Geografiya o‘qitish metodikasi



Download 61,5 Kb.
bet4/4
Sana24.04.2023
Hajmi61,5 Kb.
#931396
1   2   3   4
Bog'liq
GEOGRAFIYA O‘QITISH METODIKASI” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

Al - Beruniylarning geografiya sohasidagi tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
Geografiya fanini maktablarda o`qitish G`arbiy Yevropada XVII asrning ikkinchi yarmida boshlangan. Rossiyada esa XVIII asrning boshidan geografiya mustaqil fan sifatida o`qitilgan.
Pyotr I Rossiyada iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirishi ta’limda aloqalarni kuchayishi munosabati bilan geografiyaga ehtiyoj kuchaydi. 1710 yilda noma’lum Yevropalik tomonidan “Geografiya yoki yerning qisqacha ta’rifi” darsligi nashr ettirildi.
1719 yilda Rossiyalik olim Iogann Gyubner tomonidan “Yerning umumiy ta’rifi” darsligi yaratildi. Bu darsliklarning bir qator kamchiliklari mavjud edi. Ular murakkab tuzilgan bo`lib, o`quvchilar yoshiga mos emasligi, ko`proq matematik geografiyaga doir ma’lumotlar bilan boyitilgani uchun ularni o`zlashtirish qiyin kechar edi.
XVIII asrning birinchi yarmida Kaspiy dengizining qirg`oqlarini, Shimoliy Muz okeanidagi orollarni, Kamchatkani va Kuril orollarini o`rganish yuzasidan katta ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Maktablarda mashhur geograf olim V.N.Tatishev tomonidan yaratilgan “Rossiya geografiyasidan ocherklar” kitobi birinchi darslik sifatida foydalanildi.
M.V. Lomonosov geografiya fanini rivojlantirishga katta hissa qo`shdi. Jumladan, uning rahbarligida Rossiyaning birinchi atlasi va mamlakatning ikkita kartasi nashr etildi. Maktablarda geografiya darsliklari aniq va to`liq ma’lumotlar bilan to`ldirildi. 1786 yilda Rossiyada xalq maktablarining ustavi qabul qilindi. Unga ko`ra ikki tipdagi maktablar:
1. Kichik maktablar (ikki yillik)
2. Asosiy maktablar (to`rt yillik) tashkil etildi. Asosiy maktablarda so`nggi ikki yil davomida uch nomdagi geografiya kurslari o`qitilar edi. Dastlab, o`quvchilarga Yevropaning umumiy geografiyasi, keyin Rossiya geografiyasi, oxirida umumiy geografiya o`qitilib, bunda dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib, so’ngra dunyodagi alohida mamlakatlarga ta’rif berilar edi. Yuqori sinflarda Rossiya geografiyasi va geografik statistika fanlari o`qitilar edi. XIX asr boshida Rossiyadagi barcha o’quv muassasalarida geografiya fanini o`qitishga e’tibor kuchaytirildi.
Gimnaziya maktablarini uchinchi sinfida haftasiga 14 soat geografiya o`qitilar edi. Bundan dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib so`ngra dunyodagi alohida mamlakatlarda ta’rif berilardi. Yuqori sinflarda Rossiya geografiyasi va geografik statistika fanlari o’qitilar edi. E. F. Zablovskiy, K.A.Arsenev tomonidan yaratilgan darsliklar qo`llanilar edi. K.D.Ushiniskiy geografiya ta’limini rivojlantirish yuzasidan bir qator ilg`or g`oyalarni o`rtaga tashladi. U darsliklarni rasmlar bilan boyitish, oddiydan murakkabga qarab ma’lumotlarni joylashtirishni ta’kidlab, ko’rsatib berdi. K.D.Usheniskiy bergan takliflar rus olimi D.D.Semyonov tomonidan hisobga olinib 1860-1867 yillar davomida uch qismdan iborat “Geografiya darslari” nomli kitob yaratildi. Unda o`lka geografiyasini o`rganishga, darslarni ko`rgazmali materiallar bilan boyitishga, o`quvchilarni mustaqil tarzda kartalar chizishga, har bir geografiya darsini ma’lum tizim asosida oddiydan murakkabga qarab o`rganishga e’tibor kuchaytirildi. D.D.Semyonov tomonidan yaratilgan darsliklar 15 martagacha qayta nashr qilinib, XIX asrning oxirigacha maktablarda o’qitildi. O`sha davrda K.Smirnov va D.Linberg tomonidan yaratilgan darsliklar ham maktablarda o’qtilar edi. Bu darsliklarning kamchiligi shunda ediki, ular murakkab tilda yozilib, rasm va chizmalari yo’q edi. Bu darsliklarda geografik nomlarga e’tibor kuchaytirilgan bo’lsada, ammo har bir matndan keyin savol va topshiriqlar yo`q edi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida geografiyaga oid ilg`or pedagogik g`oyalar aks ettirilgan G. I. Ivanov, A. A Kruber, A. S. Barkov, S. G. Grigorev muallifligida yangi darsliklar yaratildi. Darsliklarda geografik nomenklatura qisqartirildi, rasmlar bilan boyitildi, qo`shimcha ma’lumotlar, qiziqarli faktlar kichikroq shriftlar bilan darslikka kiritildi.
Maktab geografiyasini takomillashtirishda nashr qilingan bir qator yangi metodik qo`llanmalar alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Jumladan N. Rayevskiy, S. Mecha, E. YU. Petri, S. P.Arjanova, A.P.Nechayev, B. P. Budanov tomonidan yaratilgan metodik qo`llanmalarda o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish, geografiyaga doir rasmlar bilan ishlash, savol va topshiriqlarni oddiylashtirish va boshqa yo`nalishlarda ilmiy metodik g’oyalar yaratildi.
1914 yilda maktabning yangi o`quv rejasi qabul qilindi. Unda geografiya faqat quyi sinflarda emas, balki yuqori sinflarda ham o`qitilishi ko`rsatib qo`yildi. 1915 yilda Moskva shahrida butun Rossiya geografiya o`qituvchilarining I syezdi o`tkazildi. Syezd ishtirokchilari o`z chiqishlarida geografiya fanini yana chuqurroq o`rganish yuzasidan o`z takliflarini berishdi. 1921 yilda taniqli geograf olim D.N. Anuchin rahbarligida geografiyadan umumdavlat o`quv dasturining loyihasi ishlab chiqildi. Unda ikkita asosiy masala ko`zda tutilgan edi. Geografiya o`qitish metodikasi fani sohasida ko’p yillik tadqiqot o’tkazgan yirik mutaxassis olimlar A.V. Darinskiy, I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova, A.E. Bibiklarning xizmatlarini ta’kidlab ko’rsatish lozim.
Geografiya o`qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni hal qiladi:

  • Maktabda o`qitiladigan geografiya kurslarining mazmunini belgilaydi;

  • Maktab geografiyasiga qo`yilgan davlat talablari mazmunini o`rganadi;

  • Geografiya darslarining tiplari, ularni tashkil etish bosqichlarini o`rganadi;

  • Geografiya ta’limida qo`llaniladigan o’qitish metodlari va usullarini o’rganadi;

  • Geografiya ta’limida qo`llaniladigan o`quv vositalarining tarkibi va amalda qo`llash yo`llarini o`rganadi;

  • Maktab geografiya xonasi, geografiya maydonchasi va o`lkashunoslik muzeylarini jihozlash tartibini o`rganadi;

  • Geografiyadan sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunini o`rganadi.

Geografiya o`qitish metodikasi fani oldida hal qilishi lozim bo`lgan quyidagi ta’limiy muammolar mavjud:

  1. Geografiya ta’limini o’lkashunoslik tamoyili asosida o`rganish va amalda qo`llash yuzasidan bajariladigan istiqbolli rejalarni tadqiq qilish.

  2. Geografiya darslarini yangi pedagogik texnologiya asosida samarali tashkil etish yo`llarini belgilovchi yo’nalishlarni o`rganish.

  3. Davlat ta’lim standartlari asosida o`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarini sifat darajasini o`rganib undagi bo`shliqlarni mazmunan to`ldirish yo`llarini belgilash.

  4. Geografiyaga oid darslik, dastur, karta va boshqa o`quv vositalarining yangi avlodini ishlab chiqish yuzasidan tavsiyalarni berish.

  5. Geografiyaga doir sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni ilmiy jihatdan to`g`ri tashkil etishning nazariy - pedagogik asoslarini ishlab chiqish.

Geografiya o`qitish metodikasi fani uzoq shakllanish tarixiga ega. Chunki bu fan bevosita geografik bilimlarning shakllanishi bilan bog’liq. Geografik bilimlar ibtidoiy jamoa tuzumidan shakllandi va rivojlandi. Tosh davrida ham ibtidoiy odamlar o’zlari yashab turgan uylari atrofini o`rganishi zarur bo’lgan. Chunki ular yashashi uchun oziq - ovqat va boshqa moddiy boyliklarni faqat atrof - muhitdan yig`ib olishgan. Geografiyani juda qadim zamonlarda kundalik xalq ehtiyojlari oqibatida paydo bo`lgan desak xato qilmaymiz.

1. O`quvchilarning geografiyani mustaqil o`rganishga qiziqishlarini oshirish.


2. O`quvchilarning o`z o`lkasi geografiyasini chuqur o`rganishiga e’tiborini kuchaytirish ta’kidlanadi.
1924 - 1927 yillar davomida maktab ta’limida DOK tomonidan yaratilgan maxsus dastur asos qilib olindi. Uning maqsadi maktab ta’limini mehnat bilan bog`lashga qaratilgan tizimni vujudga keltirishdan iborat edi. Maktabda alohida fanlar o`rniga “Tabiat, mehnat, jamiyat” deb nomlanuvchi yo`nalishlar tuzildi. Bunday ta’lim o`quvchilarni chuqur georafik bilimlar bilan qurollantirishga jiddiy zarar yetkazdi. 1927 yildan boshlab geografiya fani ya’na mustaqil fan sifatida maktablarda o`z o`rniga tiklandi. Maktab geografiya ta’limini takomillashtirishda 1932 yil 25 avgustda BKP ning o`quv dasturlari haqidagi qarorida maktab geografiya ta’limiga quyidagi o`zgarishlar kiritildi:
1. Geografiya darslarida karta asosiy bilim manbai ekanligini hisobga olib, maktab uchun geografik kartalar, atlaslar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
2. O`z Respublikasi, oblasti geografiyasini o`rganishga e’tibor kuchaytirildi.
3. Kapitalistik mamlakatlar geografiyasini o`rganishga ruhsat berildi.
4. O`quvchilar bilimini baholashning 5 ballik tizimiga o`tildi.
1934 yil 15 may “O`rta va boshlang`ich maktablarda geografiya fanini o`qitish haqida” hukumatning mahsus qarori qabul qilindi. Unga ko`ra maktab geografiya ta’limida quyidagi o’zgarishlar kiritildi:
1. Oliy o`quv yurtlarida geografiya o`qituvchilari tayyorlash maqsadida alohida fakultet va kurslar tashkil etildi.
2. O’z vatani geografiyasini o’rganish uchun o’quv soatlari 2 marotabaga oshirildi.
3. “Geografiya v shkole” ilmiy-metodik jurnalini nashr ettirish yuzasidan aniq tadbirlar belgilandi.
4. Maktablar uchun yangi darsliklar, geografik atlas, karta va yozuvsiz kartalar ishlab chiqish yo`lga qo`yildi.
5. Geografiya darslarining mazmunini to`ldirish maqsadida amaliy ishlarga yo`l berildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. Qurbоnniyozоv R. “O’zbеkistоn gеоgrаfiyasi” qiziqаrli sаvоl vа tоpshiriqlаr. Tоshkеnt. O’qituvchi, 1997 y.


2. Qurbоnniyozоv R. Eshchоnоv G. “Gеоgаfik mаdаniyatni shаkllаntirish” Urgаnch, 1998 y
3. Qurbоnniyozоv R. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” Urgаnch. 2001
4. Bаrоtаliеv U. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” (mа’ruzа mаtni). Tеrmiz, 2003 y
5. Vаhоbоv H., Zаynutdinоv А. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi”. Tоshkеnt. 2000 y
6. Gеоgrаfiya dаrsliklаri. Tоshkеnt. O’qituvchi. 2005 – 2006 y
Download 61,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish