7-§. GEOGRAFIK QOBIQNING KENGLIK
ZONALLIGI VA SEKTORLIGI
1.
Qaysi qadimgi xalq olimlari iqlim mintaqalari va zonallikning mavjudligini aniqlashgan
vaYer yuzasini bir qancha iqlim mintaqalariga ajratganlar?
A) Yunon va Rim B) Arab va Rim
C) Yunon va Fors D) Arab va Fors
2.
Qaysi olim iqlim va botanik-geografik zonallikni aniqladi?
A) A.Gumbold B) V.V.Dokuchayev
C) A.Grigoryev D) D.N.Anuchin
3.
Kim tomonidan geografik zonallik qonuniyati kashf qilindi va asoslab berildi?
A) A.Gumbold B) V.V.Dokuchayev
C) A.Grigoryev D) D.N.Anuchin
. Hozirgi paytda, geografik zonallik haqidagi bilimlar kimning ta’limotiga asoslanadi?
A) A.Gumbold B) D.N.Anuchin
C) A.Grigoryev D) V.V.Dokuchayev
4.
Geografik qobiqda qaysi qonuniyati Yerning sharsimonligi va unga bog‘liq holda quyosh
radiatsiyasining Yer yuzida notekis taqsimlanishi, dengizbo‘yi hududlarida iliq va sovuq
oqimlar, okeandan materik ichkarisiga kirgan sari namlik va haroratning o‘zgarib borishi
oqibatida yuzaga keladi?
A) Azonallik B) Zonallik
C) Mintaqalar D) Relyef
5.
Kenglik zonalligi nima?
A) Quyosh nurlari tushish burchagining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va
geotizimlarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o‘zgarib borishi.
B) Geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori
va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar.
C) Yerning sharsimonligi va unga bog‘liq holda quyosh radiatsiyasining Yer yuzida
notekis taqsimlanishi, dengizbo‘yi hududlarida iliq va sovuq oqimlar, okeandan materik
ichkarisiga kirgan sari namlik va haroratning o‘zgarib borishi oqibatida yuzaga keladi
D) Quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining
o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishi.
6.
Geografik qobiqning eng yirik zonal birlikni aniqlang?
A) Iqlim (geografik) mintaqalari
B) Tabiat (geografik) zonalari
C) Tabiiy geografik okruglar
D) Tabiiy geografik o’lkalar
7.
Tabiat zonalari nima?
A) Quyosh nurlari tushish burchagining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va
geotizimlarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o‘zgarib borishi.
B) Geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori
va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar.
{ 210 }
C) Yerning sharsimonligi va unga bog‘liq holda quyosh radiatsiyasining Yer yuzida
notekis taqsimlanishi, dengizbo‘yi hududlarida iliq va sovuq oqimlar, okeandan materik
ichkarisiga kirgan sari namlik va haroratning o‘zgarib borishi oqibatida yuzaga keladi
D) Quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining
o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishi.
8.
Dunyo sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan qadimgi Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim
davlatlari qaysi tabiat zonalaradi joylashgan?
A) Fasliy nam o‘rmonlar, musson o‘rmonlar va qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar
(o‘rta dengiz)
B) Aralash va keng bargli o‘rmonlar, savanna va qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar
(o‘rta dengiz)
C) Aralash va keng bargli o‘rmonlar, musson o‘rmonlar va qattiq bargli doimiy yashil
o‘rmonlar (o‘rta dengiz)
B) Chalacho’l va cho’llar, musson o‘rmonlar va qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar
(o‘rta dengiz)
9.
Issiq o‘lkalarda nimalar yetishtiriladi?
A) Paxta, uzum B) Anjir, Xurmo
C) Bug’doy, sholi D) Zaytun, arpa
10.
Issiq va nam o‘lkalarda nimalar yetishtiriladi?
A) Bug‘doy, arpa
B) Sabzavot va ko‘katlar, gullar
C) Kofe, sitrus mevalar, choy, sholi
D) Anjir, Xurmo
11.
Salqin o‘lkalarda nimalar yetishtiriladi?
A) Bug‘doy, arpa
B) Sabzavot va ko‘katlar, gullar
C) Kofe, sitrus mevalar, choy, sholi
D) Anjir, Xurmo
12.
Sovuq o‘lkalarda issiqxonalarda nimalar yetishtiriladi? Sabzavot va ko‘katlar, gullar
13.
Sektorlik nima?
A) Quyosh nurlari tushish burchagining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va
geotizimlarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o‘zgarib borishi.
B) Geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori
va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar.
C) Yerning sharsimonligi va unga bog‘liq holda quyosh radiatsiyasining Yer yuzida
notekis taqsimlanishi, dengizbo‘yi hududlarida iliq va sovuq oqimlar, okeandan materik
ichkarisiga kirgan sari namlik va haroratning o‘zgarib borishi oqibatida yuzaga keladi
D) Quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining
o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasida iqlim o‘lkalariga bog‘liq holda qanday tabiat zonalari
shakllangan? A) Doimiy yashil o’rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va
cho‘llar, musson o‘rmonlari
B) Aralash va keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar,
musson o‘rmonlari
C) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va
cho‘llar, musson o‘rmonlari
D) Aralash va keng bargli o‘rmonlar, musson o‘rmonlar va qattiq bargli doimiy yashil
o‘rmonlar
14.
Mo‘tadil iqlim mintaqasida iqlim o‘lkalarining xususiyatiga monand qaysi tabiat zonalari
meridional yo’nalishda joylashgan?
A) Aralash va keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar,
musson o‘rmonlari
{ 211 }
B) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va
cho‘llar, musson o‘rmonlari
C) Aralash va keng bargli o‘rmonlar hamda musson o‘rmonlar
D) Doimiy yashil o’rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar, musson
o‘rmonlari
15.
Mo‘tadil iqlim mintaqasida iqlim o‘lkalarining xususiyatiga monand qaysi tabiat zonalari
kenglik bo’ylab cho’zilgan? O‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar
A) Aralash va keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar,
musson o‘rmonlari
B) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va
cho‘llar, musson o‘rmonlari
C) Aralash va keng bargli o‘rmonlar hamda musson o‘rmonlar
D) O‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar
16.
Tarkibida tuzlar keng tarqalgan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda nimalar tuproq-o‘simlik
qoplamining va, oxir-oqibatda, landshaftlarning zonal xususiyatlarini o‘zgarishiga sabab
bo‘ladi? A) Botiqlar B) Sho’rxoklar
C) Taqirlar D) Podzol
17.
Suvda tez eriydigan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda qaysi jarayon avj olib, tuproq-o‘simlik
qoplamining va, oxir-oqibatda, landshaftlarning zonal xususiyatlarini o‘zgarishiga sabab
bo‘ladi? A) Eroziya B) Karstlar
C) Suffoziya D) Nurash
18.
Yer yuzidagi qaysi hududlarda botqoqliklar keng tarqalgan?
1-G‘arbiy Sibir; 2-Qora dengiz bo’yi
3-Sharqiy Sibir; 4-Kongo botig‘i; 5-La-Plata;
6-Kaspiy bo’yi pasttekisliklari;
7-Orinoko pasttekisliklari; 8-Sharqiy Yevropa
A) 1,4,5,7 B) 2,3,6,8 C) 2,4,5,8 D) 1,2,5,7
19.
Ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo‘lib yotadigan, namsevar
o‘simliklar va torf qatlami (30 sm va undan ortiq) mavjud bo‘lgan yerlar nima deb
ataladi?
A) Sho’rxoklik B) Botqoqlik
C) Taqir D) To’qay
20.
Botqoqlar qaysi tabiat zonalarida tarqalgan?
A) Doimiy yashil o’rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar, musson
o‘rmonlari
B) Tundra, o‘rmon tundra, tayga va nam ekvatorial o‘rmonlar
C) Tundra, o‘rmon tundra, chalacho‘llar va cho‘llar, musson o‘rmonlari
D) Aralash va keng bargli o‘rmonlar, musson o‘rmonlar va qattiq bargli doimiy yashil
o‘rmonlar
21.
O‘zbekiston qaysi tabiat zonasida joylashgan?
A) chalacho‘llar B) cho’l
C) o’rmon-dasht D) dasht
22.
Qizilqum va Ustyurtning botiq relyef shakllarida ……… vujudga kelgan?
A) qumliklar B) sho’rxoklar
C) barxanlar D) taqirlar
23.
Sho‘rxoklarning Ustyurtda keng tarqalishiga sabab relyefning botiqligidan tashqari bu
yerda qanday jinslarning keng tarqalganligi bilan bog’liq?
A) bo’r, gips,mergel
B) bo’r ,gips, slanes
C) ohaktosh, slanes,mergel
D) ohaktosh,gips,mergel
24.
Daryo bo‘ylaridagi daraxt – buta – o‘t o‘simliklaridan iborat qalin changalzor o‘rmon nima
deb ataldi?
{ 212 }
A) To‘qay B) Voha
C) Vodiy D) Qayr
25.
Cho‘l va chalacho‘llarda suv chiqarilib obod qilingan yer nima deb ataladi?
A) To‘qay B) Voha
C) Vodiy D) Qayr
Do'stlaringiz bilan baham: |