Geografik joylashuvi va tabiati



Download 34,69 Kb.
Sana20.01.2020
Hajmi34,69 Kb.
#35947
Bog'liq
Malayziya

Malayziya

Rasmiy nomi - Malayziya. Poytaxti - Kuala-Lumpur. Hududi - 329,8 km2. Davlat tili - malayya. Dini - islom (50%), buddizm, konfutsiylik, hinduizm, taoizm, xristianlik. Pul birligi - ringit.


Geografik joylashuvi va tabiati. Janubi-Sharqiy Osiyo davlati bo‘lib, Malakka yarimorolining janubida (G‘arbiy Malayziya) va Kalimantan orolining shimoliy qismida (Sharqiy Malayziya) joylashgan. Skarqiy Malayziya g‘arbda va janubda Indoneziya bilan (chegara uzunligi 1782 km), shimolda Bruney bilan (381 km) chegaradosh, G‘arbiy Malayziya esa shimolda Tailand (506 km) bilan chegaradosh. Shimoliy hududlari janubiy Xitoy dengizi, shimoli-sharqi Sulu dengizi, sharqi Sulavesi dengizi bilan tutashib ketgan. Chegirasining umumiy uzunligi - 2669 km. Mamlakatning Malakka yarimorolida joylashgan qismida bir necha parallel ravishda joylashgan tog‘ tizmalari va ko‘p sonli vodiylari bor. Klimantan orolida ham uncha baland bo‘lmagan tepaliklar va tog‘lar ko‘p. Bu yerda mamlakatning eng baland nuqtasi Kikabalu (4101 m) tog‘i joylashgan. Qirg‘oq bo‘ylab tekisliklar joylashgan. Mamlakatda ko‘p sonli uncha uzun bo‘lmagan, lekin sivi ko‘p daryolari bor. Yirik daryolari - Paxang, Kadjang, Kinabantang. Malayziyada qo‘rg‘oshin va volframning yirik konlari bor. Boshqa tabiiy resurslardan mamlakatda neft, mis va temir rudasi, tabiiy gaz, yog‘och, kauchuk, yog‘ daraxtlari ko‘p. Iqlimi - ekvatorial.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi - konstitutsion monarxiya. Mamlakat tarkibiga 13 ta shtat va 2 ta federal hudud (Kuala-Lumpur va Lubuan oroli). Malayziya mustaqilligi 1957-yil 31-avgustda e’lon qilingan (milliy bayram - Malayziyaning mustaqillik kuni). Qonunchilik ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Ijroiya hokimiyat premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kabinetiga tegishli. Qirol asosan davlatning vakillik funksiyalarini bajaradi. Jafar ibn Abdul Rahmon (qirol) 1994-yil 26-apreldan buyon taxtni egallab turibdi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament - Senat va quyi palata - Vakillar palatasi tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Milliy front, Birlashgan Malayya milliy tashkiloti, Malayziya-Xitoy assotsiatsiyasi, Malayziya hindular Kongressi, Umummalay Islom partiyasi, Demokratik harakat partiyasi.
Maydoni – 329,7 ming km.kv. Aholisi (2018-y.) – 32,5 mln. Poytaxti – Kuala-Lumpur. Malayziya hududi Janubiy Xitoy dengizi bilan bir-biridan ajralib turgan ikkita qismdan iborat. Bitta qismi Malakka yarimorolining janubini egallasa, ikkinchisi Kalimantan orolining shimo-liy qismida joylashgan. Malayz iyaning yarimorol qismi yonidan Hind va Tinch okeanlarini tutashtiruvchi dengiz yo‘llari o‘tadi.

Boshqaruv shakli – konstitutsion monarxiya. 


Malayziya 13 ta shtat va 3 ta federal hududni birlashtiruvchi federativ davlat. 9 ta shtati mahal-liy monarxlar tomonidan boshqariladi hamda har 5 yilda ular o‘z oralaridan bir hukmdorni davlat rahbari – qirol lavozimiga saylaydi.




Tabiiy sharoiti va resurslari. Malayziya relyefining xususiyatlariga ko‘ra tog‘li mamlakat. Asosiy foydali qazilmalari neft, qalayi, volfram, boksit, oltin, mis hisoblanadi. Neft, asosan, mamlakatning orol qismidagi dengiz sayozligidan qazib olinadi. 

Iqlimi ekvatorial, yil davomida issiq va seryog‘in. Bunday iqlim tufayli Malayziyada sersuv daryolar ko‘p. Suv toshqinlari mamlakat aholisiga katta zarar yetkazadi. Mamlakat hududining salkam 60 % ini o‘simlik va hayvonot olami juda boy bo‘lgan ekvatorial o‘rmonlar qoplaydi.




Aholisi. Malayziya aholisi tabiiy va migratsion ko‘payish hisobiga tez o‘smoqda. Urbanizatsiya darajasi 75 %, eng yirik shahar – mamlakat poytaxti Kuala-Lumpur.

Mamlakat aholisi hududiy jihatdan juda notekis joylashgan. Hududining 40 % ini egallagan yarimorol qismida mamlakat aholisining 80 % i istiqomat qiladi. Ayniqsa dengizbo‘yi hududlarida aholi zich darajada joylashgan. Mamlakat ichki qismidagi tog‘li hududlarda aholi ancha siyrak joylashgan.


Malayziyadagi eng yirik millat mamlakat aholisidagi ulushi 50%dan ziyod bo‘lgan malaylardir. Shuningdek, Malayziyada xitoyliklar, hindlar, Kalimantan orolining tub elatlari vakillari ham ancha ko‘p.


Keng tarqalgan din - islom, mamlakat konstitutsiyasiga binoan, davlat dini maqomiga ega. Ammo Malayziyada buddizm, induizm, xristianlik dinlari ham ma’lum darajada uchraydi.




Iqtisodiyoti. Malayziya iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan o‘sayotgan yangi industrial mamlakatlardan biri. Malayziya sanoati, asosan, ko‘ptarmoqli mashinasozlikka ixtisoslashgan (elektronika, maishiy texnika, avtomobil ishlab chiqarish). Shu bilan birga, neft, neft-kimyo va metallurgiya sanoatlari ham yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligi sholi, tabiiy kauchuk, moyli palma, kokos palmasi, banan, tamaki, murch va boshqa ekinlarni yetishtirishga ixtisoslashgan.

Malayziyaning tabiati va boy tarixiy-madaniy merosi mamlakatda turizmni rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. So‘nggi yillarda Malayziya xorijiy sayyohlar sonining ko‘pligi bo‘yicha jahonning yetakchi 10 ta mamlakatlari qatoriga kirmoqda.


Iqtisodi, transport kommunikatsiyatari. Chet el investitsiyalarining ko‘plab kiritilishi, ayniqsa yapon va Tayvan firmalarining sa’y-harakatlari bilan Malayziya iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan (mamlakat yarim o‘tkazgichli uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda uchinchi o‘ringa chiqib oldi) rivojlanmoqda. Neftni qay­ta ishlash, kimyo, to‘qimachilik, yog‘ochni qayta ishlash, metallurgiya kabi sanoat sohalari (mamlakat dunyodagi yirik qo‘rg‘oshin ishlab chiqaruvchi hisoblanadi), shunin­gdek, mashinasozlik, eksportning katta qismini neft va neft mahsulotlari tashkil qiladi. Gaz, temir rudasi, mis konsentrati, qo‘rg‘oshin qazib olinadi. Qishloq xo‘jaligida kauchuk va palma yog‘i (muhim eksport mahsulotlaridan biri), какао, kokos yong‘og‘i, shakarqamish, ananas, qalampir yetishtiriladi, biroq mamlakat o‘zini o‘zi oziq-ovqat bilan ta’minlay olmaydi va qishloq aholisining ko‘pchiligi qashshoq hisoblanadi.. Asosiy savdo hamkorlari: Singapur, Yaponiya, AQSH.
Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 1800 km, avtomobil yo‘llari — 39100 km. Mamlakat portlari: Joijtaun, Kelang, Kuanton, Kota-Kikabalu, Kuching, Miri, Sondakon, Sibu.
Tarixi. М. a. III ming yillikda Malayziya hududiga mongol qabilalari bostirib kirishdi. VII asrda mamlakat hududida hindular davlati tuzilgan boiib, bu davlat XIV asrgacha Shrividja imperiyasi tarkibida bo‘lib keldi. 1403-yili butun Malayziya yerlarini birlashtirgan Malokka qirolligi vujudga keldi. 1511-yili Malayziya yo’lboshchi Alfonso de Albukerk boshchiligidagi portugallar tomonidan ishg‘ol qilindi. XVI-XVIII asrlar davomida yevropalik mustamlakachilar (1641-yili portugallar o‘rnini gollandlar egallashdi, 1824-yil esa bu yerni inglizlar egallab olishdi) qo‘shni Joxar va Aga davlatlariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishdi. 1914-yili barcha Malayya davlatlari Buyuk Britaniya homiyligi ostiga tushdi. 1941-1945-yillarda Malayziya yapon qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi, lekin urushdan so‘ng yana Britaniya protektoratiga aylandi. 1948-yili tuzilgan Malayziya federatsiyasi 1956-yili muxtoriyatga erishdi, 1957-yil 31-avgustda esa Britaniya Hamdo‘stligi tarkibida mustaqillik oldi. 1963-yili Malayziya federatsiyasi tuzilgan bo‘lib, unga Malayya, Singapur, Sarvak, Sabax va Shimoliy Borneo kirgan edi. 1965-yili iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklar kelib chiqishi munosabati bilan Singapur federatsiya tarkibidan chiqib ketdi.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari


Umummalayziya islom partiyasi, 1951 yilda tuzilgan; Malayziya xind kongressi, 1946 yilda asos solingan; Malayziya xitoy uyushmasi, 1949 yilda tashkil etilgan; Malayya birlashgan milliy tashkiloti (yangi), 1988 yilda asos solingan; Demokratik harakat partiyasi, 1966 yilda tuzilgan; Milliy front, 1973 yilda 12 partiyaning hukmron koaliiiyasi (ittifoqi) tarzida tashkil etilgan. Malayziya kasaba uyushmalari kongressi, 1949 yilda tuzilgan.

Iqtisodiyoti


Malayziya – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda ishlab chiqarish sanoatining ulushi – 28,7 %, konchilik sanoatining ulushi – 9,3 %, qishloq xoʻjaligining ulushi – 17,3 %. Malayziyaning asosiy ekini – sholi boʻlsa ham, mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmogʻi kauchuk ishlab chiqarishdir. Bundan tashkari, kokos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan; koramol, choʻchqa boqiladi. Dengiz qirgʻogʻi yaqinida va darelarda baliq ovlanadi. Eksport uchun yogʻoch tayyorlanadi. Malayziya sanoatining asosiy tarmoqdari: elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati; konchilikning asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir va mis rudalari, boksit qazib chiqarish. Malayziya integral sxema, konditsioner, radio va teleapparaturalar ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri. Yiliga 24,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Kauchuk, palma yogʻi, qalay eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Hunarmandchilik (ganchkorlik, zargarlik, kashtachilik va boshqalar) rivojlangan.

Temir yoʻllari uz. 2,2 ming, avtomobil yoʻllari uz. 52,5 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji – 2,9 mln. t. dedveyt. D yengiz portlari: Kelang, Jorjtaun, Kuantan, Kuala-Lumpur. Jorjtaun, Kota-Kinabaluda aeroportlar bor.



Malayziya chetga neft, elektron va elektrotexnika buyumlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, transport vositalari (jumladan, avtomobil), rezina texnika, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, kiyim-kechak sotadi; chetdan mashina uskuna, sanoat va optika jihozlari, transport vositalari, stanoklar, oziq-ovqat sotib oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, AQSH, Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari, Janubiy Koreya, Xitoy, Tayvan. Pul birligi – ringgit (Malayziya dollari).

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari


Xalq maorifi tizimi 6 yillik boshlangʻich maktab (6 yoshdan 12 yoshgacha bulgan bolalar uchun), 3 yillik kichik oʻrta maktab va 2 yillik katta oʻrta maktab (katta oʻrta maktab huzurida ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va texnika hamda kasb-hunar taʼlimi boʻlimlari bor) dan iborat. Hunarmandchilik maktablari, oʻrta texnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlarida ham turli kas-blar oʻrgatiladi. Kuala-Lumpur universiteti (1962), Milliy universitet (1970), Texnologiya universiteti (1972), qishloq xoʻjaligi universiteti (1973), Jorjtaundagi universitet oliy taʼlim beradi. Kuala-Lumpurda Milliy kutubxona (1971), Milliy muzey (1963, arxeologiya, etn., zool. majmuasi bilan) bor. Tabiiy kauchukni tadqiq qilish instituti, Malayziya ilmiy tadqiqot instituti, oʻrmonchilik va tropik baliqchilik tadqiqot markazlari, tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti, Ijtimoiy fanlar tarixi jamiyati, Malayya tili va adabiyoti agentligi, Tamil tili jamiyati mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi


Mamlakatda nashr etiladigan yirik gazetalar: „Berita harian“ („Kun yangiliklari“, Malayziya tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1957 yildan), „Biznes tayms“ („Biznes vaqti“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1976 yildan), „Malay meyl“ („Malayya pochtasi“, ingliz tilida chiqadigan kechki gazeta, 1896 yildan), „Mingguan Malayziya“ („Malayziya hafta ichida“, Malayziya tilida chiqadigan yakshanbalik gazeta, 1964 yildan), „Nanyan shanbao“ („Janubiy dengizlar savdo gazetasi“, xitoy tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1923 yildan), „Star“ („Yulduz“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1971 yildan), „Tamil nesan“ („Tamillar posboni“, taʼmil tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1924 yildan) va boshqa Bernama axborot agentligi, 1967 yilda taʼsis etilgan. Malayziya radiosi 1946 yildan, Malayziya televideniyesi 1963 yildan ishlaydi.

Adabiyot


Adabiyoti malayya, xitoy, tamil va ingliz tillarida. Malayya tilida yaratilgan adabiyoʻt asosiy oʻrinni egallaydi. 7-asrda tarixiy, huquqiy, diniy mavzulardagi asarlar, avliyo-anbiyolarning qissalari, nasihatgoʻylik adabiyoti yaratila boshladi. Malayya adabiyotining yangi davrini boshlab bergan adib Abdullo ibn Abdulqodir Munshiydir. U oʻzining „Abdullo haqida qissa“ (1849) asarida ijtimoiy tengsizlik, johilliklarni tanqid qiladi. 1925–26 yillarda Sayd Shayx ibn Axmad al-hodining zamonaviy Misr hayotidan olib yozgan „Farida Xonim“ romani maydonga keldi. Keyinchalik Ahmad Navobi bin Muhammad Ali, Ahmad ibn Ismoil va boshqa ham koʻplab asarlar yarata boshladilar. Ahmad bin Hoji Muhammad Rashid Tol ilk bor malayya qahramonlari ishtirokidagi „Haqiqiy doʻst“ (1927), „Bu Salmami?“ (1928) va boshqa romanlar yaratdi.

30-yillarda yaigi indonez adabiyotining taʼsiri kuchaydi; A. Samad bin Ahmad, A. Baxtiyor, R. Mansur va boshqalarning milliy ruhdagi romanlari paydo boʻldi. Xususan, milliy harakat arbobi Abdulloh Siddiqning „Birga kurashaylik“ (1941) romanida vatanpar-varlik va mustamlakachilarga qarshi kurash mavzulari keng yangradi.

50-yillarda adabiyotda asosiy oʻrinni xalq hayotiga bagʻishlangan sheʼr va hikoyalar egalladi. 1950 yil bir guruh qalamkashlar – K. Mas, U. Avang, M. Asraf, A. Samad Ismoil va boshqa „50-yillar avlodi“ adabiyot birlashmasini tashkil etdilar va „Sanʼat jamiyat uchun“ degan shiorni olgʻa surdilar. Milliy ozodlik harakati adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi.

Keyingi yillarda A. Samad Sayd („Salina“), A. Vati („Aylana“), A. Ali („Inqiroz“), A. Samad Ismoil („Vazir“), Ibrohim Umar („Chapdagi qadam“), S. Usmon Kelantan („Shimoli-sharqdagi shabada“) va boshqalarning asarlarida muxim ijtimoiy muammolar koʻtarilgan.

Malayziyada tamil (S. Vadivel, J. Perumal, G. S. Shanmugam), xitoy (Sun Ya, Szyan Jen) va ingliz (Li Kok-Yang, Uy Bun-Seng) tillarida ham adabiyot rivojlanayotir.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati


Malayziya hududida miloddan avvalgi 1ming yillikning 2-yarmiga oid guldor sopol idish va haykallar (Alor-Gajax va Berxallimadagi tosh yodgorliklar), Klangda va Tembeling daryosi boʻyida harsang terrasalar, sagʻanalar, jez buyumlar topilgan. 7–8-asrlargacha hind namunalariga taqlid qilingan: Budda ibodatxonalari va haykallari tiklangan. Bezak sanʼatida oltin va kumushdan, shoyi, sopoldan foydalanilgan, kashtachilik rivojlangan. 14-asrdan islom dini kirib kelishi munosabati bilan musulmon inshootlari qurish urf boʻldi (Perax, Kedax va Joxorda 17– 18-asrlarda mayejid va maqbaralar qurilgan). 15–19-asrlarda, ayniqsa, kulolchilikda xitoylarning taʼsiri kuchaydi. 16-asrda mustamlakachilar bostirib kelgach, qad. madaniyat tanazzulga uchrab, yevropacha meʼmorlik va sanʼat shakllari joriy etila boshladi. 19-asr 2-yarmida shaharlar (Pinang, Kuala-Lumpur) rivojlandi. Yevropa, Xitoy, Hindiston, musulmon uslublari krrishmasidan iborat imoratlar qurildi. Turar joylar qoziq va toshlar ustiga, yerga yogʻoch hamda bambuk sinchlardan bar-po etildi.

20-asrdan katta shaharlar yonida Tesak, Joxor-Baru, Batter-ert kabi yoʻldosh shaharchalar barpo etila boshladi. Malayyaning „kampong“ deb ataluvchi qishloklari zich tarzda yoki yoʻllar, daryolar, togʻ vodiylari boʻylab joylashtiriladi. Malayziya daryolarida bambuk kulbali sollarni, uyqayiklarni uchratish mumkin. Mamlakatning qad. aholisi boʻlmish changalzor kishilari bambuk va palma yaprokdaridan yasalgan chaylalarda yashaydi. Yangi qishloqlarda gʻisht, temir-beton va yogʻochdan uylar qurilayotir.

20-asr boshlaridan chinni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Xonadonlarda toʻqilgan gazmoldan sarongi deb ataluvchi milliy kiyim va roʻmollar zardoʻzlik usulida tayyorlanadi. Perakda kashtachilik rivojlangan. Kelantan zargarlari zebziynat buyumlari, oʻyma naqshli idishlar, qumgʻonlar, qutichalar yasaydilar.

Malayziyaning zamonaviy tasviriy sanʼatida rassomlik, haykaltaroshlik rivojlangan. Hunarmandchilikning kulolchilik, toʻquvchilik, savat toʻqish kabi turlari saqlangan.


Kinosi[tahrir]


Har yili mamlakatga 1000 tagacha xorijiy film keltiriladi. Bunday sharoitda milliy kinematografiyaning rivojlanishi juda qiyin. Malayziyada dastlabki chinakam milliy kinofilmlar 50-yillarning oxirlarida yaratidsi. Ularning aksariyati anʼanaviy musiqiy dramalardan iborat. Rejissyor, ssenariychi, kompozitor, aktyor va xonanda P. Remli shunday dramalarni saxnalashtirishga ixtisoslashgan. Keyingi yillardagi anchagina kinokartinalar Tailand, Singapur, Filippin, Indoneziya kabi mamlakatlar bilan birgalikda yaratildi. 1981 yilda kinoni rivojlantirish tashkiloti tuzilgan. Badiiy filmlar orasida quyidagilar bor: „Xang Tuan“ (rejissyor F. Mejundar), „Se-merax Padi“ (rejissyor P. Remli), „Yigʻlama“ (rejissyor R. Timoer), „Muhabbat va qoʻshiq“ (rejissyor D. Sulong), „Ertangi kun umidida“ (rejissyor D. Shamsuddin), „Ona, onajon“ (rejissyor A. Mahmud).
Download 34,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish