78
ko‘proq e‘tibor qaratildi.
1989 yildagi «qayta qurish» tufayli sobiq Sovet Ittifoqi va XXR o‘rtasidagi chegaralar ochildi
hamda mamlakatga ko‘plab sovet fuqarolari ham tashrif buyura boshlashdi. Ularning tashriflaridan
asosiy maqsad «SHop tur» edi.
Xitoyda amalga oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy qayta qurish. Xitoyning ichki
turizmini rivojlantirishga ham katta e‘tibor qaratilgan. Xitoyda har yili 290-300 million kishi
ichki sayohatlarga chiqadi.
Mamlakatda turizmni rivojlantirish maqsadida turistlar uchun maxsus turistik hududlar
tashkil qilina boshlandi. 1982 yilda bunday turistik hududlar soni 122 tani tashkil etgan bo‘lsa.
1990 yilda ularning soni 500 taga yetkazildi. Xitoyning Shimoliy-Sharqida ham markazidagi
turistik hududlarda asosiy tarixiy va madaniy yodgorliklar joylashgan bo‘lsa. janubiy turistik
hududlarda dam olish. xordiq chiqarish maskani sifatida so‘lim va go‘zal oromgohlar bunyod
etilgan.
1997 yilda Syangan Xitoy tarkibiga qayta qo‘shildi. Unga Xitoy ichida o‘z tuzumini 50
yilgacha saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lgan avtonomiya berildi. Xozirgi kunda turizm
Syangan avtonomiyasida chet el valyuta tushumi manbai sifatida 3-o‘rinni egallaydi. Syanganga
xorijiy turistlar asosan shou tur. madaniy xordiq. sport asosan ot sporti hamda har yili
o‘tkaziladigan turli xil festivallarda ishtirok etish uchun kelishadi. SHuningdek Syanganda
«Sun» imperatorligi davridan saqlanib qolgan madaniy yodgorliklarni ziyorat qilish uchun ham
ko‘plab xorijiy turistlar tashrif buyuradi. Xozirig kunda Xitoy turistik markazlariga asosan
Yaponiya. Buyuk Britaniya. AQSH. Olmoniya. Koreya. Tailand. Avstraliya. Yangi Zelandiya
fuqarolari tashrif buyurmoqda. Xitoyliklar esa. asosan Tailand. Filippin. Indoneziya. Singapur va
Yaponiya mamlakatlariga turistik sayohatlarga chiqadilar.
Xitoyda turizmni rivojlantirishga qaratilgan siyosatning o‘ziga xos tomoni unda «arzon
narxlar» siyosati qo‘llanilayapti. Jahon bo‘yicha har bir turist o‘z sayohati davomida o‘rtacha
675 AQSH dollari sarflasa. Osiyo va Tinch okeani mintaqasida har bir turist o‘rtacha 720 AQSH
dollar sarflaydi. Xitoyda esa har bir turist 2002 yil ma‘lumotlari bo‘yicha 552 AQSH dollar
miqdorida mablag‘ Xitoy Xalq Respublikasi xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil
natijasi ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarining 5.24%i. Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga
qilingan tashriflarning 28%i Xitoy Xalq Respublikasiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002
yilda xorijiy turistlar tashrifi 11% ga ko‘paygan (5.3.1-jadval).
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 4.3%i. Osiyo va
Tinch okeani mintaqasi tushumlari bo‘yicha 21.5% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002
yilda daromadlar miqdori 14.6% ga o‘sganligi kuzatilgan. Osiyo va Tinch okeani mintaqasida
har bir turistik tashrif o‘rtacha 720 AQSH dollarini tashkil etgan. XXR da esa 2002 yilda har bir
xorijiy tashrif 552 AQSH dollarini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich Turizm sohasida Xitoyda
«arzon narxlar» siyosati yurgizilayotganidan dalolat beradi.
O‘zbekiston va XXR o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992 yil 2 yanvarda elchixonalar
darajasida o‘rnatilgan.
Toshkentda termos. telivizor. mini-traktor ishlab chiqarish bo‘yicha hamkor korxonalar
ishlab turibdi. Xitoy elchixonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: