1. Bahorikor yerlarni baholash
O‘zbekistonda bahorikor yerlar mintaqasi-maydoni dengiz sathidan 300-1300 m nisbiy balandlikda tog‘oldi tekisliklari, adirliklarda, past tog‘larda tarqalgan. Janubiy viloyatlarda Surxondaryoda va Qashqadaryoda lalmikor dehqonchilikni yuqori qismi tog‘larning janubiy yon bag‘irlariga to‘g‘ri keladi va 1700-1800 m nisbiy balandlikka ko‘tarilgan. Bahorikor yerlarning bunday keng tarqalishiga sabab eng avvalo yog‘in-sochin miqdori va havo haroratining miqdorlari, relyef xarakteri hisoblanadi. Bu maydonda yillik yog‘in miqdori 250-700 mm ni tashkil qiladi. Bu miqdorlarni ko‘p qismi (70-80 %) qish va bahor oylarining yanvar-apreliga to‘g‘ri keladi. May oyiga kelib bu maydonda yog‘in miqdori keskin kamayadi. YOz oylarida, ya’ni iyun-avgustda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ya’ni nolga tushib qoladi. Ayrim yillarda oz miqdorda yog‘ishi kuzatiladi.
Lalmikor dehqonchilik tarqalgan maydonlarda hosil taqdirini asosiy qismi tuproqni suv tartiboti bilan bog‘liq. Bunda yog‘inni yil davomidagi, hatto fasl davomidagi taqsimoti katta amaliy ahamiiyat kasb etadi. A.A.Rode, N.Ataxonov tomonidan lalmikor yerlarning suv tartiboti terlaydigan guruhga kirishi, ya’ni kapillyar naychalar orqali sizot suvi sathidan ko‘tarilgan nam bilan atmosfera yog‘inlaridan hosil bo‘lgan va tuproqning ichki qatlamlariga kirib borgan namliklar uchrashmaydi, demak bir - birigacha etib kelmaydi degan xulosalar olingan. Bu xususiyat adir o‘lkalardagi ko‘pchilik avtomorf tuproqlar uchun xosdir. Bahorikor yerlarda tuproq qatlami 70-120 sm ni tashkil qiladi. Tog‘oldi qiya tekisliklarida 70 sm gacha bo‘lsa, past tog‘larda 120 sm gacha etadi. Tuproqlarni nam zahirasining eng ko‘p miqdori mart oyiga to‘g‘ri keladi. Aprelning ikkinchi yarmidan boshlab tuproq qoplamidagi o‘simlik olishi mumkin bo‘lgan namlik miqdori keskin kamayadi, may oyiga borib 20-40 sm li qatlamda namlikning bu turi batamom yo‘qoladi.
2. Qashqadaryo viloyati tuproqlarini bonitirovlash
2006-2008 yillarda Institut «Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish va saqlash tizimini takomillashtirish, respublikaning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan atrof-muhit muhofazasi, tabiatdan foydalanish va ekologik xavfsizlik muammolarini hal etish» mavzusidagi Davlat ilmiy - texnik dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatida kompleks tadqiqotlar olib bordi. Qashqadaryo viloyati respublikamizning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, keskin kontinental iqlimga, hamda o‘ziga xos landshaft va unga bog‘liq ravishda tuproq sharoitlariga ega. Bu viloyatda keng Yer resurslari mavjud bo‘lib, bu yerlar asosan tik (vertikal) mintaqalar va sahro zonasi hududlarida joylashgan. Shu sababli, bu viloyatda sug‘orma va lalmi dehqonchilikni, o‘rmonchilikni va chorvachilikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.
Viloyatning asosiy sug‘oriladigan tuproqlari: turli muddatda o‘zlashtirilgan, sug‘oriladigan taqirli, och tusli bo‘z, tipik bo‘z hamda taqirli o‘tloqi, o‘tloqi allyuvial tuproqlardir. O‘rta qumoqli (40,35%), yengil qumoqli (26,58%) va og‘ir qumoqli (23,04%) tuproqlar keng tarqalgan bo‘lib, ular jami sug‘oriladigan maydonlarning qariyib 90% ini tashkil etadi. Bunday mexanik tarkibli tuproqlar tabiiy unumdorligi hamda bir qator kimyoviy, fizik va suv-fizik xossalari bo‘yicha yaxshi agronomik xususiyatlarga ega.
Dehqonchilikga qulayligi jihatidan eng yaxshi mexanik tarkibga ega bo‘lgan o‘rta va yengil qumoqli tuproqlar (birgalikda 60-74%) Bahoriston, G‘uzor, Dehqonobod, Qarshi, Koson, Chiroqchi tumanlarida tarqalgan. Shuningdek, og‘ir va o‘rta qumoq mexanik tarkibli tuproqlar asosiy maydonlarini egallagan Qamashi, Kitob, Shaxrisabz tumanlari tuproqlari ham katta tabiiy unumdorlikga egadir. Sug‘oriladigan tuproqlarning qariyb 70%i turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, sho‘rlanganlik kuchli namoyon bo‘lgan tumanlar qatoriga G‘uzor, Qarshi, Chiroqchi va o‘rtacha ko‘rsatkichlarga Koson, Nishon, Yakkabog‘ tumanlari kiradi. Bu tumanlar tuproqlarining unumdorligini oshirish uchun sho‘rlanishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
Viloyatda va ayniqsa uning ayrim tumanlari - Nishon, Bahoriston, Dehqonobod kabilarda shamol eroziyasi xavfi katta, chunki ularning ko‘pgina maydonlari tuproqlari yengil qumoq va qumloqlidir. Viloyat tuproqlarining 10% o‘rtacha darajada, 88% kuchsiz darajada sug‘orish eroziyasiga uchragan. Sug‘orish eroziyasi Dehqonobod, Qamashi, Muborak, Chiroqchi tuproqlarida keng tarqalgan bo‘lib, umumiy maydonining 20- 40% ini tashkil etadi. Tuproq unumdorligini saqlashga qaratilgan tadbirlar ichida bu salbiy jarayonning oldini olishga yo‘naltirilgan ishlar o‘z o‘rnini egallashi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi «Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillangpfish choratadbirlari to‘g‘risida»ga PF-2932 - sonli Farmoni, 2008 yil 19 martdagi «2008- 2012 yillarda sug‘oriladigan yerlarping meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «2008-2012 yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi» asosida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtkrish chora-tadbirlari belgilandi.
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash eng ustuvor vazifalardan biri qilib belgilandi. Ushbu vazifalarni bajarish maqsadida «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi va uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan respublikamiz sug‘oriladigan yerlarining meliorativ-ekologik holatlari o‘rganilib ushbu yerlardan unumli va oqilona foydalanishga qaratilgan muayyan maqsadli ishlar amalga oshirildi.
Xulosa
Keyingi yillardagi ilmiy-tekshirish ishlari tuproqning madaniylashganlik darajasi va o‘zlashtirish davri bo‘yicha ball belgilashni qayta ko‘rib chiqish lozimligini ko‘rsatdi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, madaniylashganlik darajasi matematik birlikda yaqqol ifoda qilinmaydigan ko‘rsatkichdir. O‘zlashtirish davri esa tuproqning nisbiy yoshidir.
Tabiiy-tarixiy usulning afzalligi shundaki, tuproqning unumdorlik darajasini baholash madaniy ekinlarning hosiliga eng katta ta’sir qiluvchi tuproq xossalari hisobga olinadi. Turli tuproq-iqlim zonalari uchun tuproq bonitirovkasida tuproqning turli xossalaridan foydalaniladi. Tayga sharoitida mexanik tarkib, kislotaligi gleyli qatlamning chuqurligi (Klopotovskiy, 1974; Kotin, 1982; Kurochkin, Murtazin, 1971; Sherbinin, 1987 va b).
Dasht zonasida-mexanik tarkib, gumus miqdori va gumusli qatlamning qalinligi (Dokuchayev, 1950; Gavrilyuk, 1974; Tyumensev, 1982; Gantimurov, 1963 va b). Cho‘l va chalacho‘l zonalarida, mexanik tarkib bilan birga sho‘rtoblilik, sho‘rlanganlik, gipslashganlik kabi xossalar e’tiborga olingan (Kerzum, 1974; Mamitov, 1969; Reshetov, Shreder, 1977; Mikailov, Mamedov, 1981; Gurtmuradov 1979; Suchkov, 1969; Gorbunov, 1969 va boshqalar).
Tuproq bonitirovkasining turli usullarida yuqorida sanalgan xususiyatlardan tashqari oziqa elementlari, galechniklarning miqdori, tuproq zichligi, suv o‘tkazuvchanligi, nam sig‘imi va boshqa xossalardan ham foydalanilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1.Abdulayev S., Namozov X. Tuproq melioratsiyasi. O‘ZME. T. 2011.
2. Aparin B.F, Rusakov A.V., Bulgakov D.S. Bonitirovka pocv i osnovi gosudarstvennogo zemelnogo kadastra. Sankt-Petrburg. Izd. S-Peterb. Universitet.2002.
3. Boboxo’jayev I.P., UzoqovP.U. Tuproqshunoslik. T., Mehnat nashriyoti. 1995.
4. Gavrilyuk N.F. Bonitirovka pochv. M., Visshaya shkola, 1982.
5. Kimberg N.V. – “Pochviy pustinnoy zoniy Uzbekistana”. Fan.- T.: 1975.
6. Maqsudov J., Nagayev G., Akromov I. Qo‘ziyev R., Axmedov A. Tuproq
xaritalari va yerlarni baholash hujjatlaridan foydalanish. T., 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |