Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi



Download 5,64 Mb.
bet97/102
Sana10.07.2022
Hajmi5,64 Mb.
#773686
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
1a97bd919cd8d00e708e3ae1ee8d250f GIDROEKOLOGIYA

15 - MAShG’ULOT
Mavzu. Suvlarni tozalash usullari va ichimlik suv resurslarini muhofaza qilish – 2 soat.
Ko’rgazmali qurollar va jihozlar: Oqova suvlarni tozalash inshootlarining sxematik maketi, suv havzalarini muhofaza qilish to’g’risidagi qonun va nizomlar, shahar suv tozalash inshootlarining sxemalari, vodoprovod suvlarini tahlil qilish uchun laboratoriya jihozlari.
O’rganish tartibi
Sanoat va urbanizatsiya jarayonining hozirgi darajasiga suv resurslarini ifloslanishdan saqlash va uning sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning o’zi yetarli emas shu sababli iflos oqova suvlarni tozalab va zararsizlantirib, so’ngra tabiiy manbalarga oqizish kerak. Buning uchun qo’ qo’yidagi usullardan foydalaniladi.
1) Mexanik tozalash usuli. Bunda maxsus tozalash inshooti qurilib, suvda erimaydigan moddalar ushlab qolinadi. Agar suvdagi aralashmalarning hajmi 5 mm dan katta bo’lsa temir panjara yordamida, undan kichik bo’lsa temir to’rlar orqali tutib olinadi. Iflos suvlar ustida suzib yuruvchi suyuq moddalarni yog’ tutqich, moy tutqich, neft tutqich, smola tutqichlar bilan ushlab qolinadi. Shuningdek, iflos suvlar maxsus tindirgichlarda tindirilib qattiq zarrachalar cho’ktiriladi yangilari suv yuzasiga chiqarilib ushlab qolinadi.
Mexanik usul bilan maishiy xo’jalik chiqindi suvlaridagi erimay qolgan aralashmalarini 60%igacha, sanoat chiqindi suvlaridagi o’sha moddalarni 95%igacha tozalash mumkin.
2) Himyaviy tozalash usuli. Bunda iflos chiqindi suvni tozalashga unga reagentlar qo’shib, reaksiyaga kiritib, erigan va erimagan holdagi ifloslantiruvchi moddalar cho’ktiriladi yoki zararsizlantiriladi. Iflos suvlarning himyaviy tozalash usuli orqali suvdagi erimagan modallarni 95%igacha, erigan xoldagisini 25%gacha tozalash mumkin.
3) Elektrolez tozalash usuli. Bunda maxsus elektrolezlarda to’plangan iflos chiqindi suvga elektor toki yuboriladi. Natijada iflos suvdagi zararli organik moddalar yemiriladi, metallar, keslotalar va boshqa anorganik moddalar esa suvdan ajratib olinadi.
4) Bilologik tozalash usuli. Bu usul bilan chiqindi suvni tozalash tabiiy va tun’iy sharoitlarda amalga oshiriladi. Tabiiy sharoitda iflos suvni biologik tozalash alohida ajratilgan yerlarni sug’orish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda ajratilgan g’alla sug’oriladi, iflos suv tuproqdan feltirlanib, toza bo’lib chiqadi. 80 sm qalinlikdagi tuproq iflos suvni yetarli darajada tozalash imkoniyatiga ega.
Iflos suvni sun’iy sharoitda biologik tozalash uchun maxsus beofeltrli inshoot – tindirgichlar quriladi. Bunda iflos suv usti ayerop sharoitda yashovchi mikroorganizmlardan iborat biologik parda bilan qoplangan yerik materiallardan o’tkaziladi.
Biologik usul bilan tazalangan daryo, ko’l, suv omboriga va kanallarga tushirishdan oldin xlor suyuqligi bilan dezinfeksiya qilinadi. Bu usul bilan sanoat, kommunal maishiy chiqindi suvlarni 98 %gacha tozalash mumkin.
Ukraina olimlari sanoatdan chiqqan chiqindi suvlarni tozalashning yangi usulini – antrasit granulalari yordamida tozalash yo’llarini ishlab chiqdilar. Bu usulga ko’ra iflos sanoat chiqindi suvlari maxsus termik ishlovdan o’tgan va orasida mikroskopik bo’shliqlari bo’lgan antrasit granulalaridan (tariq donasidek maydalangan ko’mir) o’tkaziladi. Natijada suvdagi iflos moddalar o’sha granulalar ichidagi mikroskopik bo’shliqlarda ushlanib qolinadi va suv tozalanib chiqadi. Hozir Ukrainaning 5 ta viloyatida bu usul bilan yiliga 2,7 mln m3 suv tozalanib, 3 mln so’mdan ortiq foyda keltirmoqda.
So’nggi yillarda bir qator mamlakatlarda, maishiy-kommunal iflos chiqindi suvlarni tozalashda xlorelladan foydalanilmoqda. Xlorella o’sish davrida o’zidan bakterisit moddasini chiqarib iflos suvdagi kislotalik darajasini o’zgartiradi, oqibatda kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar qirilib, suv tozalanib boradi.

Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish