Geografiya o'qitish metodikasi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari Reja: 1



Download 53,5 Kb.
bet5/5
Sana11.03.2023
Hajmi53,5 Kb.
#918048
1   2   3   4   5
Bog'liq
Geografiya o\'qitish metodikasi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari

Al - Beruniylarning geografiya sohasidagi tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
Geografiya fanini maktablarda o`qitish G`arbiy Yevropada XVII asrning ikkinchi yarmida boshlangan. Rossiyada esa XVIII asrning boshidan geografiya mustaqil fan sifatida o`qitilgan.
Pyotr I Rossiyada iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirishi ta’limda aloqalarni kuchayishi munosabati bilan geografiyaga ehtiyoj kuchaydi. 1710 yilda noma’lum Yevropalik tomonidan “Geografiya yoki yerning qisqacha ta’rifi” darsligi nashr ettirildi.
1719 yilda Rossiyalik olim Iogann Gyubner tomonidan “Yerning umumiy ta’rifi” darsligi yaratildi. Bu darsliklarning bir qator kamchiliklari mavjud edi. Ular murakkab tuzilgan bo`lib, o`quvchilar yoshiga mos emasligi, ko`proq matematik geografiyaga doir ma’lumotlar bilan boyitilgani uchun ularni o`zlashtirish qiyin kechar edi.
XVIII asrning birinchi yarmida Kaspiy dengizining qirg`oqlarini, Shimoliy Muz okeanidagi orollarni, Kamchatkani va Kuril orollarini o`rganish yuzasidan katta ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Maktablarda mashhur geograf olim V.N.Tatishev tomonidan yaratilgan “Rossiya geografiyasidan ocherklar” kitobi birinchi darslik sifatida foydalanildi.
M.V. Lomonosov geografiya fanini rivojlantirishga katta hissa qo`shdi. Jumladan, uning rahbarligida Rossiyaning birinchi atlasi va mamlakatning ikkita kartasi nashr etildi. Maktablarda geografiya darsliklari aniq va to`liq ma’lumotlar bilan to`ldirildi. 1786 yilda Rossiyada xalq maktablarining ustavi qabul qilindi. Unga ko`ra ikki tipdagi maktablar:
1. Kichik maktablar (ikki yillik)
2. Asosiy maktablar (to`rt yillik) tashkil etildi. Asosiy maktablarda so`nggi ikki yil davomida uch nomdagi geografiya kurslari o`qitilar edi. Dastlab, o`quvchilarga Yevropaning umumiy geografiyasi, keyin Rossiya geografiyasi, oxirida umumiy geografiya o`qitilib, bunda dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib, so’ngra dunyodagi alohida mamlakatlarga ta’rif berilar edi. Yuqori sinflarda Rossiya geografiyasi va geografik statistika fanlari o`qitilar edi. XIX asr boshida Rossiyadagi barcha o’quv muassasalarida geografiya fanini o`qitishga e’tibor kuchaytirildi.

1. Geografiya darslarida karta asosiy bilim manbai ekanligini hisobga olib, maktab uchun geografik kartalar, atlaslar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.


2. O`z Respublikasi, oblasti geografiyasini o`rganishga e’tibor kuchaytirildi.
3. Kapitalistik mamlakatlar geografiyasini o`rganishga ruhsat berildi.
4. O`quvchilar bilimini baholashning 5 ballik tizimiga o`tildi.
1934 yil 15 may “O`rta va boshlang`ich maktablarda geografiya fanini o`qitish haqida” hukumatning mahsus qarori qabul qilindi. Unga ko`ra maktab geografiya ta’limida quyidagi o’zgarishlar kiritildi:
1. Oliy o`quv yurtlarida geografiya o`qituvchilari tayyorlash maqsadida alohida fakultet va kurslar tashkil etildi.
2. O’z vatani geografiyasini o’rganish uchun o’quv soatlari 2 marotabaga oshirildi.
3. “Geografiya v shkole” ilmiy-metodik jurnalini nashr ettirish yuzasidan aniq tadbirlar belgilandi.
4. Maktablar uchun yangi darsliklar, geografik atlas, karta va yozuvsiz kartalar ishlab chiqish yo`lga qo`yildi.
5. Geografiya darslarining mazmunini to`ldirish maqsadida amaliy ishlarga yo`l berildi.
1958 yil 24 dekabrda “Maktab haqida qonun” qabul qilindi. U ko`p fanlar qatori geografiya faniga ham o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatdi. O`z o`lkasini o’rganish uchun maktab dasturida alohida o’quv soatlari kiritildi va oblastlar, o`lkalar, tumanlar kartalarini nashr qilishga ruxsat berildi. 1966 yildan mustaqillik yillarigacha sobiq sho`rolar hukumati tomonidan maktab geografiya o`quv dasturini mazmunan o`zgartirilgan 6 ta dasturi ishlab chiqildi va shu asosida maktabda V - X larda geografiya fanini o`qitish yuzasidan ishlar amalga oshirildi. 1986 yilda qabul qilingan geografiya dasturi quyidagi jihatlari bilan oldingi dasturlardan farq qilar edi:
1. Dasturda tayanch geografik tushunchalar alohida ajratib ko`rsatildi.
2. Geografiyadan amaliy ishlarning ikki turi ya’ni (A) mashq uchun bajariladigan amaliy ishlar, (B) yakuniy amaliy ishlar.
3. O`quvchilarning amaliy ko`nikmalarini aniqlashga doir talablar o`quv dasturiga kiritildi.
4. O`quvchilarning bilimiga nisbatan har bir kurs uchun alohida talablar qo`yildi.
5. O`quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini odilona baholash maqsadida 5 ballik baholash normasi o`quv dasturiga kiritildi.
Download 53,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish