Biologik xilma-xillikni saqlash Milliy strategiyasining ahamiyati
Ozbekiston Respublikasida Biologik xilma-xillikni saqlash Milliy strategiyasi va harakatlar rejasining tasdiqlanishi bioxilma-xillikni saqlab qolish yolidagi ulkan ishlardan biri boldi. Bu strategiyaning asosiy vazifalaridan biri - mamlakat umumiy maydonining 10 % ga yaqin qismini qamrab oladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barqaror tizimini tashkil qilishdan iboratdir.2004 yilning dekabr oyida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar togrisida"gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonun "Biologik xilma-xillikni saqlash togrisida"gi, "Yovvoyi hayvonlarning kochib yuruvchi turlarini muhofaza qilish togrisida"gi, "Xalqaro ahamiyatga ega bolgan, asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari hisoblangan suv-botqoq hududlar togrisida"gi Xalqaro Konvensiyalar yuzasidan olingan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlashga qaratilgan.
Otgan 2009 yilda Buxoro viloyatining Todakol, Xadicha, Zikri suv havzalaridagi qushlarni hisobga olish ishlari bajarildi va natijada qishlaydigan qushlar sonining keskin kamayganligi qayd etildi; Toshkent viloyatida kamyob va ovbop qushlar turlari boyicha kadastr tadqiqotlari otkazildi; Xisor qoriqxonasi atrofida umurthali hayvonlarni, "Dalvarzin" ovchilik xojaligida qirgovullarni hisobga olish ishlari amalga oshirildi, natijada qirgovullar sonining ancha kopaygani ma'lum boldi. Sirdaryo viloyatidagi "Sayxun" xojaligida hayvonlarning ovbop turlarini hisobga olish ishlari natijasida: sirdaryo qirgovuli - 610-630 bosh; katta tomoq - 450-500 bosh; tongiz - 8-10 bosh; tolay quyoni 40-45 bosh; tulki - 10-15 bosh ekanligi; borsiq - uch-tort oilaligi aniqlandi; Fargona vodiysi tabiiy osimliklari va yer usti umurtqalilar faunasini inventarizatsiyadan otkazish ishlari bajarildi; global miqyosda yoqolib ketish xavfidagi qush turi - sterxning Ozbekiston hududidan uchib otish yolini aniqlash boyicha ikkinchi xalqaro ekspeditsiya otkazildi."Jayron" ekomarkazida buxoro qoyini kopaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. hozirgi kunda ekomarkazda bir bosh burama shohli echki, 10 bosh buxoro qoyi saqlanmoqda, otgan yili 3 bosh qozi dunyoga keldi.
XULOSA.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston musaqillikka erishgach, atrof-muhitni, hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xoʻjalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, foydali qazilmalar, oʻsimliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (koʻpgina foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi. Tabiiy xomashyolarni koʻp darajada isteʼmol qiluvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga bogʻliq ravishda tabiat resurslari bilan taʼminlash muammolari yanada dolzarblashib bormoqda. Tuproq, atmosfera va gidrosferaning ifloslanishiga qarshi kurashishda jahonning barcha mamlakatlari kelishib faoliyat yuritishlari zarur boʻlib, tabiat resurslari muhofazasi global xarakterga ega boʻlmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |