«Yonbag’ir ekspozitsiyasi» va «Deflyatsiya» atamalarining mazmunmohiyatini tushuntiring.
Javob: Yonbag‘ir ekspozitsiyasi – tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi. Masalan, yonbag‘ir janubga qaragan bo‘lsa janubiy ekspozitsiya bo‘ladi.
Deflyatsiya (lotincha “defl atsio” – puflash) – tog‘ jinslarining shamol ta’sirida yemirilib, maydalangan zarralarning boshqa joylarga ko‘chishi. Defl yatsiya qurg‘oqchil o‘lkalarda, ayniqsa, qumli cho‘llarda kuchli bo‘ladi. Shamol qumlarni to‘zg‘itib, bir joydan ikkinchi joyga tashib uylarga, yo‘llarga, quduqlarga zarar yetkazadi. Ayniqsa, o‘simlik qoplamini zararlab chorvachilikka ziyon keltiradi. Defl yatsiyaning oldini olish va zararini kamaytirish uchun daraxt va buta o‘simliklarini ekish lozim.
Dunyoning siyosiy xaritasidan Sharqiy Osiyo davlatlari va ularning poytaxtlarini ko‘rsating. Ushbu subregion davlatlari poytaxtlaridan qaysi biri ekvatordan eng uzoqda joylashgan? Ushbu shaharning geografik koordinatalarini aniqlang.
Javob: Sharqiy Osiyo davlatlari va ularning poytaxtlari: Mongoliya–Ulan-Bator; Xitoy-Pekin; Koreya Respublikasi-Seul; KXDR-Pxenyan; Yaponiya-Tokio; Ular ichida ekvatordan eng uzoqda joylashgan poytaxt Xitoyning Pekin shahri bo’lib uning geografik koordinatalari: 39°55' shimoliy kenglik, 116°25' sharqiy uzoqlik
4-BILET
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sanoat va transportning rivojlanishi.
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy-geografik o‘ringa ega bo‘lib, subregion davlatlarining o‘zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, respublikamiz ko‘p tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlarni yaratadigan tabiiy boyliklariga ega. Eng avvalo, davlatimizning mineral-resurs salohiyati alohida e’tiborga sazovor. O‘zbekiston hududida jami 120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta konlari topilgan. Jumladan,
O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4-o‘rin, uran bo‘yicha 7-o‘rin, molibden bo‘yicha 8-o‘rin, mis bo‘yicha esa 10-o‘rinda turadi. Yoqilg‘i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 14-o‘rin egallaydi. Noruda qazilma boyliklar bo‘yicha kaliy tuzlari va fosforitlar qazishda dunyoda yetakchi o‘rinlaridan birida turadi. Turli foydali qazilmalarning yirik konlariga, asosan, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi boy hisoblanadi. Demak, mineral resurslarning ulkan zaxiralari yurtimizda rangli metallurgiya, yoqilg‘i, kimyo va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Respublikamiz YIMning o‘zgarish dinamikasida 3 ta davrni ajratish mumkin. Birinchisi, 1991–1996 yillarni o‘z ichiga olib, iqtisodiy pasayish bilan tavsifl angan. Bu holat, asosan, sobiq Ittifoq doirasidagi hududiy mehnat taqsimoti tizimi, O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari va korxonalarining boshqa respublikalarning xo‘jaligi o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarning uzilishi natijasida kelib chiqdi. 1997–2003 yillar oralig‘idagi ikkinchi bosqich milliy iqtisodiyotning barqarorlashuvi va YIM o‘sishining boshlanishi davri bo‘ldi. Uchinchi davr 2004yilda boshlanib, hozirgacha davom etmoqda. Bu yillarda uchun O‘zbekiston YIMning 8,0 foizdan past bo‘lmagan sur’atlar bilan o‘smoqda. Transport tizimi rivojlanishida ham salmoqli natijalarga erishildi. Bulardan eng ahamiyatlisi – respublika temiryo‘l transporti tizimining bir butunligiga erishilganligidir. O‘zbekiston hududi shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa yuzlab kilometr masofaga cho‘zilganligi, hamda davlat chegaralarining o‘ziga xos shaklda tog‘ tizmalari va keng yastanib yotgan cho‘llar orqali o‘tganligini hisobga olsak, bu masala dolzarb strategic ahamiyatga ega ekanligiga amin bo‘lamiz. Surxondaryo viloyati hududi Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uchquduq – Miskin – Nukus, Farg‘ona vodiysi Angren – Pop temiryo‘llari qurilishi bilan O‘zbekistonning yagona temiryo‘llar tarmog‘i bilan bog‘landi. Natijada mamlakatimizning transport xavfsizligi va mustaqilligi ta’minlandi. Hozirgi vaqtda Navoiy va Buxoro viloyatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan nisbatan qisqa masofada bog‘lab qo‘yadigan Konimex-Miskin temiryo‘li hamda Urganchdan xalqaro turizm markazi hisoblangan Xiva shahriga tomon temiryo‘l qurilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |