ArcGIS dasturini o`rnatish
Keyingi oynada o’rnatish turini batamom (complete) tanlanadi va Next tugmachasi bosiladi.
ArcGISni o`rnatish bosqichlari
Keyingi bosqichda paydo bo’lgan oynadan, Python papkasini quyidagi ekran tasvirda ko’riladigan tarizda o’rnatiladi va Next tugmasini bosish orqali keyingi bosqichga o’tiladi. Next (keyingi) tugmasini bosiladi, o’rnatish jarayoni 10 – 20 daqiqa davom etadi.
ArcGISni o`rnatish bosqichlari
Dastur o’rnatish jarayoni tugagach Finish tugmasini bosiladi. 180 kunlik va 365 kunlik baholash raqamlari ham kengaytirilgan (Arc Info) yagona foydalanish hisoblanadi litsenziya turini tanlang va keyin avtorizatsiya qilish bosiladi.
ArcGIS dasturi bilan tanishish va kadastr kartalarini loyihalash va tuzishdagi vazifalarni bilish
ArcGIS dasturi paketi dunyoning GAT bo’yicha yetakchi atrof-muhit tizimlari tadqiqot instituti (ESRI) tomonidan ishlab chiqilgan. ESRI “ GAT mahsulotlari dastur ta’minotining integrallashgan kolleksiyasi” sifatida dastur paketini ifodalaydi, unda foydalanuvchi yoki kompaniya GATni to’liq amalga oshirishi mumkin. “Pusk” tugmasi bosiladi “Vse Programma” qatoriga kiriladi. “ArcGIS” papkasi tanlanadi “ArcMap” belgisiga ikki marta bosiladi.
ArcMap dasturi bilan ishlash
Arc map dasturidagi + belgisini bosdim, natijada “Dobavit Dannie” oynasi paydo bo’ldi. Ushbu oynadan tahlil qilinadigan ma’lumotni u joylangan papkadan ArcMap ga o’tkazish uchun quyidagi belgi bosildi.
Bunda “podklyuchit k papke” oynasi paydo bo’ladi. Undan ma’lumot olinadigan papka tanlanadi va OK tugmasi bosiladi.
ArcCatalog bo`limi bilan tanishish
Geografik maʼlumotlar turli shaklda boʼlishi mumkin. Boshqa maʼlumotlardan (fotosuratlar va Wordhujjatlari) farqli ravishda geografik maʼlumotlar odatda bitta fayldan iborat boʼlmay, fayllar toʼplamidan tashkil topadi. ArcGIS ilovasida mavjud Katalog (Catalog) oynasi turli xildagi geografik maʼlumotlarni tashkil etish va boshqarishga moʼljallangan.ArcGIS dasturiy taʼminotida Katalog oynasi bilan ArcMap, ArcGlobe va ArcScene ilovalarida ishlash mumkin. Katalog oynasining qurollari ѐrdamida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
• geografik maʼlumotlarni koʼrish va izlash;
• maʼlumotlar toʼplami va ArcGIShujjatlarini ѐzish, koʼrish va boshqarish;
• mavjud va yangi GАTmaʼlumotlarini lokal tarmoqdan ѐki internetdan izlash;
• geomaʼlumotlar bazasi modellari maʼlumotlari va maʼlumotlar toʼplamini aniqlash, eksport va import qilish;
• geomaʼlumotlar bazasi sxemalarini yaratish va boshqarish va boshq.
ArcMap, ArcGlobe va ArcScene ilovalarida Katalog oynasidan tashqari ArcGIS da mustaqil ArcCatalog ilovasi mavjud boʼlib, uning ѐrdamida ham turli xildagi geografik maʼlumotlarni tashkil etish va boshqarish mumkin. ArcCatalog yordamida kerak boʼlgan maʼlumotlarni izlab topish, ularning tarkibini koʼrish va hujjatlashtirish (metamaʼlumotlarni yaratish) mumkin. Bundan tashqari, lokal (S ѐki D) diskda yoki relyatsion maʼlumotlar bazasida saqlanuvchi qatlamlarni, sheyp-fayllarni (obʼektlarni saqlash uchun vektor format) va boshqa fazoviy maʼlumotlarni boshqarish imkoniyati mavjud. ArcCatalog yordamida quyidagi turdagi maʼlumotlarni tashkil etish va boshqarish mumkin:
• geomaʼlumotlar bazasi;
• rastr fayllar;
• kartalar, globuslar, 3D-lavhalar hujjatlari va qatlamlar fayllari;
• geoqaytaishlash (geoprocessing) qurollari toʼplami, modellar, Python skriptlari;
• АrcGIS Server ѐrdamida nashr qilingan GАT-servislar;
• metamaʼlumotlarva boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |