Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi


Dunyo okeanining gidroximik va gidrobiologik hususiyatlari



Download 5,64 Mb.
bet54/102
Sana10.07.2022
Hajmi5,64 Mb.
#773686
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102
Bog'liq
1a97bd919cd8d00e708e3ae1ee8d250f GIDROEKOLOGIYA

2.Dunyo okeanining gidroximik va gidrobiologik hususiyatlari.
Dune okeani massasining 96,5 foizi suvdan qolgani esa har xil erigan tuzlardan, gazlardan va mayda zarrachalardan iborat. Okean suvida erigan holda ma’lum bo’lgan hamma ximiyaviy elementlar bo’lib, ularning ko’pchiligi tuzlardir. Tuzlar ichida eng ko’pi natriy xlor (NaSl) – 78%, magniy xlor (MgCl) - 10,9%. Shuningdek Okean suvida oltin, kumush, mis, fosfor, yod kabi moddalar ham mavjud.
Okeanlardagi mineral moddalarning miqdori 5-1016 tonna o’lib, butun okean suvi massasining 3,5 foizini tashkil etadi. Okean tubida erigan holdagi minerallar ichida eng ko’pi tuzlardir. Agar bu tuzlarni Yer sharining quruqlik yuzasiga yoyilsa, 153 m., butun Yer shari yuzasiga yotqizilsa, qalinligi 45 metr tuz qatlamai vujudga kelar edi.
Okean va dengiz suvlari tarkibida har xil tuzlardan tashqari, yana erigan holda azot, karbonad angidrid, vodorod, sulfid ammiak, metan va boshqa gazlar bo’ladi. Dengiz suvida atmosferadagiga nisbatan kislorodning miqdori 35% ortiq. Bu esa dengiz hayvonlari uchun juda qulaydir.
3. Okean suvining fizik xossalari.
Okean suvi tarkibidagi gazlar har xil yo’llar bilan vujudga keladi. Agar azot atmosferadan suvga o’tgan bo’lsa, kislorod suvga ham atmosferadan o’tadi, ham suvning o’zida fotosintez natijasida vujudga keladi.
Suv tarkibida turli xil ximiyaviy elementlar zarrachalarining mavjudligi natijasida uning tiniqlik darajasi ham turlichadir. Odatda, suvning tiniqlik darajasini aniqlashda diametri 30 sm. keladigan oq rangli disk ishlatiladi. Disk yo’g’on ipga bog’lab suvga tushiriladi va ma’lum chuqurlikka tushgach, u ko’rinmay qoladi. Diskning necha metr chuqurlikda ko’rinmay qolishi suvning tiniqlik darajasi hisoblanadi. Okeanlar ichida eng tiniq suv Atlantika okeanining Sargasso dengizida kuzatilib, tinilik darajasi 66,5 metr. Chunki bu dengizda suv vertikal xarakat qilmaydi, plankton qatlami yupqa. Tinch okeanda tiniqlik darajasi 59 metr, Xind okeanida 50 metr, Shimoliy muz okeanida 23 metr, Baltika dengizida 13 metr, Oq dengizda 13 metr, Azov dengizida 3 metr.
Dengiz va okean suvlari nurni yutishi va tarqatishi natijasida rangi zangori va havo rang bo’ladi. Lekin plankton va noarganik moddalarning suvda bo’lishi uning rangini o’zgartirib, biroz sarg’ish tusga kiritadi. Dengiz suvining rangi, shuningdek, unga kelib qo’shiladigan daryolarga ham bog’liq. Masalan: Xuanxe daryosi Xitoyning lyossli yerlaridan oqib turadi va juda ko’p loyqani Sariq dengizga olib kelib qo’yadi. Natijada dengizning rangi sarg’ish tusga kiradi.
Okean va dengizlarning issiqlik rejimi: Okeanlar issiqlikni quyoshdan oladi. Suvning maydoni quruqlik maydonidan 2,5 marta katta bo’lganligi sababli Yer sharining quyoshdan oladigan energiyasining 2/3 qismidan ortiqrog’i Dunyo okeaniga tushadi.
Dune okeanida to’plangan issiqlikning bir qismi bug’lanishga, bir qismi suv ustidagi havoni isitishga, bir qismi suv yuzasining o’zini ilitishga sarflanadi.
Aysberg – materik muzlaridan (Antarktida, Grenlandiya, Shpisbergen va h.k.) uzilib tushgan muz bo’laklaridir. Ba’zi aysberglarning balandligi suv yuzasidan 80-90 metr, suv ostida qalinligi 500 metr, uzunligi 200-300 km.dan 560 km.gacha hajmi esa 500-700 km3 ga yetishi mumkin. Antarktida muzining qalinligi ayrim joylarda 4 km.ga yetadi. Undun har yili 1180 km3 hajmdagi muz uzilib tushib, dengiz suvida oqib ketadi. Lekin bu chiqimni yomg’irlar (yog’inlar) yana qoplab turadi. Hozirgi vaqtda aysberglarni katta paroxodlarda qurg’oqchil qirg’oqqa tortib keltirilib, chuchuk suv olish mo’ljallanmoqda.
Okean suvlari turli xil omillar (shamol, dengiz suvining bir xil emasligi, zilzila va vulqonlar otilishi, oyning tortish kuchi va x.k.) ta’sirida doimo xarakat qilib turadi. To’lqinlar, suvning ko’tarilishi va qaytishi dengiz oqimlari ayniqsa xarakterlidir.
Okeanlarda yer qimirlaganda va vulqon otilganda suvning ustki yuzasidagina emas, balki hamma qismida (tagidan tepasigacha) to’lqin vujudga keladi. Suv osti zilzilasi natijasida vujudga keladigan to’lqinlar sunami deb aytiladi.
Sunami to’lqinlarining balandligi 20-30 metr, uzunligi esa 10 km.ga yetadi, tezligi soatiga 800 km.ga boradi. So’nggi ming yil ichida 357 ta sunami qayd qilingan bo’lib, ularning ko’plari katta falokatlar keltirgan. Sunami ko’proq Tinch okean qirg’oqlariga yaqin yerlarda sodir bo’ladi. Faqat Yaponiyada sodir bo’lgan balandligi 10 metrga yetgan sunami 50000 uyni suv tagida qoldirgan.
Vulqonlarning otilishi natijasida ham kuchli to’lqinlar bo’ladi. 1883 yilgi Krakatau vulqonining otilishi tufayli vujudga kelgan to’lqinning balandligi 35 m, uzunligi 524 km, tezligi sekundiga 189 metrga yetib, 36 ming kishining yostig’ini quritgan.
Okean va dengiz suvlari xarakatining yana bir turi suvning ko’tarilib va qayta tushishidir. Bir sutkada dengiz suvlari ikki marta ko’tarilib, ikki marta pasayadi. Okean va dengiz suvlarining ko’tarilishi va qaytishi sababini I.Nyuton butun olamning tortilish qonuni bilan izohlab bergan.
Quyosh va oyning suv massasini tortishi natijasida suvning ko’tarilish xodisasi xosil bo’ladi.

Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish