MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR.
O’rta Osiyodagi eng katta muzliklar qayerda joylashgan.
Muzliklardagi havo haroratining quruqlikdagi havo harorati bilan mutanosibligi qanday boradi?
Muzliklar qanday ahamiyatga ega?
M A ‘ R U Z A – 12.
Mavzu: Dunyo okeani va dengizlarining ekologik omillari va ularning organizmlari
R E J A.
Okean va dengiz suvlari
Dunyo okeanining gidroximik va gidrobiologik hususiyatlari.
Okean suvining fizik xossalari.
TAYANCh IBORALAR.
Tashqi dengizlar, ichki dengizlar, o’rta dengizlar. Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy muz okeanlari.
1.Okean va dengiz suvlari
Okean suvi quruqlik ichiga biroq yorib kirib, undan orollar orqali ajralib tursa, tashqi dengizlar deyiladi. Barens, Yapon, Oxota, Bering dengizlari tashqi dengizlardir. Nihoyat, materik o’rtasida joylashgan dengizlar esa o’rta dengizlar deb yuritiladi. O’rta dengiz, Karib dengizi, Qizil dengizlar o’rta dengizlardir.
Dune okeanining eng katta qismini Tinch okeani ishg’ol qiladi. U Amerika, Osiyo, Avstraliya hamda Antarktida orasida joylashib, maydoni 179,7 mln.kv.km. Bu esa butun yer yuzasi territoriyasining 30%i, Dunyo okeanining 50%i.ga teng. Shu sababli ba’zan Tinch okeani Ulug’ okean deb ham yuritiladi. Tinch okeanining suv hajmi 724 mln.km3, o’rtacha chuqurligi esa 4028 m. Ba’zi yerlarida suvning chuqurligi 7-11 km.ga yetadi. Aleut botig’i 7822 m, Kuril-Kamchatka botig’i 9717 metr, Fillipin botig’i 10497 m., Marianna botig’i 11022 va hokazo. Marianna botig’i Tinch okeanidagina emas, balki dunyo okeanida ham eng chuqur joy hisoblanadi.
Atlantika okeani kattaligi va chuqurligi jihatdan Tinch okeanidan so’ng ikkinchi o’rinni egallaydi. U Amerika qit’asi bilan Yevropa va Afrika materigi orasida «S» harfi shaklida joylashgan. Uning maydoni 93,3 mln.kv.km., suv hajmi 350 mln.km3. Okeanning o’rtacha chuqurligi 3332 metr, eng chuqur yeri Braunsen (Puerto Riko oroli yaqinida) botig’i 9428 metr.
Xind okeani. Osiyo, Afrika va Avstraliya materiklari orasida joylashgan. Maydoni 75 mln.km3 bo’lib, Dune okeani suv zapasining 4,4%i shu okeanda. Chuqurligi va kattaligi jihatidan 3-chi o’rinda bo’lib, eng chuqur yeri Yava oroli yaqinida 7450 m.ga yetadi.
Maydoni jihatidan eng kichik va eng sayyoz Shimoliy muz okeanidir. Uning maydoni 13,1 mln.km3 bo’lib, Dune okeani suv zapasining 1%i shu okeanda. Bu okean ancha sovuq yerda joylashganligi sababli suvi uncha sho’r emas, yilning uzoq vaqti muz bilan qoplanib yotadi. Shimoliy muz okeani nisbatan sayyoz bo’lib, eng chuqur yeri 5449 m.ga yetadi. Okeanlar orasidagi chegara shartli ravishda qo’yilgan bo’lib, quruqliklar bilan bir-biriga yaqin bo’lgan joylarda o’tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |