109
«A» guruxdagi (4 yo‘lduzli) mehmonxonalar yuqori darajada xizmat ko‘rsatish bilan
ajralib turadi.
Oliy darajaga da‘vo qiluvchi mehmonxonalar odatda dunyo talablariga javob beruvchi
mehmonxonalardir.
Angliya mehmonxonalarning turkumlanishi bir muncha murakkab. Ba‘zi kataloglarda
na‘anaviy yo‘ldzli turkumlash qo‘llansa-da, mehmonxonalarning old tomonida yo‘lduzlar emas
tojlar tasvirlangan. Mehmonxona darajasini «tojlar tilida» yo‘lduzli turkumlashga o‘tkazish
uchun tojlar umumiy sonida bittasini olib tashlash kerak. Misol uchun, Londondagi «Royal
Norfolk Hotel» mehmonxonasi 3 yo‘lduzli yoki 4 tojli deb ko‘rsatilishi mumkin.
Eng to‘g‘ri turkumlash deb Britaniya sayyohlik agentltklari assotsiatsiyasi taklif qilgan
turkumlash xisoblanadi:
-byudjet mehmonxonalari (*). SHahar markazida joylashgan bo‘lib, eng kam qulayliklarga ega.
- Sayyohlar darajasidagi mehmonxonalar (**). Mehmonxonalarda restoran va bar mavjud.
- O‘rta darajadagi mehmonxonalar (***). Xizmat ko‘rsatish saviyasi yetarli darajada yuqori.
- Birinchi darajadagi mehmonxonalar (****). Yashash uchun juda yaxshi sharoit va a‘lo darajada
xizmat ko‘rsatish.
- Oliy darajadagi mehmonxonalar (*****). Yashash va xizmat ko‘rsatish oliy (ekstra klass)
darajada.
Boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda Angliya mehmonxonalari qator o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. London mehmonxonalarining ba‘zilari to‘liq xususiylashtirilgan, ba‘zilari
aktsioner jamiyatlarga, kompaniyalarga tegishli ekanligini nazarda to‘tish kerak. Ingliz
mehmonxonalarning asosiy qismi maxalliy menejerlar tomonidan boshqarilishiga qaramay,
ularning ko‘pchiligi yirik xalqaro tizimlarga kiradi.
Italiyada 40 mingta mehmonxonalar bo‘lib, ular butun mamlakat bo‘yicha tarqalgan.
Sayyohlar Italiya mehmonxona eshiklarida tanish yo‘lduzlarni ko‘rsalarda ularni
turkumlanish juda chigallashgan. Mamlakatda rasman «yo‘lduzli» shkala yo‘q. Italiyada qabul
qilingan me‘yorlarga ko‘ra mehmonxonalar 3 darajaga bo‘linadi.
1 daraja - **** yo‘lduzli, 2 daraja - *** yo‘lduzli, 3 daraja - ** yo‘lduzli mehmonxonaga
mos keladi. Bundan tashqari har bir darajada u yoki bu tomonga erkin o‘tishi mumkin.
Italiya mehmonxonalarningn ajralib turadigan xususiyati bu uning kichik bo‘lishidir (50-
80 nomerli mehmonxonalar). Odatda, kichik mehmonxonalar yuqori darajaga kiritilmaydilar va
ular 2 yo‘lduzli darajaga mos keladi. Lekin al‘pdagi kurortlarda taminlanishi va xizmat
ko‘rsatish, saviyasi eng yuqori talablarga javob beruvchi kichik mehmonxonalar ham uchrab
turadi.
Italiya mehmonxonalarning ba‘zi kamChiliklari boshqa afzalliklar masalan yaxshi
jixozlangan konferents – zalning mavjudligi evaziga qilinadi.
Isroil O‘rta Yer va Kizil Dengiz qirg‘oqlarida joylashgan yuqori darajadagi kurort
mehmonxonalarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: