Geografik o‘rni va chegaralari Tabiiy sharoiti va resurslari



Download 28,77 Kb.
bet7/12
Sana11.01.2017
Hajmi28,77 Kb.
#37
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sanoati. 50-yillargacha Misr sanoatida asosan oziq-ovqat, paxta tozalovchi va to‘qimachilik korxonalaridan iborat bo‘lgan. 60-yillardan sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa sotsialistik davlatlarning hamkorligida og‘ir sanoat asosi yaratildi. 70-yillardan “ochiq eshiklar siyosati” e’lon qilinib, kichik va o‘rta korxonalarni tashkil etish boshlandi.

Misr sanoat tarmoqlari ichida ishlab chiqilgan mahsulotlar qiymati bo‘yicha neft qazib chiqarish asosiysi hisoblanadi (yiliga 50mln.t.). Shu bilan birga neft qazib chiqarish sanoatida iqtisodning boshqa tarmoqlariga nisbatan bandlik katta emas (bandlik 1%). Misr neft eksportyori hisoblanadi, biroq qazib chiqariladigan suyuq uglevodorodning katta qismi (⅓dan ½ gacha) mamlakat ichida iste’mol qilinadi. 7ta neftni qayta ishlash zavodlari faoliyat ko‘rsatib ular Qohira va Aleksandriya shaharlari atrofida, Suvaysh, Tanta, Asyutda joylashgan. Tabiiy gazning yirik zahiralari asosan ichki ehtiyoj uchun foydalaniladi.

Neft- mamlakatning yoqilg‘i-energetika balansining asosi: birlamchi energiya manbalarida ¾ qismi foydalaniladi. Tabiiy gaz hissasi tez o‘smoqda va 15%dan ortdi. Gidroenergiya hissasiga 5%dan kam birlamchi manbalar to‘g‘ri keladi. Elektrenergiya ishlab chiqishda GESning hissasi (SSSR hamkorligida qurilgan Asvon baland to‘g‘oni) deyarli 50%. Biroq mamlakat gidroenergetikasi rivojining foydasi yo‘q va yoqilg‘i energetikasi tez sur’[atlar bilan rivojlanmoqda. Ko‘pchilik IESlar uglevodorod yoqil`g‘isida ishlaydi, biroq gaz va neftni tejash maqsadida yirik IES qurilishi rejalashtirilmoqda, u Avstraliyadan import qilinuvchi ko‘mir asosida ishlaydi. Misr noan’anaviy manbaalar, jumladan quyosh energiyasidan foydalanishga katta qiziqish bildirmoqda.

Neftni qayta ishlash asosida kimyoviy tola, rezinatexnika buyumlari ishlab chiqaruvchi neftkimyo sanoati rivojlanmoqda. Fosforitlarni qayta ishlash asosida (Luqsor yaqinida va Qizil dengiz bo‘yidagi portlar- Safaga va Kusayr konlari) mineral- azot va fosforit o‘g‘itlari ishlab chiqarilmoqda, ularning bir qismi eksport qilinmoqda.

Qora metallurgiya asosida 60-yillarda SSSR bilan hamkorlikda Hilvon metallurgiya kombinati qurildi. Kombinat Asvon rayonida va Bahariya vohasida qazib chiqariluvchi temir rudasidan foydalanadi. Kombinat quvvatidan to‘liq foydalanilmaydi. Mamalakatda po‘lat quyuvchi yangi tarmoq korxonalari qurilishi va loyihalash ishlari Aleksandriya rayonida va Qohiraga yo‘ldosh navqiron shahar Sadat-Sitida, Asvonda olib borilmoqda. Rangli metallurgiyada SSSR bilan hamkorlikda qurilgan Nag-Hamadidagi alyuminiy zavodi faoliyat yuritadi (Asvon GES gidroenergiyasi va Avstraliya, Gvineyadan import qilinuvchi hom ashyo asosida ishlaydi). Mashinasozlik korxonalari Qohira va Aleksandriya aglomeratsiyalarida, Suvaysh kanali zonasida, Hilvonda joylashgan. Temiryo‘l vagonlari, avtomobillar, traktorlar, kichik kemalar ishlab chiqariladi. Elektrotexnika va elektronika korxonalari ko‘payib bormoqda, ular to‘liq keltirilgan qismlar asosida ishlaydi va ko‘pincha maxsulotning katta qismi eksport qilinadi.

Qurilishlarning avj olishi natijasida mamalakatda qurilish materiallari kamomadi yetishmovchiligi sezilmoqda. 70-yillarda Misrda ishlab chiqarilgan sement mamlakat ehtiyojidan ortib qolar edi. 80-yillarga kelib esa mamlakat dunyoda sementning yirik importyoriga aylandi. O‘z ehtiyojini faqat ⅓ qismini qondiradi. Qizil g‘ishtning yetishmasligi jiddiy muammoga aylandi. Uni ishlab chiqarish uchun g‘isht fabrikantlariga Nil sohili bo‘yidagi hosildor yerning yuquri qatlami sotildi, bu esa dehqonchilikka katta zarar keltirdi. Hozirgi vaqtda bu amaliyot taqiqlangan va g‘isht ishlab chiqarish uchun dehqonchilik yerlaridan tashqarida glina qazib olinmoqda.

Misr fabrika-zavod sanoatining qadimiy tarmog‘i - to‘qimachilik. Uning uchun hom ashyo sifatida mamlakatda yetishtiriladigan uzun tolali paxtadan foydalanadi. So‘ngi yillarda import paxta va sintetik toladan foydalanilmoqda. Misr paxtasi dunyo bozorida tola sifatida xaridorgir, gazlamalari esa raqobatbardosh emas. Tarmoq korxonalari Quyi Misrda joylashgan (Al-Mahalla-al-Kubra, Al-Mansur, Damanxur va boshqalar). Dunyodagi boshqa to‘qimachilik rayonlari kabi tarmoq asosiy fondlar eskirganligi muammosiga va modernizatsiya zaruriyatiga duch kelmoqda.

Oziq-ovqat sanoatida shakar (O‘rta va Yuqori Misrda yetishtiriladigan shakarqamish asosida), tamaki (Qohira va Aleksandriya aglomeratsiyalarida, Al-Fayyumda - import qilinuvchi turk va Amerika xom ashyosi asosida), o‘simlik yog‘i (Quyi Misrdagi paxtachilik rayoni asosida) ishlab chiqarish korxonalari ajralib turadi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari ichki bozor uchun ishlab, import xom ashyosi asosida faoliyat yuritadi (yarmidan ortig‘i import qilinadi).




Download 28,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish