Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi


-Geografiyaning bugungi kundagi rivoji va kiritilayotgan yangiliklar



Download 1,14 Mb.
bet9/11
Sana29.12.2021
Hajmi1,14 Mb.
#75779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Азиз малака

3-Geografiyaning bugungi kundagi rivoji va kiritilayotgan yangiliklar

Ilmiy geografik ishlar bosqichi. XVII asrga kelib fanlarning rivoj lanishida keskin ildamlash ro‘y berdi. Geografiyada maxsus ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirila boshlandi. Bunday ekspeditsiyalardan eng muhimlari: 1725–1741-yillarda V. Bering va A. Chirikov boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi, 1785–1788-yillarda J. Laperuz rahbarligidagi fransuz ekspeditsiyasi, 1768–1779-yillarda J. Kuk boshchiligidagi 3 marotaba dunyo bo‘ylab ingliz ekspeditsiyasi. Bu ekspeditsiyalar tomonidan Kuril orollari, Kamchatka va Chukotka yarimorollari, Osiyoning shimoliy qirg‘oqlari, Afrika va Janubiy Amerikaning ichki qismlari, Avstraliyaning sharqiy sohillari, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya, Janubiy Georgiya, Jamiyat, Gavayi, Kuk va boshqa orollar o‘rganildi. Yerning ichki qismlari, tektonik harakatlar haqidagi bilimlarning to‘planishi bilan tabiiy geografi yadan geologiya ajralib chiqdi, Yer yuzasi relyefi , yer usti va osti suvlari, iqlim, shamollar, o‘simliklar haqidagi bilimlarning 10 kengayishi esa geomorfologiya, gidrologiya, meteorologiya va geobotanika fanlarining mustaqil fan darajasida rivojlanishiga olib keldi. Ushbu bosqichda ilmiy ishlar, ko‘pincha o‘rganilgan yerlarning geografi k tavsifi - ga bag‘ishlangan bo‘lib, yangi kitoblar va xaritalar ishlangan. Bu bosqichda bir qancha nazariya va gipotezalar, kitoblar yaratildi. Bular: Kant-Laplasning kosmogonik nazariyasi; Pallasning geologik qatlamlarning yoshi haqidagi nazariyasi; Leybnitsning tog‘ hosil bo‘lishida vulqon harakatlari gipotezasi; M. Lomonosovning “Yer qatlamlari haqida”, “Atmosfera hodisalari haqida” kitoblari, Kantning “Tabiiy geografi yadan ma’ruzalar” kitobi va boshqalar. Bu bosqichning asosiy natijalari: Yer yuzining turli qismlari ilmiy o‘rganildi; fanda yangi nazariya va gipotezalar yaratildi; kartografi k proyeksiyalar va relyefni tasvirlashning yangi usullari ixtiro qilindi; yirik asarlar va kitoblar yaratildi, geografi ya fanining tarkibida bir qancha mustaqil fanlar rivojlandi. XIX asr va XX asrning 1-yarmida geografi yaning rivojlanishi. Bu bosqichga kelib milliy geografi ya jamiyatlari tashkil etilishi boshlandi. Jumladan, Fransiya (1821), Germaniya (1828), Buyuk Britaniya (1830), Rossiya (1845), Turkistonda esa 1897-yilda tuzilgan. Ko‘pgina davlatlar tomonidan yirik ilmiy tadqiqot ekspeditsiyalari uyushtirildi. 1821-yil F. F. Bellinsgauzen va M. P. Lazarev tomonidan Antarktida kashf etildi. 1823–1825-yillarda O. E. Kotsebu Dunyo okeani bo‘ylab ekspe ditsiyada marjon orollarining kelib chiqishini o‘rgandi, fi zik E. Lens esa chuqurlikni o‘lchash uchun birinchi bor batometrni qo‘lladi. D. Li vingston Afrikaning ichki qismlarini o‘rgandi. P. P. Semyonov-Tyanshan skiy boshchiligida O‘rta Osiyoning ichki hududlari o‘rganildi. R. Piri 1909-yilda Shimoliy qutbni, R. Amundsen esa 1911-yilda Janubiy qutbni zabt etdi. A. Gumboldt Yevropa, Amerika, Osiyoga ekspeditsiya uyushtirib, juda ko‘p ma’lumotlar to‘pladi. O‘simliklarning kenglik zonalligi va balandlik mintaqalanishi qonuniyatini aniqladi. Mazkur ma’lumotlarni umumlashtirgan bir necha jildlik “Tabiat manzarasi”, “Kosmos” kabi yirik asarlarini yozdi. Gumboldt tabiatni bir butun, qat’iy qonuniyatli va uzluksiz rivojlanadigan tizim sifatida qarab yangi geografi yani yaratdi. Bu geografi yaning vazifasi tabiatni rivojlanishda va bir butun, yaxlit hosila sifatida o‘rganish, tabiatdagi qonuniyatlarni aniqlash, jism va hodisalar orasidagi aloqadorliklarni, o‘zaro ta’sir va bog‘liqliklarni ochish va boshqalardir. 11 Ch. Layel tomonidan yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi. V. V. Dokuchayev tomonidan tabiat zonalligi ta’limoti, A. A. Grigorev tomonidan geografi k qobiq ta’limoti, V. A. Vernadskiy tomonidan biosfera ta’limoti yaratildi. Bu bosqichning asosiy natijalari: geografi ya jamiyatlari tuzildi. Shimoliy va Janubiy qutblar zabt etildi va dunyo xaritasida noma’lum bo‘lgan hududlar qolmadi. Ilmiy geografi ya vujudga keldi. Okeanografi ya fani shakllandi. Meteorologik va gidrologik stansiyalar bunyod etildi. Atmosfera va okeandagi harakatlar ning mohiyati ochib berildi. Yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi. Bir necha ta’limotlar: tabiat zonalligi, geografi k qobiq, biosfera ta’limotlari yaratildi. Hozirgi zamon bosqichi. Geografi ya fan-texnika inqilobi ta’sirida jadal rivojlanmoqda. Bu bosqichda geografi ya fanining rivojlanishidagi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: geografi k tadqiqotlarda modellashtirish va tajriba usullari, geografi k axborot tizimlari, kompyuter texnologiyalari, kosmik usullar keng qo‘llanilmoqda. Kosmik usullar yordamida aylanasimon tuzilmalar, atmosfera harakatlari, okean suvi aylanma harakati va chuqurdagi suvlarning ko‘tarilish jarayonlari aniqlandi. Insonning tabiatga ta’siri kuchayib, hatto geografi k qobiq doirasidan tashqariga chiqib ketdi. Shu munosabat bilan tadqiqotlar lokal (mahalliy) muammolar bilan bir paytda global muammolarga ham o‘z diqqatini qaratmoqda. Fanda tabaqalanish, ya’ni geografi k fanlar ichida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, landshaftshunoslikning ichida amaliy landshaftshunoslik, antropogen landshaftshunoslik kabi bo‘linishlar yuzaga keldi. Shuningdek, turdosh fanlar bilan “oraliqda” yangi yo‘nalish va fan tarmoqlari paydo bo‘lmoqda. Masalan, geografi ya bilan tibbiyot oralig‘ida tibbiyot geografi yasi, geografi ya bilan tarix, fi lologiya oralig‘ida joy nomlarini o‘rganuvchi toponimika fani vujudga keldi.

Xulosa


Geografiya boʻlimi respublika hududini majmuali tabiiy va ijtimoiyiqtisodiy geografik oʻrganish, tabiiy muhitni muhofaza qilish muammolari va tabiatiing inson taʼsirida oʻzgarishini bashorat qilish, mavzuli va hududiy atlas va haritalar tuzish masalalari bilan shugʻullanadi. Boʻlim tarkibida oʻlkani majmuali geografik bashoratlash, atrof muhit muhofazasi, haritagrafiya va masofadan tadqiq etish laboratoriyalari faoliyat koʻrsatmoqaa. Boʻlimda hozirgacha 8 ta doktorlik va 50 dan ziyod fan nomzodligi dissertatsiyalari himoya qilindi. Boʻlim Rossiya, Xitoy, Fransiya, Germaniya va MDH davlatlari Fanlar akademiyasi larining ilmiy tadqiqot muassasalari bilan ijodiy hamkorlik qilmoqda. Oʻzbekistonda geografik tadqiqot ishlari va geograf kadrlar tayyorlash ishlari bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston millim universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Samarkand davlat universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat ped. universiteti, viloyat universitetlari shugʻullanadi.

Amaliy geografiya hoz. zamon geografik tadqiqot yoʻnalishlaridan biri. Asosiy maqsadi geografik ilmiy va amaliy bilimlarni yanada chuqurroq taxlil qilish, tabiat va jamiyatdagi mavjud hamda vujudga kelayotgan turli tabiiy-geografik, geoekologik hamda ijtimoiy va iqtisodiy-geografik muammolarni hal qilishdan iborat. Bu soha tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geogr. hamda haritagrafiya fanlariga tegishli. Yana q. Amaliy geografiya.

Geografiya taʼlimi. Oʻzbekistan hududida Geografiya 18—19-asrlarda madrasalarda umumiy holda, 19-asrning 80-yillarida rus-tuzem maktablarida, 1900 yildan yangi usul maktablarida dastur boʻyicha oʻqitildi. 19-asr 90-yillaridan Geografiyadan birinchi oʻquv qoʻllanmasi — „Yer xususida ilmdan olingan soʻzlar“ oʻzbek tilida nashr etildi. 1880-yillarda Hoji Yusuf Hayʼatiy (1842—1924) geografik globus yasadi. 1905 yilda yangi usul maktablari uchun „Turkiston va unga yondosh mamlakatlarning haritasi“ nashr qilindi.

20-asrda Turkistonda geografiya taʼlimi rivojlandi. M. Behbudiyning „Qisqacha umumiy geografiya“ (1902), „Aholi geografiyasiga kirish“ (1903), Fotih Karimning „Geografiya“ (1914), Muhammad Aminkarimiyning „Jugrofiyai riyoziy“ (1914), Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlining „Yer yuzi“ (1915), N.I. Balashovning „Turkiston geografiya oʻqumligi“ (1922) darsliklari nashr etildi. 1930 yildan1990 yilgacha umumiy taʼlim maktablarida faqat Oʻzbekiston tabiiy va iqtisodiy geogr.si mahalliy mualliflar yozgan darslik va qoʻllanmalar asosida oʻqitildi. G.ni oʻqitish metodikasi boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, darsliklari nashr qilindi. Geografiyaga oid O. Ibrohimovning „Geografiya terminlari“ (1935), M. Bektemirov va Saidrasulovning „Qisqacha ruscha-oʻzbekcha geografiya terminlari lugʻati“ (1940), N, Dolimov va b.ning „Geografik terminlarning qisqacha ruscha-oʻzbekcha lugʻati“ (1953), H.H. Hasanovning „Geografik terminlar lugʻati“ (1964), S. Qorayev, P. Gʻulomov, R. Rahimbekovning „Geografik terminlar va tushunchalar izohli lugʻati“ (1979) yaratildi. Bu davrda oliy geog. taʼlimi ham ancha rivojlandi. davlat universitetlari va pedagogika institutlarida Geografiya fakultetlari ochildi. Oliy maktablar uchun Geografiyadan darslik va oʻquv qoʻllanmalari oʻzbek tiliga tarjima qilindi hamda yangilari yozildi. Geografiya taʼlimining yangi davlat standarti, oʻquv dasturlari ishlab chiqildi. Bir qancha yangi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, geografik terminlar lugʻati va haritalar yaratildi.



Lo’g’at

1. Aholi-inhabitans

2. Amaliyot-activities

3. Amaliyotchi-prac-tical worker

4. Bilimdon-learned

5. Bob-head

6. Chegaradosh-bordiring

7. Chegara-frontier

8. Cho‟l-plain

9. Chorvachilik-cattle-roising

10. Darslik-textbook

11. Daryo-river

12. Dastur-reversing rood

13. Dehqonchilik- agriculture

14. Ekologiya-ecology

15. Eksport-export

16. Fermer-fermer

17. Geografiya-geography

18. Guruh-group

19. Hayvonot bo‟gi-zoological

20. Hayvonot-animals

21. Hudud-territory

22. Hususiy korhona-a private enterprise

23. Import-import

24. Iqtisod-economy

25. Iqtisodiyot-economics

26. Ixtisoslashmoq-specialize

27. Jadval-table

28. Joylashtirish-positioning

29. Karta-map

30. Kimyo-alchemy

31. Ko‟nikma-habit

32. Kombinatsiya-combination

33. Kon-mine

34. Korhona-undertaking

35. Ma‟muriy-administrative

36. Madaniyat-culture

37. Malaka-practice

38. Mamlakat-country

39. Maqsad-oim

40. Markaziy-central

41. Markazlashmoq-centralize

42. Mashg‟ulot-occupation

43. Mashinasozlik-mechanical engineering

44. Mavqe-whereabouts

45. Mavzu-subject

46. Maydon-arena

47. Metallurgiya-metallurgy

48. Muassasa-founding

49. Natija-result

50. Neft sanoati-oil industry

51. Neft-oil




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish