Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining turizmi Janubiy-Sharqiy Osiyoning turizm industriyasi rivojlangan mamlakatlari Singapur.
Malayziya. Indoneziya. Tailand. Filippin. Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlarida xalqaro
turizm tez sur‘atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ushbu hudud tarkibidagi turli mamlakatlar
turizmning turli xil moddellariga ega.1990 yilda Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatalariga 21.5
mln. xorijiy turistlar tashrifi kuzatilgan bo‘lsa. 1995 yilga kelib ularning soni 29.2 mln. kishiga
yetadi. Besh yil ichida o‘sish sur‘atlari 37.2% ga o‘sganligi kuzatilgan. 2000 yil ushbu
mamlakatlar turizm markazlariga 37 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. 2001 yilda bu
ko‘rsatkich 40.2 mln. kishini tashkil etgan.