Geografiya 10 sinf 2017. indd


Geoekologik  muammolarning  turlari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

Geoekologik  muammolarning  turlari.
  Geoekologik  muammo  qotib 
qolgan,  o‘zgarmas  holat  bo‘lmay,  balki  muntazam  ravishda  o‘zgaruv-
chi  va  rivojlanuvchi,  ko‘p  sonli  oddiy  muammolar  tizimidir.  Geo-
ekologik  muammolarni  bir  qancha  ko‘rsatkichlar  (xo‘jalik  sohalari 
bilan  bog‘liq,  egallagan  maydoni  bo‘yicha,  oqibatiga  ko‘ra,  kelib 
chiqish  omillari)  bo‘yicha  tasnifl ash  mumkin,  lekin  yuqorida  ta’kid-
laganimizdek,  geoekologik  muammo  muayyan  maydonda  tarkib  topib 
shakllanadi.  Shu  sababli,  bunday  muammolar  tarqalgan  maydoni 


147
bo‘yicha  –
  sayyoraviy, regional va lokal,
  ayrim  hollarda  esa  milliy 
kabi  guruhlarga  ajratiladi. 
Sayyoraviy geoekologik muammolar 
– butun geografi k qobiq doirasida 
ro‘y  beradigan  va  Yer  yuzining  barcha  qismlariga  ta’sir  etadigan, 
barcha  mamlakatlarga,  butun  insoniyatga  birdek  xavf  soladigan  eng 
murakkab  geoekologik  muammolardir.  Bularga  “Issiqxona  samarasi”  va 
iqlim  isishi,  “Ozon  tuynugi”,  Dunyo  okeani  sathining  ko‘tarilishi  va 
suvining  ifl oslanishi,  cho‘llashish  va  h.k.  kiradi.  Bunday  geoekologik 
muammolarni  bartaraf  etish  uchun  barcha  davlatlar  birlashib,  yagona 
dastur  asosida  harakat  qilishlari  lozim. Yer  yuzidagi  barcha  mamlakatlar 
o‘z  hududidagi  lokal  va  regional  muammolarni  hal  etish  orqaligina 
global  geoekologik  muammolarning  yechimini  topishlari  mumkin.   
Regional geoekologik muammolar
  –  egallagan  maydoniga  ko‘ra 
global  geoekologik  muammolardan  kichikroq  bo‘lib,  ko‘pincha  bir 
yoki  bir  necha  turlardan  tashkil  topgan  geoekologik  hodisa-jarayonlar 
kompleksidan  iborat  bo‘ladi.  Regional  geoekologik  muammolar  regional 
miqyosdagi  geotizimlarni  band  etib,  butun  Yer  yuzi  uchun  xavf 
solmasligi  mumkin,  ammo  ularning  soni  tobora  ortib  bormoqda.  Ushbu 
muammolar  ayrim  hududlargagina  tegishli  bo‘lishiga  qaramay,  ekologik 
va  ijtimoiy-iqtisodiy  oqibatlari  nihoyatda  xavfl i  va  salmoqli,  ularni  o‘z 
vaqtida  oldini  olish  va  bartaraf  etmaslik  kelajakda  keng  miqyosdagi 
og‘ir  ekologik  kulfatlarni  keltirib  chiqarishi  mumkin. 
Regional  geoekologik  muammolar  tarkib  topishi  jihatidan  oddiy  va 
murakkab  toifadagi  geoekologik  muammolarga  bo‘linadi.  Bir  turdagi 
hodisa  va  jarayonlardan  iborat  bo‘lsa  –  oddiy  toifadagi,  bir  necha 
geoekologik  hodisa  va  jarayonlardan  iborat  bo‘lsa  –  murakkab  toifadagi 
geoekologik  muammolar  deyiladi.  Murakkab  geoekologik  hodisalarning 
yechimi  ham  murakkab  bo‘lib,  ko‘p  vaqt  talab  qiladi.  U  tobora 
murakkablashish  va  yangi  hududlarni  egallash  yo‘nalishida  rivojlanadi. 
Oddiy  geoekologik  muammolar  ham  makonda  va  vaqt  mobaynida  o‘ta 
murakkablashuvi  oqibatida  murakkab  tusga  aylanishi  mumkin. 
Orol  va  Orolbo‘yi  muammosi  O‘zbekiston  va  qo‘shni  respublikalar 
hududida  joylashgan  regional  geoekologik  muammodir.  Shu  sababli 
mazkur  muammoni  bartaraf  etishda  Orol  havzasidagi  barcha  qo‘shni 
respublikalar  O‘zbekiston  bilan  hamkorlik  qilishlari  lozim  (29-rasm).
Lokal  (mahalliy)  geoekologik  muammolar 
–  regional  geoekologik 
muammolarga  nisbatan  kichikroq  maydonlarni  egallab,  bir  yoki  ikki 


148
mamlakat  hududida  joylashgan  ma’lum  geotizim  doirasida  yuzaga 
kelgan  muammolardir.  Bunday  geoekologik  muammolar  inson  xo‘jalik 
faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  tabiiy  resurslardan  intensiv  foydalanish 
va  bu  jarayonda  tabiat  qonuniyatlarini  hisobga  olmaslik,  aholining  bir 
joyda  o‘ta  zich  to‘planishi  va  boshqa  sabablar  tufayli  kelib  chiqadi. 
Yer  yuzasining  namgarchilik  hududlarida  botqoqliklarning  quritilishi, 
qurg‘oqchil  mintaqalarda  sun’iy  sug‘orish,  suvomborlar  barpo  etish, 
yaylov  chorvachiligini  rivojlantirish,  ishlab  chiqarish  korxonalarining 
qurilishi  kabi  jarayonlardagi  ayrim  xatoliklar  hamda  insonning  ba’zi 
pala-partish  faoliyati  lokal  geoekologik  muammolar  yuzaga  kelishiga  va 
keng  miqyosda  tarqalishiga  sabab  bo‘ladi.   
O‘zbekistondagi lokal geoekologik muammolarni
  ko‘rib  chiqadigan 
bo‘lsak, ularning har tarafl ama kompleks tahlili va kelib chiqishi sababiga 
ko‘ra  quyidagi  genetik  guruhlarini  ajratish  mumkin:  1)  atmosfera 
havosining  ifl oslanishi  bilan  bog‘liq  muammolar  –  yirik  shaharlar  va 
sanoatlashgan  hududlarda;  2)  suvdan  intensiv  foydalanish  bilan  bog‘liq 
muammolar – zovur suvlarining ko‘llarda to‘planishi, chuchuk suvlarning 
yetishmasligi,  chuchuk  suv  havzalarining  ifl oslanishi  va  h.k.;  3)  yerdan 
intensiv  foydalanish  bilan  bog‘liq  muammolar  –  eroziya,  sho‘rlashish, 
yaylovlarning  degradatsiyaga  uchrashi;  4)  geotizimlarga  texnogen  ta’sir 
bilan  bog‘liq  muammolar  –  konchilik  sanoati  chiqindilarining  to‘planishi, 
geotizimning  buzilishi,  og‘ir  texnikaning  yaylovlarni  payhon  qilishi  va 
h.k.;  5)  chorvaning  intensiv  boqilishi  va  buta-daraxtlarni  kesish  bilan 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish