal kichik tarmoqlari kiradi. Bu sohadagi tarmoqlar bir-biri bilan yaqin hamkorlik qiladi.
Turar joy xususiyatlari
Ularning aniq belgilangan hududiy ixtisosligi yo'q. Deyarli barcha hududlarda ushbu guruhning ma'lum ishlab chiqarishlari mavjud. Biroq, to'qimachilik sanoatida hali ham korxonalarning kontsentratsiyasining asosiy yo'nalishlarini aniqlash mumkin. Shunday qilib, Tver, Ivanovo viloyatlari paxta matosidan juda ko'p miqdordagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Agar Markaziy iqtisodiy rayonni hisobga olsak, bu tarmoqlarning shu yerda kontsentratsiyasi haqida xulosa chiqarishimiz mumkin.
Barcha paxta matolarining 55% dan ortig'i Ivanovo viloyatida ishlab chiqariladi. Moskva (11%) va Vladimir viloyatlarida (7%) sezilarli darajada kamroq bunday sanoatlar jamlangan. To'g'ridan-to'g'ri Moskvada ushbu mintaqadagi barcha paxta matolarining 6% ishlab chiqariladi. Asosiy engil sanoat tarmoqlari uchun joylashish omillari faoliyatning boshqa sohalaridan deyarli farq qilmaydi. Ular ko'pincha xalq xo'jaligi kompleksini to'ldiradi, shuningdek, mintaqalar ichidagi ehtiyojlarni qondiradi.
Joylashtirish omillari
Sanoat vakili bo'lgan tarmoqlarning joylashuvi bo'yicha bir ovozdan fikr yo'q. Biroq, bu jarayonga ta'sir qiluvchi omillarning uchta asosiy guruhi mavjud. xomashyo, iste'molchilar yoki konsentratsiyasini hisobga olgan holda joylashtirilishi mumkin mehnat resurslari. Ilgari xalq xo'jaligining ushbu sohasi korxonalari energetika korxonalarining joylashuviga juda bog'liq edi. Bugungi kunda ushbu resurs mavjudligi tufayli bu omil ikkinchi darajali bo'lib qoldi.
Iste'molchi omili xom ashyo ishlab chiqaruvchi korxonalarga ta'sir qiladi. Ularning mahsulotlari ba'zan uzoq masofalarga yomon tashiladi. Shuning uchun bunday korxonalar xom ashyoni qayta ishlovchi zavodlar yaqinida to'plangan. Shuningdek, birlamchi qayta ishlash korxonalari paxta yetishtirish punktlari, chorvachilik fermalari va boshqalar yaqinida joylashgan bo'lib, bu mahsulot tannarxini sezilarli darajada kamaytiradi va uning rentabelligini oshiradi. Korxonalarni joylashtirishda mehnat resurslari ham muhim omil hisoblanadi. Bu ishchilarning katta qismi ayollardir. Shuning uchun og'ir sanoat korxonalari joylashgan hududlarda taqdim etilgan ixtisoslikdagi zavodlarni qurish maqsadga muvofiqdir. Ularda asosan erkaklar ishlaydi. Bu viloyat mehnat resurslaridan imkon qadar samarali foydalanish imkonini beradi.
To'qimachilik sanoati
To'qimachilik ishlab chiqarish yengil sanoatning eng yirik tarmoqlari. Aholi va boshqa sanoat tarmoqlari (poyabzal, kiyim-kechak, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va boshqalar) uchun gazlamalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
B u yerda yetakchi kichik tarmoq paxtachilik hisoblanadi. U import qilinadigan tabiiy xom ashyoga yoʻnaltirilgan (Markaziy Osiyo mamlakatlari, Ozarbayjon, Misr, Suriya). Zig'ir sanoati ham to'qimachilik sanoatining muhim tarkibiy qismidir. Uning tarkibida maishiy mahsulotlardan ko'ra texnik matolar ishlab chiqarish muhimroqdir. Toʻqimachilik sanoatida yalpi mahsulot hajmi boʻyicha birinchi oʻrinni junni qayta ishlash korxonalari egallaydi. Bu xom ashyoning yuqori narxi bilan bog'liq. Asosiy fondlarning tannarxi faqat paxtachilikda yuqori. Bunday korxonalar iplar, gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradi.
4. Iqtisodiy rayon, iqtisodiy-geografik rayon — tabiiy va iqtisodiy sharoitlari bir xil va xalq xoʻjaligi tarixan tarkib topgan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishga ega boʻlgan hudud; mamlakatning hududiy-ishlab chiqarish maj-muidan iborat bir qismi. Har bir Iqtisodiy rayon oʻzining yetakchi, asosiy xoʻjalik tarmoqlariga ega boʻlib, bu tarmoqlar Iqtisodiy rayonning iqtisodiy qiyofasini belgilaydi, ayni paytda, har bir Iqtisodiy rayonda shu rayonning yetakchi xoʻjalik tarmogʻiga xizmat qiladigan, uni toʻldiradigan yordamchi tarmoqlar ham boʻladi. Iqtisodiy rayondagi asosiy omil hududiy ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Shu taqsimot tufayli ayrim rayonlar ishlab chiqarishning maʼlum tarmoklari boʻyicha ixtisoslashadi, rayon doirasida va rayonlararo iqtisodiy aloqalar amalga oshadi. Ilmiy jihatdan toʻgʻri tashkil etilgan Iqtisodiy rayonlar xalq xoʻjaligi soqalarini rivojlantirish va uni toʻgʻri boshqarishga yordam beradi, milliy xoʻjalik tizimining hududiy tuzilmasini qulaylashtirishga, davlatning mintaqaviy siyosati vazifalarini hal etishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy rayonga boʻlish ishlari koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, AQSH, Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham amalga oshirilgan. Oʻzbekistonda mamlakat hududini Iqtisodiy rayonlarga boʻlish boʻyicha dastlabki ishlar istiqbolni rejalashtirish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston FA Iqtiso-diyot intida 60-y.lar boshida amalga oshirilgan. Bunga qadar G. N. Cherdansev, N. G. Sapenko, V. M. Chetirkinlarning ilmiy ishlarida respublika hududini Iqtisodiy rayonga boʻlish masalalari boʻyicha ayrim qarashlar olgʻa surilgan.
Keyinchalik, 80-y.lar boshlarida Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot instituti va Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi tomonidan bu ish davom ettirildi, respublika hududini Iqtisodiy rayon lashtirishni takomillashtirish ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishning uzoq muddatli is-tiqbollari ehtiyojlari, ilmiy-texni-ka progressining kompleks dasturini ishlab chiqish bilan bogʻliq holda olib borildi. Iqtisodiy rayon muammolari va uni hal qilish boʻyicha takliflar olimlardan S. K. Ziyodullayev, K. N. Bedrinsev va b. asarlarida yoritildi. Dastlab, 60-y.lar oʻrtalarida respublika hududi 5 Iqtisodiy rayonga ajratilgan edi (Toshkent, Fargʻona, Zarafshon, Quyi Amudaryo, Surxondaryo). 80-y.lar oxiri - 90-y.lar boshida respublika hudu-dida ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishda yuz bergan oʻzgarishlarni hisobga olgan qolda yangi Iqtisodiy rayon oʻtkazildi va Oʻzbekiston hududi takomillashgan 7 Iqtisodiy rayonga boʻlindi . Bu rayonlarning iqtisodiy rivojlanishi darajalarining qiyosiy tavsifi jadvalda berilgan.
Toshkent Iqtisodiy rayon (tarkibida Toshkent viloyati va Toshkent sh.) iqtisodiy rivojlanish darajasining nisbatan yuqoriligi, mineral xom ashyo resurslariga boyligi, aholining zich joylashganligi, qulay iqtisodiy-geogra-fik holati (Markaziy Osiyoga va undan Rossiyaga chiqadigan transport yoʻlagi), poytaxt mintaqasi maqomi bilan ajralib turadi. Q.x. sertarmoq (pax-tachilik, donchilik, kanopchilik, pil-lachilik, shahar atrofi bogʻdorchiligi, sabzavotchilik, goʻsht-sut chorvachiligi va b.) va rivojlangan. Mamlakatdagi yetakchi industrial rayon. Sanoatning rivojlanish darajasi mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 2 marta yuqori turadi. Undiruvchi sanoat tarmoklari bilan bir qatorda ishlov beruvchi sanoat tarmoklari ham ustunlik qiladi. BuIqtisodiy rayon sanoat majmuida Oʻzbekistondagi mashina va uskuna-jihozlarning 70% ni ishlab chiqaradigan mashinasozlik majmui yetakchi oʻrinda turadi (qarang x. mashinasozligi, toʻqimachilik mashina-sozligi, elektrotexnika), mamlakatda qora va rangli metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy oʻrinni egallaydi. Oʻzbekiston metallurgiya ktida tayyor qora metallar prokati — 100%, Olmaliq kon-metallurgiya ktida mis va ruxning asosiy kis-mi, koʻmir qazib chiqarish (96,6%), asosiy kimyo va organik sintez kimyoviy mahsulotlari (mineral oʻgʻitlarning 39,4%, xom ashyo etil spirtining 36,2%), koʻpgina qurilish materiallari va konstruksiyalari (sementning 40%, shiferning 58,6%, linoleumning 100%, deraza oynasining 23,8%) ishlab chiqariladi. rayon qudratli qurilish bazasi, qalin transport tarmogʻiga ega, mamlakatning ilmiy, loyiha va konstruktorlik potensiali, kadrlar tayyorlash boʻyicha muas-sasalarning asosiy qismi shu rayonda joylashgan.
Jizzax — Sirdaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Jizzax va Sirdaryo viloyatlari) yaqin oʻtmishda Toshkent Iqtisodiy rayonning chekka semiki tashkil qilar edi. Keyinchalik mustaqil Iqtisodiy rayonga ajratilgan. Mirzachoʻl va Jizzax choʻllarini oʻzlashtirish munosabati bilan bu rayon jadal rivojlandi va muayyan xoʻjalik mustaqilligiga ega boʻldi. Mamlakatda paxta yetishti-ruvchi yirik rayon hisoblanadi (yalpi hosilning 25%). rayon sanoati shakllanish bosqichida, uning tuzilmasida paxta tozalash sanoati va issiqlik energetikasi (keltiriladigan gaz hisobiga)ning hissasi katta. Jizzax choʻlini yanada oʻzlashtirish rayon rivojining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Sanoat-fuqarolik qurilishi uchun yer resurslarining koʻpligi, qulay iqtisodiy-geografik va transport sharoitlari, Toshkent, Fargʻona, SamarqandQashqadaryo Iqtisodiy rayonlariga qoʻshniligi bu yerda ishlov beruvchi sanoat korxonalarini joylashtirish, aholini zich joylashgan hududlardan koʻchirib keltirish, istiqbolda erkin iqtisodiy zona barpo etish imkoni-yatlarini beradi.
Fargʻona Iqtisodiy rayon (tarkibida Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlari)da yersuv va mineral xom ashyo resurelari gʻoyat cheklangan, lekin mehnat resurslariga gʻoyat boy — Oʻzbekistonda aholi eng zich joylashgan hudud. rayonni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi mavjud q,x. resurelari xom ashyosi (paxta, meva, sabzavot, pilla)ga moʻljallangan mehnattalab ishlab chiqarish tuzilmasini barpo etishdan iborat. Q.x., asosan, pax-tachilikka ixtisoslashgan (yalpi paxta hosilining 26%). rayonda ipakchilik, kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish), neftni qayta ishlash (Ol-tiariq, Fargʻona), butun Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan "OʻzDEU avto" qoʻshma korxonasi (Asaka sh.) muhim ahamiyatga ega.
Samarkand — Qashqadaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari) mamlakatning markaziy qismini ishgʻol qiladi. Uning hududidagi togʻli va togʻ oldi adirliklarida qad. lalmikor dehqonchilik, bogʻdorchilik rivojlangan (jami lalmikor yerlarining 1/3 qismi shu rayonga toʻgʻri keladi), ilgari qorakoʻl qoʻylari boqilgan choʻl zonasida paxtachilik jadal rivojlanmoqda. rayon qattiq bugʻdoy navlari, zigʻir, beda kabi ekinlar, uzum, mayiz, mevalar, ertagi sabzavotlar yetishtiruvchi asosiy hududlardan biriga aylanadi. rayon tarkibida Qarshi choʻlini oʻzlashtirish negizida ingichka tolali paxtachilik bazasi boʻlib qoladigan Qashqadaryo hududiy-ishlab chiqarish majmui shakllanmoqda. rayonda gaz (Shoʻrtan gaz majmui, Muborak gazni qayta ishlash zavodi), kimyo sanoati, mashinasozlik, metallga ishlov berish kabi sanoat tarmoklari jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekistonda qazib olinadigan neftning 95%, tabiiy gazning 95,8% shu rayonga toʻgʻri keladi.
Buxoro — Navoiy Iqtisodiy rayon (tarkibida Buxoro va Navoiy viloyatlari) Qizilqum choʻlida joylashgan, rayon, asosan, gaz, neft, rangli va qimmatbaho me-tallar, qurilish materiallari uchun xom ashyo va b. mineral zaxiralarni qazib olish negizida rivojlanmoqda. Navoiy konmetallurgiya k-ti, Navoiy, Zarafshon (Muruntov), Uchquduq, Tasqazgʻan, Gazli sanoat bogʻlamlarida oltin qazib olish sanoati, rangli metallurgiya, kimyo (mineral oʻgʻitlarning ), gaz, qurilish materiallari (sementning 40,3%) sanoati korxonalari respublika rivojlanmoqda. Navoiy konmetallurgiya k-ti, Navoiy, Zarafshon (Muruntov), Uchquduq, Tasqazgʻan, Gazli sanoat bogʻlamlarida oltin qazib olish sanoati, rangli metallurgiya, kimyo (mineral oʻgʻitlarning ), gaz, qurilish materiallari (sementning 40,3%) sanoati korxonalari respublika iqtisodiyotida salmoqli oʻringa ega. Q.x.da paxtachilik, qora-koʻlchilik va rayon ichki ehtiyojlarini qondiradigan meva-sabzavotchilik asosiy tarmoqlar hisoblanadi. Amu-Buxoro mashina kapali bilan sugʻorish imko-niyatlari bu rayonda sugʻorma dehqonchilikni rivojlantirishni cheklaydi. Quyi Amudaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati) qad. sugʻorma dehqonchilik mintaqasida joylashgan. rayonda, ayniqsa, Ustyurtda 200 dan ortiq foydali qazilmalar konlari (tabiiy gaz, temir rudasi, fosforitlar, osh tuzi va b.) topilgan, Bu hududda paxtachilik bilan bir qatorda sholichilik, polizchilik (Xorazm qovunlari), urugʻlik beda, sabzavotchilik rivojlanadi. Boy mineral xom ashyo resurslaridan kompleks foydalanish asosida yaqin istiqbolda 2 sanoat rni va bir kator sanoat bogʻlamlari paydo boʻladi. Orol dengizining qurib borishi va Orol boʻyining saxroga aylanishi ja-rayonlari bilan bogʻliq holda vujudga kelgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hududni rivojlantirish istiqbollarini qoʻshni TurkmanistonningToshhovuz viloyati bilan muvofiklashtirilgan holda hal etishni talab etadi. Surxondaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Surxondaryo viloyati) Oʻzbekistonning eng jan. qismini ishgol etadi. rayonning oʻziga xos geografik holati (deyarli qamma tomoni togʻlar bilan oʻralgan) uning iqtisodiyotiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. rayon iqlimi subtropiklarga yaqin boʻlgani sababli rayon ingichka tolali paxta, subtropik mevalar, ertagi sab-zavot yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati koʻmir (Shargʻun toshkoʻmir koni), neft va gaz kazib olish (mahalliy isteʼmol uchun) asosida rivojlangan. Surxon-Sherobod choʻlida yangi yerlarni oʻzlashtirish asosida bu hududda ingichka tolali paxtachilik, eksport yoʻnalishidagi subtropik mevachilik va ertagi sabzavotchilik rivoj topadi. aniqlangan foydali qazilmalar konlari ni oʻzlashtirish bu hududda kon sanoatini va rangli metallurgiyani rivojlantirish imkoniyatlarini yara-tadi: Xodiza, Shargʻun — Sariosiyo (rangli metallar, koʻmir, qurilish materiallari), Boysun (toshkoʻmir, tabiiy gaz, qurilish materiallari) sanoat uzellari shakllanadi. Termiz sh.da va tuman markazlarida, asosan, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |