2. Biologik resurslarning asosiy korsatkichlari va ulardan amaliyotda foydalanish.
Respublikamiz ormonlarga ancha kambagal, mamlakat hududining 5 %ini tashkil qiladi. Avvallari, hattoki, XIX asrning ortalariga qadar tog yonbagirlarining 700-800 m. balandligigacha keng bargli va mayda bargli ormonlar tushub kelgan. Adirlar va past toglar pista va bodomzorlar bilan qoplangan edi, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Zomin, Sux, Sangzar va boshqa daryolar orqali kesilib boglangan holda (sol qilib) ormon yogochlari oqizilgan.
Turkistanskie vedomosti gazetasida bosilgan (V.Lim, 1996) xabariga qaraganda XIX asr oxirlarida Samarqandga har yili Panjikent va Qoratepadan keng bargli ormon yogochlarini yoqish natijasida tayyorlangan 13440 pud (1pud-16kg), archalarni kesib tayyorlagan 21120 pud komir keltirilgan, yani yiliga 16800 keng bargli va 17 ming dona archa daraxtlari kesilgan. Toglardagi archazorlar, bodomzorlar, olmazorlar, olchazorlar tekislik va tog etaklaridagi shaharlarda yashovchi aholi tomonidan qurilish materiali, pista komir tayyorlash uchun toxtovsiz qirqilib turgan, toglardagi daryo va soy vodiylarida topilgan mis, temir rudalaridan metal olishda koplab daraxtlar kesib yoqilgan, shuning uchun ham tog yonbagirlari va daryolar boylaridagi toqayzorlar ormonlarga juda ham kambagal.
Archazorlar siyrak, bazan katta maydonlarda archa uchramaydi, ularni asosan 1800-2000 m balandlikdan boshlab osishi kuzatiladi. Tekisliklarda ham qora va oq saksovul, cherkez, qandim, shuvoq, toqayzorlardagi turangil, jiyda, tol asosan yoqilgi sifatida qirqilib turganligi tufayli ular endilikda siyrak uchraydi. Qashqadaryo, Zarafshon, Amudaryo, Surxondaryo, Chirchiqning toqayzorlari XX asrga qadar asosan qirqib bolingan edi, faqat onda-sonda kichik maydonlarda dov-daraxtlar saqlanib qolgan.
Toqayzorlar keyingi yillarda bearmon yoq qilindi. Binobarin, insonning xojalik faoliyati orta asrlar, xususan XVIII-XIX asrlarda osimlik qoplamini ancha siyraklashuviga jiddiy tasir etgan, XX asrda dov-daraxtlarni qirqish, yangi Yerlar ochish maqsadida toqayzorlarni yoq qilish davom etdi. Ozbekistonda ormonlar geografik joylashuviga muvofiq uch toifaga bolinadi: 1)tog, 2)chol va 3)toqay ormonlari. Togli hudud mamlakatda 6634 ming ga. ga teng. Ozbekiston Respublikasi Ormon qomitasi (1995) malumotiga kora, shu maydonning 601,1 ming ga. qismida ormon osishi mumkin, hozirgi kunda esa atiga 105 ming ga. dan ziyodroq hudud ormon bilan band.
Tog yonbagrlarining ormon bilan qoplanganlik darajasi 2,5 %. Tog ormonlariga uning siyrakligi, yakka holda osuvchi daraxtlarning kopligi, daraxtzorlar orasida yalang bosh joylarning bisyorligi xos. Tog ormonlari asosini archazorlar, pistazorlar va yongoq, mevali daraxtzorlar tashkil qiladi. Archa ormonzorlari uch turdagi, yani yarimsharsimon, Zarafshon va Turkiston archa turlaridan iborat. Zarafshon archasi (qora archa) keng tarqalgan va 1500-2300 m. balandlikda uchraydi.
Yarimsharsimon (sovur) archa 2000-2700 m balandlikda tarqalgan. Turkiston archasi asosan Turkiston tizma toglarida 2200-3100 balandlikda uchraydi. Tog ormonlari orasida pistazorlar maydon jihatidan ikkinchi orinni egallaydi. Pistaqurgoqchilikka chidamli va qimmat mevali daraxt. Pistazorlar sof holda qurgoqchil tog etaklari va past toglar yonbagirlarida tarqalgan. Pistazorlarning asosiy qismi Bobotog tizmasida (Surxondaryo, maydoni 50 ming ga), qisman Samarqand atrofida va boshqa togli hududlarda uchraydi.
Archazorlar bilan pistazorlar oraligida bodomzor, yongoq, togolcha, olma, orik, dolana, namatak, qora qand va boshqa daraxtlar hamda butali ormonzorlar joylashgan. Ular koplab meva berishi bilan birga, yonbagirlarni surilma va Eroziyadan muhofaza qiladi. Tog ormonlarining ahamiyati beqiyos katta, lekin aholi yoqilgi va qurilish materiallari bilan barcha joylarda etarli taminlanmaganligi tufayli ormonlarni qirqish hollari uchrab turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ayniqsa qurilish materiallarining qimmatligi aholini yonbagirlardagi daraxtlarni qirqishga undaydi. Toshkent viloyatining Bostonliq tumanida har bir oila bir yilda yoqilgi sifatida ortacha 15-20 m3 otin toplaydi. Qurigan daraxt va butalar bilan birga osib turgan daraxtlar ham qirqiladi. Umuman Ugom, Chotqol mintaqasida har yili kamida 21 ming m3 daraxt va butalar qirqiladi. Agarda bu miqdorni boshqa togli viloyatlarni ham qoshib hisoblasak katta hajmda otin tayyorlanishi ayon boladi. Chol mintaqasida ormonlarning ahamiyati nihoyatda ulugvor.
Qumli cholda qumlarning kochib yurishini toxtatsa, sugorma Yerlarda tuproqni uchib ketishiga tuganoq boladi, yaylovlarda buta va daraxtlarning mavjud bolishi qorakol qoylari istemol qiladigan turli xil ot-olanlarning osishiga imkon beradi. Oq va qorasaksovul, cherkez, chogon, qandim ormon hosil qiluvchi daraxt va butalar hisoblanadi. Ular zich osgan joylarda yaylovlar mahsuldorligi gektariga 2 ts. dan kam bolmaydi, bazan 4-5 ts. gacha kotariladi.
Ammo Respublikaning chol qismida geologik-qidiruv ishlarining faollashuvi, avtotransport harakatining kuchayishi, turli madanlarni qazib olishning keng miqyosda amalga oshirilayotganligi, shaharchalar qurilayotganligi yaylovlar maydonini qisqarishiga sabab bolmoqda, mavjud ormonlar qirqilmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda 1 km. masofada magistral quvurlar yotqazilishi kamida 4 ga. maydondagi yaylovlarning buzilishiga tasir etadi. Chol mintaqasida hozirga kelib 1 mln ga. maydonda harakatdagi qumlar vujudga kelgan, ularda hech qanday osimlik osmaydi va yaylov sifatida foydalanilmaydi. Shuningdek, 5 mln.. ga. maydonda mahsuldorligi juda ham kam bolgan (gektariga 0,5 ts. ) yaylov vujudga kelgan, bu hududda harakatchan qum massivlari ustuvorlikka ega. Ular mavjud yaylovlardan togri foydalanmaslik oqibatida tarkib topgan.
Vohalar(Buxoro, Qarshi, Qorakol, Qoraqalpogiston, xususan Tortkol, Ellikqala) bilan qumli chollarni bir-birlari bilan tutashgan mintaqalarida 200 ming ga. maydonda harakatdagi (barxanli) qum shakllari mavjud. Bu hol yoqilgi sifatida saksovullar, ch Yerkez, chogonni qirqish natijasida vujudga kelgan. Toqayzorlar yildan yilga kamayib bormoqda. 1978 yilda ularning maydoni 78 ming ga., 1983 yilda-34 ming ga., 1992 yilda-31 ming ga. cha kamaydi. Amudaryo deltasida daraxtli-butali toqaylarning maydoni chollashish munosabati bilan, ayniqsa, juda tez qisqarmoqda. 60-yillarga qadar hududda toqayzorlar maydoni 270 ming ga. bolgan holda ularning maydoni hozirda 10-15 marta kamaydi. 70-80-yillarda paxta maydonlarini kengaytirish bahonasida daryolar ozanlariga qadar yangi Yerlar ochildi, shuning uchun ham kop toqayzorlar ayni shu davrda butunlay yoqoldi.
Ozbekistonda hayvonot dunyosining 600 ga yaqin turi yashaydi, sut emizuvchilarning 97 turi, qushlarning 379 turi, sudralib yuruvchilarning 58 turi mavjud. Respublika tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasining malumotiga kora, Ozbekistonda ov qilinadigan va baliq tutiladigan joylarinng maydoni 38 mln.. ga. dan iborat, shundan 0,5 mln.. ga. suv havzalariga togri keladi. Har yili ortacha 60 ming tacha suvda suzuvchi qushlar, taxminan 2 ming tustovuq, 13 ming kaklik, 500 bosh yovvoyi tongiz, bir necha mingta saygoq, 50 mingdan 100 mingtagacha toshbaqa, 10000-100000 tagacha qurbaqa va boshqa hayvonlar ov qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |