Buning natijasida respublikada yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari asosan kichik biznes va
28
-rasm. O‘zbekistonda 2010 yilda yaratilgan ish o‘rinlari tarkibi
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu afzalliklaridan samarali
foydalanilmokda hamda 2010 yilda iqtisodiyotning bu sektorida 476 mingtadan ko‘prok yangi
ish o‘rni tashkil etildi.
-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yaratilgan
ish o‘rinlari
2007-2010 yillar davomida respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida
yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni bir me’yorda ortib borgan, ya’ni o‘tgan to‘rt yilda ularning
soni 82,6 foizga oshgan.
Shunday qilib, mamlakatimizda mehnatga layoqatli aholining bandligini ta’minlash
maqsadida qator ijobiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunday tadbirlar, ayniksa, mehnatga
layoqatli aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash, iqtisodiyotimiz uchun istiqbolli va zarur
bo‘lgan tarmoqlar uchun yangi kasb va mutaxassisliklarga o‘kitish, ularning malakasini oshirish
tizimini takomillashtirish muhim o‘rin egallaydi.
“O‘ylaymanki, bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun
biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo‘yish
29
vaqti keldi. Mamlakatimizda biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga
kelgan milliy an’analarimizga, xo‘jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to‘la mos keladi.
Ishonchim komilki, bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi yaratilsa, oilaviy
biznesning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va
keng rivojlanishi va yangi ish o‘rinlarining ochilishiga sharoit tug‘iladi”
4
, deb ta’kidlaydi
Prezidentimiz Islom Karimov.
Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish
uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab
qo‘yishga alohida e’tibor qaratdi. Mamlakatimizda biznesni tashkil qilishning ushbu shakli
biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy an’analarimizga, xo‘jalik yuritish faoliyatining mavjud
holatiga to‘la mos kelishi, bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi yaratilsa,
oilaviy biznesning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning
jadal va keng rivojlanishi va yangi ish o‘rinlarining ochilishiga sharoit tug‘ilishini ta’kidladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, biznesni tashkil etish turlicha, masalan, yakka, xususiy,
kooperativ (hamkorlikdagi) tadbirkorlik, sherikchilik, mas’uliyati cheklangan jamiyat,
aksiyadorlik jamiyatlari, yirik xo‘jalik birlashmalari, uyushmalari va boshqa shu kabi tashkiliy-
huquqiy shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ko‘plab omillar, shart-sharoitlar bilan bir
qatorda muayyan tashkiliy-huquqiy shaklning biznes tashabbuskorlari iqtisodiy manfaatlarini
naqadar to‘la va samarali ro‘yobga chiqara olishi darajasi inobatga olinadi. Shunga ko‘ra, ham
nazariy, ham amaliy jihatdan biznesda eng mustahkam tashkiliy-huquqiy shakllardan biri –
oilaviy biznes hisoblanadi. Chunki, oila – bu qondoshlik aloqalari orqali mustahkam bog‘langan
kishilar guruhidir. Oila a’zolari o‘rtasida biznes uchun zarur bo‘lgan eng muhim belgi va
tamoyillar yaqqol mavjud: o‘zaro ishonch, bir-birlarining aqliy va jismoniy salohiyat va
imkoniyatlarini bilish, o‘zaro hurmat, samarali mehnat taqsimotini amalga oshirish
imkoniyatlari, qat’iy mas’uliyat va javobgarlik va h.k. Bu esa oilaviy biznesni shaklining
iqtisodiy jihatdan samarali va istiqbolli ekanligini namoyon etadi.
2.2. Qashqadaryo viloyatida aholi bandligini ta’minlashda kichik biznes va xususiy
Do'stlaringiz bilan baham: