3. Tuproqning fizik – mexanik xossalariga ta’rif bering
4. Shaharlarda zararlangan tuproqlardan yuzaga keladigan yuqumli kasalliklar?
5. Tuproqlarning o’z – o’zini tozalash xususiyati qanday?
6. Shaharlarda tuproqlarning Antropogen ta’sir natijasida shakllanish jarayonlari qanday?
7. Shahar tuproqlarida urbik fizik – kimyoviy guruhlarini ayting.
13- SEMINAR MASHG’ULOT
MAVZU: Inson hayotida suvning ahamiyati. Sanoat chiqindi suvlarining sanitar-gigienik holati.
Yer yuzi aholisi (6,4-6,5 mlrd.) uchun o'rtacha 7-7,5 mln.m3 chuchuk suv kerak. Lekin biosfera suv zahirasining 70% dan ortig'i qutblar va yuqori tog'liklarda joylashgan muzliklar, qalin qor Jarda va 30% yer ostidadir. Suvning ifloslanishi deganda suvning biosferaviy funktsiyalari va ekologik ahamiyati kamayishi yoki unga ifloslantiruvchi moddalarning kelib qo'shilishidir. Suv ifloslanganda uning tiniqligi yo'qoladi. Rangi o'zgaradi, hidi, tami yomonlashadi, tarkibida har tuzlar, og'ir metallar ko'payadi, radioaktiv moddalar, turli baktyeriya va virus hamda boshqalar qo'shilgan bo'lishi mumkin. Ifloslagichlar: kimyoviy, biologik, mexanik, fizik, issiqlik. Kimyoviy ifloslanish deganda, neft va neft mahsulotlari, pestitsidlar, og'ir metallar, dioksinlar va sintetik moddalar biIan suv ifloslanadi. Biologik ifloslanish-viruslar, baktyeriyalar, zamburug'laming suvga qo'shilishi va kasallik manbai bo'lishidir. Fizik ifloslanish-radioaktiv moddalar issiqlik va boshqalar kiradi.
Mexanik ifloslanish deganda, suvga har xii mexanik qo'shimchalar, qum, shlak va boshqalar suv sifatini hamda baliqlar ekotizimini buzadi. Yer osti va yer usti suvlari kO'pincha tozalanmagan oqova suvlar, zaharli kimyoviy atmosfera yog'inlar, gaz tutunlari va neft va neft mahsulotlari qoldiqlari suv manbalarini ifloslantiradi. Tabiiy suv manbalari yer osti minyeral tuzlari bilan ifloslanganda toza suvni ichib bo'lmaydi. Ifloslangan suvlar 20-30 km masofagacha
oqib boradi va suvlami ichimlik holatini buzadi. Suv manbalari zararlanganda uning ichidagi ekotizim buziladi, tirik organizmlaming faoliyati suv o'tlari, jonivorlar o'lib bitadi. Tirik organizmlar suvda bo'lmasa, suv ham o'lik bo'ladi. uzoq muddatli istiqbolda ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiyalash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar va maqsadli dasturlarni amalga oshirish asosida respublikamiz aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ijtimoiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Suv, vodorod oksid, H2O — vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. Suv rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va ob-havoning shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi. Suv qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir. Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera — okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada suv bugʻ, tuman, bulut, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10% ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferaga gidrosferadagiga yaqin miqdorda, yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ S. bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13—15 mlrd. km³) S. bor. Barcha tirik organizmlardagi S. Yer yuzidagi daryolar S.ining yarmiga teng . Yerdagi hamma suvning bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi suv bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi. Tabiatga kishilarning zugʻumi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida ularning yashash tarzi, sogʻligi, ijtimoiy muhitga boʻlgan aks taʼsiri tobora halokatli tus olmoqda. Shu sababli insoniyat har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa nizo, kelishmovchiklarni unutib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashuvi hozirgi eng olamshumul zaruriyatdir. Jahonshumul muammolarning shunday bir guruhlari mavjudki, ularning u yoki bu darajada hal qilinishining oʻziyoq butun sayyoramizdagi ijtimoiy hayotning kelajak davrlaridagi aniq manzaralarini tasavvur qilish uchun imkon beradi. Ulardan biri „Inson — tabiat“ munosabatlari sirasiga kiradigan, xususan, xom ashyo resurslarini tejash, energiya tanqisligini bartaraf etish, aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan taʼminlash va tabiatni muhofaza qilishdir. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiati va hattoki ijtimoiy muhiti qadimdan tabiat tomonidan inʼom etilgan suv zahiralaridan qay darajada samarali foydalanishga qoʻproq bogʻliq boʻlib kelganligi hech kimga sir emas. Suv oʻrnini boshqa hech bir neʼmat bosa olmaydi. Ammo insoniyatning bu boradagi ehtiyojlari va mavjud boʻlgan zahiralar oʻrtasidagi mutanosiblik allaqachon dolzarb muammo darajasiga etganligini ham unutib boʻlmaydi. Mutaxassislarning fikricha, sayyoramizdagi suv zahiralaridan faqatgina 2,5 foizigina ichish uchun yaroqli ekan. Shundan 0,5 foizidan insoniyat oʻz manfaati yoʻlida foydalanmoqda. Ichimlik suvidan foydalanish darajasi aholi miqdorining koʻpayish darajasi bilan bevosita bogʻliq jarayon. Lekin, shu bilan birga, aholining miqdori sarf qilinadigan suvning miqdoriga doimo mutanosib boʻlavermaydi. Masalan, rivojlangan Yevropa mamlakatlarida aholi miqdorining kamayishi kuzatilayotgan bir paytda, ichimlik suvidan foydalanish koeffitsienti doimo yuqorilab boryapti. Bundan 40—50 yillar muqaddam Toshkent shahrida suv isteʼmol qilish miqdori qariyb 5 barobar kam boʻlib, aholining ehtiyojini toʻla qondira olgan. XX asrning 60-yillari oʻrtalarida Toshkent shahrining aholisi 1 mln. atrofida edi. Lekin ishlatiladigan suv miqdori yuqorida taʼkidlanganidek, 5 barobar kam sarflanar edi. Hozir esa Toshkentning aholisi 3 mln. kishidan ziyod boʻlib, kuniga 2,5 mln. m. kub toza ichimlik suvi sarflanayotir. BMT bayonotiga koʻra, har bir kishining toza ichimlik suvga boʻlgan kundalik ehtiyojini 50 litr miqdorda belgilash maqsadga muvofiq ekan. BMT bergan maʼlumotlarga koʻra, er yuzida 2000 yilda umumiy aholisi 2,1 mlrd. kishini tashkil etadigan 61 ta davlatda suv isteʼmoli bu meʼyordan kam boʻlgan. 2050 yilga kelib, jahon aholisining 45 foizi (yaʼni, 4,2 mlrd kishi) oʻz aholisini kuniga 50 litr suv bilan taʼminlay olmaydigan mamlakatda yashashiga toʻgʻri kelar ekan. Toshkent shahrida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojning tobora ortib borish tendensiyasi aslida aholi sonining koʻpayishidan emas, balki, birinchidan, kishilarda tozalik va ozodalikning, shuningdek, sanoatda toza ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojning kuchayib borishi bilan oʻlchansa, ikkinchidan, toza ichimlik suvidan oqilona foydalanish darajasining susayishi natijasida roʻy bermoqda. Agar biz rivojlangan mamlakatlardagi yirik shaharlaridagi suv isteʼmolini hisobga oladigan boʻlsak, qarama-qarshi manzarani koʻrishimiz mumkin. Masalan, Yaponiya poytaxti Tokioda oʻtgan asrning 50-yillarida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoj har bir kishiga bir kunga qariyb 400 litrga toʻgʻri kelgan boʻlsa, bu koʻrsatkichni 2000 yilda 160 litrga tushira olganlar. Suvdan oqilona foydalanish hayot zaruratidir. Toshkent shahri aholisining jon boshiga suv sarfi yildan yilga oshmoqda. Agar XX asrning oʻrtalarida Toshkent shahri aholisining jon boshiga kuniga oʻrtacha 550—600 litr toza ichimlik suv sarflangan boʻlsa, shu bugungi kunda bu koʻrsatkich 1136 litrga koʻtariladi. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot darajasi toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojni belgilab beruvchi omilga aylanadi, yani mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, suvdan oqilona foydalanish usullari darajasi ham yuksaladi. Suvdan foydalanishning ilgʻor texnologiyalari ishlab chiqiladi va uni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari ham ochila boradi. Toza ichimlik suvidan foydalanish madaniyatining susayishi sanoat ishlab chiqarish taraqqiyotiga ham toʻsiq boʻlib qolmoqda, shu bilan birga, dehqonchilik madaniyati vujudga kelgan davrdan boshlab, ekin ekilgan hosildor erlarning ham yaroqsiz holga kelishiga sabab boʻlmoqda. Ayniqsa, bu achinarli holat Orol boʻyi mintaqasida oʻzining salbiy natijasini koʻrsatmoqda. Chuchuk suvning etishmasligi oqibatida bir necha oʻn ming gektarlab er maydonlari shoʻrlangan, ekin maydonlarining ancha qismi zaharli kimyoviy moddalarga toʻyinishi oqibatida hosildorlik bir necha barobarga kamayib ketgan. Toza ichimlik suvidan, ayniqsa Toshkentdek shahri azimda oqilona foydalanishning usullaridan biri — tomorqa erlarini, istirohat bogʻlarini, koʻcha boʻyidagi dov — daraxtlar va koʻkatlarni sugʻorish shaxobchalarini kengaytirish va bunga sarf qilinadigan toza ichimlik suvni tejashdan manfaatdorlikni oshirishdir.
Suv – yashash, oziq – ovqat maxsulotlari ishlab chiqarish, sog’liqni saqlash, munosib hayot kechirish va insoniyat rivoji uchun zarur asosiy resursdir. Jahonda chuchuk suvni ishlatish hajmi yildan – yilga ortib bormoqda, ayni paytda ko’p mamlakatlar aholining oziq – ovqat maxsulotlariga bo’lgan asosiy ehtiyojlarini qondirish va ekotizimlarning barqarorligini saqlash uchun zarur darajadagi suv ta’minotida qiyinchiliklar sezmoqda
Sanoat korxonalaridan oqova suvlar, tog'-kon qazuvchi tashkilotlardan suyuq chiqindilar, toksik va radioaktiv cho'kindilar, og'ir metallaming atmosferadan va suv bilan o'simliklar oziqlanadigan tuproqqa kelib qo'shilish xavfning oldini olish lozim.
Ekologik xavfni bartaraf qilish uchun Markaziy Osiyo xalqlari yagona bir dastur asosida ish olib borishi kerak. BMT ma'lumotiga ko'ra, insonning o'zi atrof muhitga juda ko'p miqdorda biologik chiqindi tashlaydi. Inson tashlaydigan chiqindi miqdori biosfera cishlagan chiqindiga qaraganda, 2000 marta ko'pdir. Inson o'z turmushi, huzur-halovati uchun har yili planetadan 10 trilion
Do'stlaringiz bilan baham: |