Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish metodi. Ushbu metodning asosini butun sayyohat jarayonida va turli ilmiy, ilmiy ommobop, internet ma’lumotlari asosida o‘rganilayotgan hudud bo‘yicha yig’ilgan statistik ma’lumotlar, ko‘rsatkichlarni tahlili tashkil etadi. Tahlil etish esa turli jadvallar, grafiklar, chizmalar va matn yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu raqamlar va ma’lumotlarning to‘planishida esa, barometr, termometr, metr, kompas, ruletka, chizg’ich kabi bir qancha asbob uskunalar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |