O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA GEOINFORMATSION
TIZIMLAR FAKULTETI
4-BOSQICH (SIRTQI ) GEOGRAFIYA
YO’NALISHI TALABASI
______________________________________NING
_____________________________________________FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: __________________
Toshkent-2023
Biologik resurslardan foydalanish va ulardan muhofaza qilish
Reja:
Kirish.
Biologik resurslar to‘g‘risida tushuncha
Biologik resurslarni iqtisodiy baholash va barqaror boshqarish masalalari
3. Biologik xilma-xillikni saqlash Milliy strategiyasining ahamiyati
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Yerning biologik resurslarini biologik “tirik” organizmlar ya’ni, o’simlik va hayvonlar tashkil etadi. Tiriklikning asosiy belgilari organizmlarning nafas olishi, oziqlanishi, o’sishi, rivojlanishi, ko’payishi, harakatlanishi kabilardir. Yerning o’simlik resurslari (Yer biomassasini 97% ini tashkil etadi) madaniy va yovvoyi holda o’suvchi o’simliklardan iborat.
Hozirda Yer sharida 500000 ga yaqin o’simlik turi bor, shundan 6000 ga yaqini madaniy o’simliklar (ya’ni navlar) hisoblanadi. Lekin Yer sharida ko’p tarqalgan qishloq xo’jalik ekinlari 80-90 turni, eng ko’p tarqalganlari esa 15-20 turni tashkil qiladi. Ular asosan oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ekinlari hisoblanadi. Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar orasida o’rmon resurslarini hosil qiluvchi o’rmon o’simliklari ko’pchilikni tashkil etadi.
O’simlik resurslari ham hayvon resurslari singari tugaydigan, lekin tiklanadigan resurslari hisoblanadi. Ulardan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Masalan: o’rmondan qurilishdan tashqari, smola, skipidar, bo’yoqlar, lak ekstraktlar, yelim, mebel, sellyuloza, qog’oz, spirt va hakozolar olinadi.
Jahon o’rmon resurslari 2ta ko’rsatkich bilan ifodalanadi:
1. Egallagan maydoni (jahondagi barcha o’rmonzorlar 4,2mlrd ga ni tashkil etadi yoki 40 mln. km2 ya’ni jahon yer fondini 30% ini tashkil etadi).
2. Yog’och zaxirasi bilan (jami yog’och zaxirasi 350mlrd m3), yog’ochning sifatiga ko’ra. Doim o’sib turganligi sababli yog’och zaxirasi har yili 5,5mlrd m3 ko’payadi. Shunday ekan, kelajakda yog’och muammosi bo’lmaydigandek tuyuladi.
Aslida unday emas. Chunki yog’och qadimdan qurilish va ishlov berish materiali sifatida foydalanib kelingan va hozirda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Chunki yog’ochdan X1X-asrning o’rtalarida 4,5-5 ming xil mahsulot olingan bo’lsa, hozirda 20 ming xil mahsulot ishlanadi. Hozirgi vaqtda ham yog’ochga talab doimiy oshib bormoqda. Dehqonchilik paydo bo’lgan neolit davridan boshlab minglab yillar davomida o’rmonlar ekin ekish uchun yo’qotib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |