Aholisi. Ikkala german davlatining birlashuvidan keyin mamlakat aholisi soni ancha o'sdi ya'ni 80 mln kishiga yetdi. Mamlakat aholisi tabiiy ko'payishda o'limning tug'ilishga nisbatan yuqoriligi bilan xarakterlanadi. (Ayniqsa sharqiy yerlarda) Aholining o'rtacha zichligi har 1 km2 ga 200 kishidan ortadi. Bugungi kunda tabiiy o‘sish koeffitsiyenti –0,2%, tug‘ilish koeffitsiyenti 8/1000 va o‘lim koeffitsiyenti 10/1000 bo‘lib, millatning qarshi tendensiyasi xosdir. O‘rtacha umr ko‘rish 79 yosh va ayollarda 82 yosh). Aholining o‘rtacha zichligi bir km2 ga 230 kishidan to‘g‘ri keladi.
XX asr 60-yillardan boshlab Germaniyadan iqtisodiy yuksalish natijasida ishchi kuchiga ehtiyoj kuchaydi va mamlakatga chet el ishchilari-“gastrabayterlar” taklif qilinishi oqibatida aholi soni tez o‘sdi. Germaniyadagi yuqori ish haqi, shinam va qulay hayot mehnat sharoiti tufayli Italiya, Sobiq Yugoslaviya Respublikalari, Gretsiya, Turkiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan, 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida esa sobiq SSSRdan (Ukraina, Rossiya, Boltiqbo‘yi davlatlari va boshqa), Polsha, Ruminiyadan immigrantlar ko‘plab kela boshladi va ularning soni 7 mln, kishidan ortib, mamlakat aholisining 8% dar ortig‘ini tashkil qiladi.
Germaniyada davlat tili-nemis tili hisoblanadi. Mamlakatning asosiy dini-xristian dini hisoblanadi. Mamlakatda taxminan 58 mln kishi e'tiqod qiluvchilardan 30 mln kishi protestantlar, qolgan 28 mlni kishi katoliklar sanaladi. Bundan tashqari mamlakatda islom diniga e'tiqod qiluvchilar ham bor.
Germaniya aholisining umumiy soni immigrant oqimlar hisobiga o'smoqda. (Turkiyadan, sobiq Yugoslaviya respublika laridan, Italiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan). Mamlakatning birlashuviga qadar uning g'arbiy yerlarida 5 mln atrofida, sharqiy qismida esa-0,2 mln chet ellik immigrantlar bo'lgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 7 mln kishiga yetadi.
Mamlakat aholisining 87 foizi shaharlarda yashaydi. Ko'pgina shaharlar aglomerasiyalar yadrosini hosil qilgan, 500 mingdan ortiq yashaydigan shaharlar: Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, Essen, Dyusseldorf, Frankfurt, Dortmund, Shtutgart, Gannover, Bremen, Duysburg, Lepsig, shuningdek, Drezden, Nyurenberg, Vuppertal, Kil va boshqa. Yirik, ko‘p yadroli shahar aglomeratsiyalari: Berlin (3,5 mlndan ortiq), Reyn-Rur, Reyn-Mayn, Shtutgart, Galle-Leypsig, Drezden shaharlari asosan Reyn daryosi va dengiz bo‘yicha joylashgan. Shaharlar qadimiy bo‘lib, miloddan oldin Rim kolonizatsiyasi davrida va o‘rta asrlarda dastlabki universitet shaharlari (Xaydelberg, Frayburg, keyinroq Morburg, Myunstr) shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |