Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi



Download 5,64 Mb.
bet29/102
Sana10.07.2022
Hajmi5,64 Mb.
#773686
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102
Bog'liq
1a97bd919cd8d00e708e3ae1ee8d250f GIDROEKOLOGIYA

2. KO’LLARNING TURLARI.
Suv almashinishiga ko’ra ko’llar quyiladigan va quyilmaydigan ko’llarga bo’linadi. Quyiladigan ko’llar unga daryolardan kelib, tushadigan suvni yoki uning bir qismini quyi oqim bo’ylab dengizga qo’yadi (Baykal, Onej, Ladoga). Quyiladigan ko’llarga oqar ko’llar deyiladi. (Chud, Zaysan, Srayez).
Quyilmaydigan ko’llar suvni daryolardan oladi va uni faqat bug’lantirishga va sun’iy suv omborlariga sarflaydi (Kaspiy, Orol, Balxash, Issiqko’l, Chad).
3. KO’LLARNING MORFOLOGIYa VA MORFOMETRIYaSI.
Ko’llarning asosiy morfologik elementlari:
1. Havzasi – ya’ni yer yuzasining turli yo’llar bilan tabiiy ravishda pasayishi.
2. Kosasi, ya’ni suv sathi – ko’lning suv bilan to’lgan qismi.
Ko’l havzasining muhim elementi qirg’oq qismi bo’lib hisoblanadi. Ko’lning qirg’og’iga uning litoral qismi deyiladi. So’ng suv ostidagi qiyalik qismi boshlanadi, bunga sublitoral deyiladi. Ko’lning chuqur qismiga pelagial deyiladi. Ko’lning tubiga profundal deyiladi. Ko’lning asosiy morfometrik elementlari quyidagilardan iborat.
1. Ko’lning maydoni – suv yuzasining maydoni yoki ko’zgusi.
2. Ko’ldagi suvning hajmi.
3. Qirg’og’ining uzunligi.
4. Ko’lning uzunligi – suv sathi bo’ylab ko’lning eng uzun nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq.
5. Ko’lning eni – ko’lning uzunligiga perpendikulyar bo’lgan qirg’oqning har qanday 2 nuqtasini tutashtiruvchi chiziq..
6. Ko’lning maksimal enliligi.
7. Ko’lning o’rtacha enligi.
Materiklardan okeanlarga oqib kelayotgan suvning bir qismi ma’lum vaqt mobaynida relyefning chuqur qismlarida to’planib, ko’llarni hosil qiladi.
Ko’l deb quruqlikning atrofi berk soyliklarida joylashgan oqimsiz yoki oqimi sust, okean bilan o’zaro bog’lanmagan, o’ziga xos ekologik sharoit va organizmlarga ega bo’lgan suv havzalariga aytiladi. Ko’llarning daryolardan farqi shuki – ular suv almashinuvi sust bo’ladigan havzalardir. Ko’llarning barcha rejimi; suvning gorizontal va vertikal bo’yicha haroratining o’zgarishi hamda ximiyaviy har xilligi, tagida qattiq jinslar va tuzlarning yotqizilishi, biosenozlar xarakteri, nihoyat suv havzalarining rivojlanishi va qurib ketishi, ulardagi suvning sust alamashinuvi bilan bog’liq. Biroq ko’llarni daryolarga shunchaki qarama-qarshi qilib quyish to’g’ri emas. Ko’pgina daryolarning ko’lsimon kengaygan joylari bo’ladi yoki ular suv birmuncha tez almashinadigan uzun va ensiz oqar ko’llarni ham o’z ichiga oladi. Qurg’oqchilik iqlimli joylarda ko’llar yozda ko’pincha bir-biridan ajralgan bir qancha ko’llarga bo’linib ketadi.
Har bir ko’l bir-biri bilan bog’liq uch tarkibiy qismdan iborat:

  1. Suv to’ldirilgan chuqurlik

  2. Suv massasi (u suvning o’zidangina emas, unda erigan moddalardan ham iborat).

  3. Suv havzasining o’simlik va hayvonot olamidan tashkil topgan.

Bundan ko’rinib turibdiki, tektonik ko’l, muzlik ko’l va shu kabi iboralar unchalik aniq emas, chunki ko’llarning hamma qismi emas balki havzasi (kotlovinasi) yer yuzasining chuqurlashgan qismi tektonik yo’l bilan yoki muzlik ishi natijasida paydo bo’lishi mumkin.
Ko’llarning suvi – ko’llarning suvi asosan atmosfera suvi bo’lib, a) ko’l yuzasiga tushadigan yog’inlar, b) atmosferadagi namning suv yuzasida kondensasiyalanishi, v) ko’lga kelib quyiluvchi daryo va jilg’alar suvi va g) grunt suvi tarzida ko’lga kelib to’planadi. Ko’l suvi bug’lanishga, daryo oqimiga va gruntga shimilishga sarf bo’ladi.
Ba’zan ko’llardagi hozirgi suv massasi yaqin geologik o’tmishda shu kotlovinani egallagan dengiz suvining ko’l suviga almashinishidan hosil bo’lgan.
Muzliklar bosgan zamonda hozirgi Baltika dengizi va Oq dengiz, Ladoga, Onej ko’llari va Shvesiyadagi ko’llar o’rnida Geoldiya dengizi bo’lgan. Geoldiya dengizi chekingach, avval shu dengiz suvi, so’ngra esa chuchuk suvli ko’llar vujudga kelgan. Bu vaqtda Kaspiy dengizi Kuna-Manich botig’idagi bug’oz orqali Qora dengiz bilan tutashib turgan, ya’ni dengiz havzasidan iborat bo’lgan. Bunday ko’llar relekt yoki qoldiq ko’llar deb ataladi. Ularda dengiz hayvonlari (chunonchi, tyulen) yashaydi va ular ko’l sharoitiga moslashadi.
KO’L PAYDO BO’LIShIDAGI TABIIY-GEOGRAFIK ShAROITLAR.
Ko’llar Yer shari tabiati bilan birgalikda rivojlanadi va o’z navbatida, Yer shari tabiatining rivojlanishida faol ishtirok etadi. Territoriyada ko’llarning ko’p bo’lishida namlanish relyefi eng katta ahamiyatga ega. Territoriya qancha sernam bo’lsa, relyefi bir xil bo’lishiga qaramay ko’llar shuncha ko’p bo’ladi. Biroq oqim miqdori ham, binobarin relyefning parchalanganlik darajasi ham namlanishga bog’liq oqim katta bo’lsa eroziya kuchayadi va territoriyadagi mayda ko’llarning soni kamayadi.
Joyning erozion parchalanganligi odatda shu o’lkaning yoshiga qarab orta boradi. Shu sababli namlanish bir xil bo’lgan va relyefi qadimiy territoriyalarda yosh erozion relyefli o’lkalardagiga qaraganda ko’llar kamroq bo’ladi. Masalan: muzlik qoplamidan nisbatan kech holi bo’lgan Yevropaning shimoli-g’arbida va Amerikaning shimoli-sharqida daryo vodiylari normal profil hosil qilib ulgurmagan, kotlovinalar yaxshi o’yilmagan va ular ko’llarga aylangan.
Namlanish yetishmaydigan joylarda eroziya jarayoni sust boradi, arid (qo’rg’oqchil) territoriyalarning eroziya bazasi bitta bo’lmaydi, kotlovinalar atrofi berk bo’lib, ularda boshqa iqlimiy rayonlardan oqib keluvchi daryo suvlari to’planadi. O’rta Osiyo va Qozog’iston, Kichik Osiyo, Eron, Tibet, Toklamakon, Meksika tog’ligi va Avstraliyadagi ko’llar shunday yo’l bilan paydo bo’lgan.
Binobarin iqlim va relyefning ko’l hosil qilishdagi o’zaro ta’siri qarama-qarshidir. Bu hol tabiiy hodisalar kompleksining territoriyada ko’llar oz-ko’pligini belgilovchi bir qismidir.
Relyefning qay daraja parchalanganligi o’lkaning yoshigagina emas, balki shu joydagi tog’ jinslari xarakteriga, shuningdek joyning dengiz sathidan balandligiga ham bog’liq. Shuning uchun joyning metodologiyasi ham, dengiz sathidan balandligi ham ko’llar hosil bo’lishiga bilvosita ta’sir etadi. Namlanish va oqim - relyef parchalanishi va ko’l hosil bo’lishining hozirgi omillari zonal va reGidronal hususiyatga ega. O’tmishdagi va hozirgi geologik va geomorfologik jarayonlarni aks ettiruvchi relyef ham zonal-reGidronaldir.
Bu har ikki omil hosilasi bo’lgan ko’llarning paydo bo’lishi ham zonal-reGidronal hususiyatga ega. Ushbu qonuniyat ko’llarning sonidagina emas, rejimida ham seziladi.
Ko’llar rejimi:
Ko’ldagi suvning kelimi va ketimi, ko’l sathining tebranishi, suv massasining tarkibidagi o’zgarishlar, ko’l oqimi va suvning boshqa xil harakatlari hammasi birgalikda ko’l rejimini belgilaydi.

Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish