Dars o`tish metodi va usullari:
Kompyuterni lokal boshqaruvi orqali dars o`tish. Diqqatni tortish, tushunchalar talqini, sellashib bilim olamiz, to`g’risini top …..
Darsning jihozi: Darslik, Dunyoning siyosiy xaritasi.
Darsning texnik jihozi: Kompyuterlar, slaydlar.
Darsning texnik chizmasi:
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
I
|
Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Davomat
Kun yangiligi
|
5 daqiqa
1daqiqa
1daqiqa
3daqiqa
|
II
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
1. “Diqqatni tortish mashqi”
2. Tushunshalar talqini” Jadval
|
10 daqiqa
5 daqiqa
5 daqiqa
|
III
|
Yangi mavzu:
Diqqatni jamlash: raqamli diktant
Yangi mavzuni bayoni
|
15 daqiqa
2 daqiqa
13 daqiqa
|
IV
|
Yangi mavzu ustida ishlash, mustahkamlash
1.Xarita bilan ishlash.
2. Test bilan ishlash
|
10 daqiqa
5 daqiqa
5 daqiqa
|
V
|
Darsni yakunlash:
Baholash
Uyga vazifa berish.
|
5 daqiqa
3 daqiqa
2 daqiqa
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash.
O`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish. Kun yangiliklari so`raladi.
O`tilgan mavzu bilan ishlash:
Diqqatni tortish mashqi bajariladi:
Har bir o`quvchi kompyuterda savollarni qiyinlik darajasiga qarab tanlab oladi, savollar o`tilgan mavzulardan tuzilgan va qiyinlik darajasiga qarab ballangan.
“Tushunchalar talqini” 1-jadval
Berilgan ta’rif qaysi atamaga tegishli ekanligini toping
№
|
Tushunchalar talqini
|
Tushunchalar nomi
|
Tushunchalar nomi
|
1
|
Sayyoramizdagi eng yirik geotizim
|
|
Geotizimli tuzlish darajasi
|
2
|
Geografik qobiqning eng sodda tuzilish darajasi
|
|
Geosferali tuzilish darajasi
|
3
|
Geografik qobiqning qobiqlardan tuzilganlik darajasi
|
|
Geokomponentlik tuzilish darajasi
|
4
|
Geografik qobiqning barcha komponentlarini o`zaro ta’sir va aloqalardan hosil bo`lgan murakkab tizimi
|
|
Ritmiklik
|
5
|
Tabiatdagi voqea va hodisalarning bir xil vaqtda takrorlanib turishi
|
|
Geog
rafik qobiq
|
“Tushunchalar talqini” To`gri javob:
№
|
Tushunchalar talqini
|
Tushunchalar nomi
|
Tushunchalar nomi
|
1
|
Sayyoramizdagi eng yirik geotizim
|
Geografik qobiq
|
Geotizimli tuzlish darajasi
|
2
|
Geografik qobiqning eng sodda tuzilish darajasi
|
Geokomponentlik tuzilish darajasi
|
Geosferali tuzilish darajasi
|
3
|
Geografik qobiqning qobiqlardan tuzilganlik darajasi
|
Geosferali tuzilish darajasi
|
Geokomponentlik tuzilish darajasi
|
4
|
Geografik qobiqning barcha komponentlarini o`zaro ta’sir va aloqalardan hosil bo`lgan murakkab tizimi
|
Geotizimli tuzlish darajasi
|
Ritmiklik
|
5
|
Tabiatdagi voqea va hodisalarning bir xil vaqtda takrorlanib turishi
|
Ritmiklik
|
Geog
rafik qobiq
|
“Tushunchalar talqini” 2-jadval. Geografik qonuniyatlar.
Berilgan hodisalar qaysi qonuniyatga bo`ysunishini toping
№
|
Tabiatdagi
hodisalar
|
Bir
butunlik
|
Mod.va
Ener.
alm.
|
Ritmiklik
|
1
|
Fotosintez jarayoni
|
|
|
|
2
|
Suvning aylanma harakati
|
|
|
|
3
|
Muz boshish davrida dunyo okeani sathining keskin pasayishi
|
|
|
|
4
|
Yil fasllarining almashinishi
|
|
|
|
5
|
“Kontinental ko`priklar”ning
vujudga kelishi
|
|
|
|
6
|
Vulqonlarning faolligining kuchayishi
|
|
|
|
7
|
Okean oqimlarining harakati
|
|
|
|
8
|
Muzlarning erishi natijasida dunyo okeani sathining ko`tarilishi
|
|
|
|
9
|
Quyosh, Oy va Yerning bir to`g`ri chiziqda joylashishi
|
|
|
|
10
|
Anorganik moddalardan organik moddalarning hosil bo`lishi
|
|
|
|
“Tushunchalar talqini” 2-jadval.
Geografik qobiqbibg qonuniyatlari. To`g’ri javoblar.
№
|
Tabiatdagi
hodisalar
|
Bir
butunlik
|
Mod.va
Ener.
alm.
|
Ritmiklik
|
1
|
Fotosintez jarayoni
|
|
|
+
|
2
|
Suvning aylanma harakati
|
|
+
|
|
3
|
Muz boshish davrida dunyo okeani sathining keskin pasayishi
|
+
|
|
|
4
|
Yil fasllarining almashinishi
|
|
|
+
|
5
|
“Kontinental ko`priklar”ning
vujudga kelishi
|
+
|
|
|
6
|
Vulqonlarning faolligining kuchayishi
|
|
|
+
|
7
|
Okean oqimlarining harakati
|
|
+
|
|
8
|
Muzlarning erishi natijasida dunyo okeani sathining ko`tarilishi
|
+
|
|
|
9
|
Quyosh, Oy va Yerning bir to`g`ri chiziqda joylashishi
|
|
|
+
|
10
|
Anorganik moddalardan organik moddalarning hosil bo`lishi
|
|
+
|
|
Yangi mavzu.
Diqqatni jamlash: raqamli diktant. Tegishli raqamlarni iqlim mintaqalari va tabiat zonalarga ajrating.
№
|
Nomlar
|
1
|
Subtropik
|
2
|
Ekvatorial o`rmonlar
|
3
|
Tropik cho`llar
|
4
|
Subarktika
|
5
|
Arktik cho`llar
|
6
|
Tundra
|
7
|
Tayga
|
8
|
Savanna
|
9
|
Subekvatorial
|
10
|
Ekvatorial
|
Raqamli diktant javobi.
Iqlim mintaqa nomi
|
Tabiat zona nomi
|
1
|
2
|
4
|
3
|
9
|
5
|
10
|
6
|
|
7
|
|
8
|
Yangi mavzuni bayoni
Geografik qobiqda zonallik qonuniyati geografiyadagi ilk qonuniyatlardan biridir. Iqlim mintaqalari va zonallikning mavjudligini qadimgi yunon va rim olimlari aniqlashgan. Ular Yer yuzasini bir qancha iqlim mintaqalariga ajratganlar. Zonallik qonuniyatining rivojlanishida A. Gumboldtning (XVIII asr) xizmatlari katta.iqlim va botanik-geografik zonallikni aniqladi.
Keyinchalik bu ishlar V. V. Dokuchayev tomonidan rivojlantirilib, geografik zonallik qonuniyati kashf qilindi va asoslab berildi. Hozirgi paytda, geografik zonallik haqidagi bilimlar V. V. Dokuchayev ta’limotiga asoslanadi.
Geografik qobiqda zonallik qonuniyati Yerning sharsimonligi va unga bog‘liq holda quyosh radiatsiyasining Yer yuzida notekis taqsimlanishi, dengizbo‘yi hududlarida iliq va sovuq oqimlar, okeandan materik ichkarisiga kirgan sari namlik va haroratning o‘zgarib borishi oqibatida yuzaga keladi. Natijada Yer yuzida harorat, bug‘lanish, yog‘inlar, nurash jarayonlari, tuproqlar, o‘simliklar, hayvonlar va boshqalar zonalar hosil qilib tarqalgan. Geografik zonallik faqatgina Yer (suv) yuzasida, ya’ni atmosfera, litosfera, gidrosfera tutashgan joyda yaqqol namoyon bo‘ladi, atmosferada yuqoriga ko‘tarilgan, litosfera va gidrosferada esa chuqurlikka tushgan sari zonallik yo‘qoladi. Geografik zonallik ekvatordan qutblarga tomon hamda okeanlardan quruqliklar ichkarisiga tomon geotizimlarning almashishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun kenglik zonalligi va sektorlik tushunchalari ajratiladi. Kenglik zonalligi– quyosh nurlari tushish burchagining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o‘zgarib borishi.
Geografik qobiqning eng yirik zonal birliklari iqlim (geografik) mintaqalardir. Ularning ichida issiqlik va namlik nisbatiga bog‘liq holda tabiat (geografik) zonalari ajratiladi. Tabiat zonalari – geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nis-batiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar. Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos tuproqlar, o‘simliklar va hayvon-lar tarqalgan bo‘ladi.
Shuningdek, Yerning tashqi kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayonlar – nurash, eroziya, deflyasiya, ekzaratsiya va h.k.lar ham tabiat zonalari bo‘yicha farq qiladi. Zonallik aholi joylashishi va xo‘jalik faoliyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Agar dunyoning tabiat zonalari xaritasi bilan dunyo aholisining zichligi xaritalarini taqqoslasangiz, tabiiy sharoiti qulay bo‘lgan aralash va keng bargli o‘rmonlar, musson o‘rmonlar va qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar (o‘rtadengiz) tabiat zonalarida aholi zich joylashganini ko‘rasiz. Dunyo sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan qadimgi Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim davlatlari ham aynan shu tabiat zonalarida joylashgan.
Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos iqlim, tuproq, o‘simlik va hayvonot olami, hattoki tabiiy geografi k jarayonlar shakllangan bo‘lib, inson xo‘jalik faoliyatiga, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi va qurilishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Issiq o‘lkalarda paxta, uzum, issiq va nam o‘lkalarda kofe, sitrus mevalar, choy sholi, salqin o‘lkalarda bug‘doy, arpa, sovuq o‘lkalarda esa, faqatgina issiqxonalarda sabzavot va ko‘katlar, gullar yetishtiriladi. Bino va inshootlar, ayniqsa, turarjoy binolarining arxitekturasi, ishlatiladigan qurilish materiali turli tabiat zonalarida bir-biridan farq qiladi.
Sektorlik– quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishi. Sektorlik quruqliklarda iqlim mintaqalarining ichida iqlim tiplarining ajratilishida aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, mo‘tadil iqlim mintaqasida quruqlikda dengiz, mo‘tadil kontinental, keskin kontinental va musson iqlim o‘lkalari shakllangan. Bu esa tuproq-o‘simlik qoplami va, umuman, tabiat zonalarida ham aks etgan. Iqlim o‘lkalariga bog‘liq holda aralash va keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar, musson o‘rmonlari tabiat zonalari shakllangan. Iqlim o‘lkalarining xususiyatiga monand aralash va keng bargli o‘rmonlar hamda musson o‘rmonlari meridional yo‘nalishda, o‘rmondasht va dashtlar hamda chalacho‘llar va cho‘llar esa kenglik bo‘ylab cho‘zilgan.
Azonallik qonuniyati zonallik qonuniyatidan farq qilib, Yerning ichki jarayonlari va mahalliy omillar tufayli tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarishi. Azonallikning omillari– Yer yuzini qoplagan tog‘ jinslaridagi va relyef tuzilishidagi tafovutlar, grunt suvlari sathining relyef va tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanlik xususiyatiga qarab o‘zgarishi, insonning xo‘jalik faoliyati va h.k. Bu omillar kenglik zonallik qonuniyatiga bo‘ysinmaydi. Ayniqsa, geologik-geomorfologik omillar Yerning ichki kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgani uchun boshqalariga nisbatan keng qamrovlidir. Geologik omillar ichida neotektonik (hozirgi zamon tektonik) harakatlar, ularning Yer yuzining turli joylarida har xil kuch va jadallikda ro‘y berayotgani eng muhim omillardir. Shuningdek, tog‘ jinslaring kimyoviy va fizik xususiyatlari ham faol ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, tarkibida tuzlar keng tarqalgan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda sho‘rxoklar, Yer yuzasining nishabligi kichik bo‘lgan joylarda, odatda, grunt suvlarining sathi yuza joylashgan bo‘ladi. Bunday sharoitda namlik to‘planib, botqoqliklar vujudga keladi..Torf qatlami bo`lmasa –botqoqlashgan yerlar deyiladi. Botqoqlik – ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo‘lib yotadigan, namsevar o‘simliklar va torf qatlami (30 sm va undan ortiq) mavjud bo‘lgan yerlar. Botqoqlar tundra, o‘rmon tundra, tayga va nam ekvatorial o‘rmonlar kabi tabiat zonalarida keng tarqalgan.
Cho‘l tabiat zonasida joylashgan O‘zbekistonda ham azonal omillar tufayli Qizilqum va Ustyurtning botiq relyef shakllarida sho‘rxoklar vujudga kelgan. Daryolarning qayirlarida to‘qaylar shakl langan. To‘qay– daryo bo‘ylaridagi daraxt – buta – o‘t o‘simliklaridan iborat qalin changalzor o‘rmon.
Insonning xo‘jalik faoliyati cho‘llarga suv chiqarilib, o‘zlashtirilishi oqibatida katta-katta maydonlar vohalarga aylantirilgan.Voha– cho‘l va chala-cho‘llarda suv chiqarilib obod qilingan yer
Zonal hamda azonal xususiyatlar hamma vaqt va har doim birga uchrab, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Mavzuga doir atamalar: Zonallik qonuniyati, kenglik zonalligi, sektorlik, tabiat zonalari, azonallik, azonal omillar, botqoqlik, to‘qay, voha.
Yangi mavzu ustida ishlash, mustahkamlash
1.Xarita bilan ishlash: Iqli mintaqalari kartasiga 8lik mamlakatlarini joylashtiring
2. Oflayn test ishlash. Test oflayn tarzida olinadi, o`quvchilarning foizlari chiqadi va o`quvchilar mavzuni qanchalik o`zlashtirganliklarini ko`rsatib beradi.
Geografiya fanidan test topshiriqlari
Hozirgi paytda geografik zonallik haqidagi bilimlar kimning ta’limotiga asoslanadi?
V. V. Dokuchayev B. B.A.Gumbold C. Vegener D. Varenius
Zonallik qonuniyati nimaning oqibatida yuzaga keladi?
A. Yerning sharsimonligi B. Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi o`qibatida
C. Okeanlar ta’sirida D. Relyef ta’sirida
3. Ekvatordan qutblarga tomon geotizimlarning almashinishi qaysi qonuniyatga bo`ysunadi?
A. Kenglik zonalligi B. Sektorlik C. Azonallik D. Ritmiklik
4. Issiqlik bilan namlik miqdoriga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizim nima?
A. Tabiat zonalari B. Iqlim mintaqalari
C. Geografik qobiq D. Vohalar
5. Quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari geotizimlarning o`zgarib borishi qaysi qonuniyatga bo`ysunadi?
A. Sektorlik B. Kenglik zonalligi C. Azonallik D. Ritmiklik
6. Yerning ichki jarayonlari va mahalliy omillar tufayli geotizmlarning o`zgarishi qaysi qonuniyatga asoslangan?
A. Azonallik B. Sektorlik C. Ritmiklik D. Kenglik zonalligi
7.Botqoqlarni hosil bo`lishi qaysi qonuniyatga bo`ysinadi?
A. Azonallik B. Sektorlik C. Kenglik zonalligi D. Ritmiklik
8.Mo`tadil iqlim mintaqasida 3 hil iqlim tiplarini hosil bo`lishi qaysi qonuniyatga bo`ysunadi?
A. Sektorlik B.Kenglik zonalligi C. Azonallik D. Ritmiklik
9. Voha nima?
A. Cho`l va chalacho`llarda suv chiqarib obod qilingan yerlar
B.Odamlar yashaydigan joylar
C. Tog`larning orasidagi odamlar obod qilgan joylar
D. Daryo bo`ylaridagi shaharlar
10. Iqlim mintaqalari va zonallikning mavjudligini qadimda kimlar aniqlagan?
A. Yunonlar va rimliklar B. Arablar va xitoyliklar
C. Gollandiyaliklar va normanlar D. Inglizlar va fransuzlar
O`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish, savollarga javob yozish
Xizmatimizdan foydalanganinggiz uchun tashakkur!
Xayr salomat bo’ling!
Do'stlaringiz bilan baham: |