Gidroekologiya fani bo’yicha reyting nazorati grafigi
Ta’lim yo’nalishi: - 5630100 – Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
O’quv shakli: 1 - kurs kunduzgi
Umumiy o’quv soati – 144, shundan ma’ruza 30, amaliy mashg’uloti - 42, mustakil ish – 72 soat.
Ishchi o’quv dasturidagi mavzular tartib raqami (qo’shimcha topshiriq mazmuni)
|
Umumiy soat
|
Baholash turi
|
Nazorat shakli
|
Bali
|
Muddati
(hafta )
|
Ma’ruza
|
Amaliy
|
Mustaqil ish
|
Jami
Jami
|
Max.
ball
|
Sar.
Ball
|
Joriy nazorat
|
Amaliy: 1 – 17
|
|
42
|
36
|
78
|
JB
|
Kundalik nazorat,
nazorat ishi, uy ishi
|
35
|
|
mart
4 - hafta
|
Oraliq nazorat
|
Ma’ruza:1 - 15
|
30
|
|
36
|
66
|
OB
|
Yozma ish
|
35
|
|
aprel
2-hafta
|
ΣJN+ ΣON
|
70
|
39
|
|
Yakuniy nazorat
|
|
|
|
Ma’ruza:1 – 15
Amaliy: 1 – 17
|
30
|
|
36
|
66
|
YaB
|
Yozma ish
|
30
|
|
may
(jadval bo’yicha)
|
|
42
|
36
|
78
|
|
ΣJN+ΣON+YaN
|
100
|
55
|
|
«Gidroekologiya» fani bo’yicha «Ekologiya va atrof muhit muhofazasi» yo’nalishi talabalari bilimini reyting tizimi asosida baholash mezonlari
Joriy baholashlar mezoni
JN
|
Baholanadigan ish turlari
|
14
|
Darsga nazariy tayyorgarlik bilan kelish va faol ishtirok etish (2 ball), uy vazifalarini bajarish (mustaqil ta’lim) (3 ball).
|
21
|
4 ta amaliy ishining har biri uchun maksimal 7 balldan (ishni to’g’ri va muddatida bajarish (3 ball), hisobot yozish va nazorat savollariga javob topish (mustaqil ta’lim) (4 ball).
|
35
|
|
Oraliq baholashlar mezoni
ON
|
Baholanadigan ish turlari
|
28
|
Tegishli bo’lim bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasi.
|
7
|
O’quv dasturiga qo’shimcha mavzular bo’yicha konspekt yozish va o’zlashtirish (mustaqil ta’lim).
|
35
|
|
Yakuniy baholashlar mezoni
Maksimal ball
|
Baholanadigan ish turlari
|
24
|
Fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi.
|
6
|
O’quv dasturiga qo’shimcha mavzular bo’yicha bilim darajasi (mustaqil ta’lim).
|
30
|
|
Namunaviy mezonlar
Ball
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
86-100
|
A’lo
(5)
|
Xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
|
71-85
|
Yaxshi
(4)
|
Mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
|
55-70
|
Qoniqarli
(3)
|
Mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
|
0-54
|
Qoniqarsiz
(0-1-2)
|
Bilmaslik;
aniq tasavvurga ega bo’lmaslik.
|
O’QUV – USLUBIY MATERIAL
M A ‘ R U Z A - 1
Mavzu: «Gidroekologiya» fanining o’rganish obyekti, mazmuni va mohiyati, o’rganilish tarixi, maqsad va vazifalari, ahamiyati. - 2 soat.
R E J A
«Gidroekologiya» fanining o’rganilish obyektlari va vazifalari.
«Gidroekologiya» ning o’rganish tarixi, maqsadi, mohiyati va ahamiyati.
Suv obyektlari va gidroekologik hodisalar haqida.
Tayanch iboralar.
Gidrologik hodisalar, gidroekologik jarayonlar, suv obyektlari, suv rejimi xarakteristikasi, kiritmalar rejimi, muz rejimi, suv obyektining shakli va o’lchami.
1. «Gidroekologiya» fanining o’rganilish obyektlari va vazifalari.
KIRISh. Suv – bu Yer yuzasida eng ko’p tarqalgan ximiyaviy birikmadir. Tabiiy suvlar okeanlarni, dengizlarni, daryolarni, ko’llarni, suv omborlarini, botqoqliklarni, muzliklarni hosil qiladi, suv bug’i ko’rinishida atmosferaga, tuproqqa, tog’ jinslariga, litosferaga singadi. Suvsiz yer yuzida biosferaning va hayotning bo’lishi mumkin emas. Yerning geografik qobig’ini hosil qilishda ham suvning roli kattadir. U ko’pgina landshaftlarning asosiy komponentidir.
Suv faqatgina tabiiy muhit elementi emas, balki faol geologik, geografik va ekologik omil hamdir. Umummexanik va issiqlik energiyasining tashuvchisi bo’lib hisoblanadi, moddalarini joydan-joyga olib o’tadi va bu bilan ish bajaradi. O’zining harakati bilan suv geosfera va turli geografik hududlar o’rtasida moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o’ynaydi.
«Suv – bu bizning planetamiz tarixining asosi. Yer yuzida bironta modda – mineral, tog’ jinsi, tirik jism yukki, uning tarkibida suv bo’lmasa», - V.I.Vernadskiy.
Suv – senda na ta’m, na rang va na hid bor, seni ta’riflab bo’lmaydi, lekin seni nimaligingni bilmay turib, sen bilan rohatlanish mumkin. Sen shunchaki hayot uchun zarur narsa emas, balki hayotning o’zisan. Sen jahonda tengi yo’q boyliksan – Antuanu di Ekzyuperi.
«GIDROEKOLOGIYa» FANINING MAQSADI. – Yer yuzidagi barcha suv obyektlarining joylanishi, tarqalishi ularning morfologiyasi, morfometriyasini o’rganish. Suv obyektlarining sho’rligini aniqlash. Suv obyektlarining issiqlik rejimi, suv rejimi, tuz rejimini o’rganish. Daryo va ko’llarning struktura tuzilishi, ular basseyni va havzalarining maydonini kengayish va torayish sabablarini aniqlash. Bunday suv havzalariga antropogen omillarning ta’sirini o’rganish va uning oqibatlarini aniqlash. Suv havzalarida yashaydigan gidrobiontlar, ya’ni suv usimliklari va hayvonlarining biologiyasi va ekologiyasini o’rganish. Ekologik omillarning ular hayotiga ta’sirini o’rganish. Gidrobiosenoz strukturasini o’rganish. Gidrobiosenozlarda populyasiiyalararo munosabatlarni aniqlash, suv obyektlarida energiya va moddalar transformasiyasini belgilash. Dengizlar va kontinental suv havzalarining biosenozini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |