Geografiya kafedrasi


Xitoy Xalq Respublikasining turizmi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/242
Sana01.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#423985
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   242
Bog'liq
Туризм Географияси мажмуа 2021

Xitoy Xalq Respublikasining turizmi 
Xitoyda 1978 yildan boshlab misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ayniqsa 
mamlakatda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilganligi butun dunyo e‘tiborini o‘ziga 
tortmoqda. Mamlakatning yer maydoni 9.560 ming kv. km. Deyarli Yevropa qit‘asiga teng. 
Aholisi 1 mlrd. 367 mln. kishidan ortig‘roq. jahonda birinchi o‘rinda turadi. XXR 1949 yil 1 
oktyabrda tashkil topgan. SHuning uchun 1 Oktyabr‘ milliy bayram sifatida bayram qilinadi. 
Sanoati va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda etakchi o‘rinlarni 
egallaydi. Temir yo‘llarining uzunligi 54000 km. atrofida. avtomobil‘ yo‘llarining uzunligi esa 
1.300.000 km. Asosiy dengiz portlari: Guanchjou. Dalyan‘. TSin‘xuandao. SHanxay. 
SHerchjen‘. CHjuxay. SHan‘tax. Syamin‘. Xevan viloyatlarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil 
qilingan. Ular chet el kapitalini jalb qilishga qulay sharoitlar yaratadi.
Agar ilgari Xitoyda «Kapitalizm o‘limi» qoidasini isbotlashga urinilgan bo‘lsa. xozirgi 
davrda «ochiq eshiklar siyosati» bozor sotsializmini qurish tamoyili Xitoy islohotining hal 
qiluvchi qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu sohada tub islohotlar Xitoyda chet el kapitali 
ishtirokida kompaniyalar tashkil etish bilan bog‘liqdir. Xitoyda chet el kapitalini jalb qilishda. 
asosan to‘rtta maqsad ko‘zda tutilgan.
1. Mamlakat sanoatining ilmiy texnika darajasini ko‘tarish. 
2. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini ilg‘or usullarini o‘zlashtirib olish. 
3. CHet el valyutasini kelib turishini o‘stirish. 
4. Xalqaro iqtisodiy axborotlardan voqif bo‘lib turishga yanada kengroq yo‘l ochish. 
Xitoyning iqtisodiy xo‘jalik yuritish tajribasi. bozor muammolari. moliya uslublari 
katta bir maktab. aholisi miqdoriga nisbatan kichik hududda beqiyos ko‘p xalqni ish. moddiy 
ne‘matlar. oziq-ovqat. kiyim-kechak bilan ta‘minlash. ishlab chiqarish. ta‘minot. iste‘mol 
jarayonini boshqarish. madaniyatni ko‘tarish. xalqaro bozor raqobatlariga dosh berish bu 
xazilakam ish emas. Bu o‘ta uddaburonlik. epchillik. ishbilarmonlik. tadbirkorlik. ma‘suliyat. 
idora qilish bu mustaxkam intizomni taqozo etadi. Bu borada xitoyliklardan o‘rgansa va ibrat 
olsa arziydi. 
Xitoyda boshqa sohalar singari turizm sohasi ham jadal tez sur‘atlarda rivojlanib 
bormoqda. Xitoy Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi asosiy turistik mamlakatlardan biri bo‘lib 
hisoblanadi. Xitoy dunyoning eng qadimiy madaniyatiga ega bo‘lgan mamlakat. Xitoy barcha 
chet elliklar uchun qadimiy madaniyatga ega bo‘lgan «Buyuk Sirli» mamlakatga aylanib 
bormoqda. 1978 yildan boshlab Xitoy o‘z iqtisodiyotini zamonaviylashtirishga harakat qilgan 
xolda turistlar uchun «Ochiq eshiklar» siyosatini yurgaza boshladi. Endi chet ellik boyvachchalar 
«Buyuk Sirli» mamlakatga birinchilardan bo‘lib ayniqsa Gonkong. Makaoga qaytish uchun 
o‘zaro musobaqalasha boshladilar. SHuningdek. Xitoyning eng qadimiy madaniyatiga qiziqish 
tufayli ham ikki yil ichida bu yerga keluvchi chet ellik turistlar soni 500 mingdan oshib ketdi. 
Xitoy Xalq Respublikasining bunday siyosat yurgazishining asosiy sababi – mamlakatga chet el 
valyutasini oqib kirishi kerak edi.
1983-1989 yillargacha turizm Xitoy uchun chet el valyutalari tushumining eng asosiy 
manbai bo‘lib hisoblanar edi. Bu muddat ichida Xitoy Xalq Respublikasining boshqa 
mamlakatlar bilan bo‘lgan o‘zaro aloqalari o‘zgara boshladi. 1987 yildan boshlab esa Tayvan‘ 
aholisi Syangan (Gonkong) orqali Xitoy Xalq Respublikasiga sayohatlar qila boshladi. 1990 
yilda XXRga 27 mln. chet el turistlari tashrif buyurgan bo‘lsa. ularning 25 mln. nafarini 
Tayvan‘. Syangan. Makaodan kelgan turistlar tashkil etgan edi. 1980 yillarning oxirlariga kelib 
XXR ga chet el turistlari tashrifi sonining o‘sishi pasaya boshladi. Buning asosiy sababi – 
mamlakatda turizm sanoati yaxshi rivojlanmagan edi. Turizm menejmenti umuman yo‘lga 
qo‘yilmagan edi. Bu esa o‘z navbatida zamonaviy talablarga javob beruvchi o‘rta va oliy 
darajadagi yangi mehmonxonalar qurilishiga sabab bo‘ldi. Bunga chet el kapitali ham jalb 
qilindi. Turizmni yanada rivojlantirish uchun aeroportlar. temir yo‘l. transport qurilishlariga 


78 
ko‘proq e‘tibor qaratildi.
1989 yildagi «qayta qurish» tufayli sobiq Sovet Ittifoqi va XXR o‘rtasidagi chegaralar ochildi 
hamda mamlakatga ko‘plab sovet fuqarolari ham tashrif buyura boshlashdi. Ularning tashriflaridan 
asosiy maqsad «SHop tur» edi.
Xitoyda amalga oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy qayta qurish. Xitoyning ichki 
turizmini rivojlantirishga ham katta e‘tibor qaratilgan. Xitoyda har yili 290-300 million kishi 
ichki sayohatlarga chiqadi.
Mamlakatda turizmni rivojlantirish maqsadida turistlar uchun maxsus turistik hududlar 
tashkil qilina boshlandi. 1982 yilda bunday turistik hududlar soni 122 tani tashkil etgan bo‘lsa. 
1990 yilda ularning soni 500 taga yetkazildi. Xitoyning Shimoliy-Sharqida ham markazidagi 
turistik hududlarda asosiy tarixiy va madaniy yodgorliklar joylashgan bo‘lsa. janubiy turistik 
hududlarda dam olish. xordiq chiqarish maskani sifatida so‘lim va go‘zal oromgohlar bunyod 
etilgan.
1997 yilda Syangan Xitoy tarkibiga qayta qo‘shildi. Unga Xitoy ichida o‘z tuzumini 50 
yilgacha saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lgan avtonomiya berildi. Xozirgi kunda turizm 
Syangan avtonomiyasida chet el valyuta tushumi manbai sifatida 3-o‘rinni egallaydi. Syanganga 
xorijiy turistlar asosan shou tur. madaniy xordiq. sport asosan ot sporti hamda har yili 
o‘tkaziladigan turli xil festivallarda ishtirok etish uchun kelishadi. SHuningdek Syanganda 
«Sun» imperatorligi davridan saqlanib qolgan madaniy yodgorliklarni ziyorat qilish uchun ham 
ko‘plab xorijiy turistlar tashrif buyuradi. Xozirig kunda Xitoy turistik markazlariga asosan 
Yaponiya. Buyuk Britaniya. AQSH. Olmoniya. Koreya. Tailand. Avstraliya. Yangi Zelandiya 
fuqarolari tashrif buyurmoqda. Xitoyliklar esa. asosan Tailand. Filippin. Indoneziya. Singapur va 
Yaponiya mamlakatlariga turistik sayohatlarga chiqadilar. 
Xitoyda turizmni rivojlantirishga qaratilgan siyosatning o‘ziga xos tomoni unda «arzon 
narxlar» siyosati qo‘llanilayapti. Jahon bo‘yicha har bir turist o‘z sayohati davomida o‘rtacha 
675 AQSH dollari sarflasa. Osiyo va Tinch okeani mintaqasida har bir turist o‘rtacha 720 AQSH 
dollar sarflaydi. Xitoyda esa har bir turist 2002 yil ma‘lumotlari bo‘yicha 552 AQSH dollar 
miqdorida mablag‘ Xitoy Xalq Respublikasi xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil 
natijasi ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarining 5.24%i. Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga 
qilingan tashriflarning 28%i Xitoy Xalq Respublikasiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 
yilda xorijiy turistlar tashrifi 11% ga ko‘paygan (5.3.1-jadval). 
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 4.3%i. Osiyo va 
Tinch okeani mintaqasi tushumlari bo‘yicha 21.5% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 
yilda daromadlar miqdori 14.6% ga o‘sganligi kuzatilgan. Osiyo va Tinch okeani mintaqasida 
har bir turistik tashrif o‘rtacha 720 AQSH dollarini tashkil etgan. XXR da esa 2002 yilda har bir 
xorijiy tashrif 552 AQSH dollarini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich Turizm sohasida Xitoyda 
«arzon narxlar» siyosati yurgizilayotganidan dalolat beradi. 
O‘zbekiston va XXR o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992 yil 2 yanvarda elchixonalar 
darajasida o‘rnatilgan. 
 
Toshkentda termos. telivizor. mini-traktor ishlab chiqarish bo‘yicha hamkor korxonalar 
ishlab turibdi. Xitoy elchixonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish