Geografik axborot tizimidan foydalanib zilzilalarni pragnoz qilish va ularni takrorlanish vaqtlarini aniqlash. Favqulotta Vaziyatlar Vazirligi Geoaxborot tizimini takomillashtirish.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Favfqulotda Vaziyatlar vazirligi Geoaxborot tizimining boshqa geoaxborot tizimlari bilan integratsiyalashning avzal tomonlari va bu orqali tabiiy ofalarni oldindan prognoz qilish va aholini bundan ogohlantirish masalalari yoritilgan.
Kalit so’zlar: Geoaxborot, integratsiya, zizilalar, zilzilalarning sistematik takrorlanishi, pragnoz.
Hozirgi davrda maʼlumotlarni qayta ishlash va to’plashga bog‘liq masalalar har bir soha faoliyatida keng tarqalgan.
Geoaxborot tizimidan ilk bora XXasrning 60-yillarida AQSH va Kanada davlatlarida harbiy sohada, shu asosida yer resurslarini mavjud holati va kelajakdagi potentsialini aniqlash natijasida vujudga kelgan. 1960-yillarda, hali komputer texnologiyalari rivojlanmagan zamonda urush asoratlari batamom bartaraf etilmagan vaqtlarda zaruriyat tug’ilganligi uchun Geoaxborot tizimini tashkil etishni uddalashgan.
Hozirgi kunda bilamizki zilzilalar soni tobora ko’payib bormoqda.
2023-yil 6-fevralda Turkiyaning janubiy va markaziy qismida hamda Suriyaning gʻarbiy qismida zilzila sodir boʻldi. Gaziantep shahridan 34 km (21 mi) gʻarbda Turkiya vaqti bilan soat 04:17 da (UTC 01:17) da sodir boʻlgan zilzilaning magnitudasi kamida 7,8 va maksimal Mercalli intensivligi XI (ekstremal). Gʻayrioddiy kuchli 7,7 magnitudali ikkinchi zilzila asosiy silkinishdan toʻqqiz soat oʻtgach sodir boʻldi. Zilzila markazi Qahramanmarash viloyatining shimoliy shimoli-sharqidan 95 km uzoqlikda joylashgan. Zilzila mintaqada keng koʻlamli vayronagarchilik va minglab odamlarning oʻlimiga sabab boʻldi. Asosiy zilzila tufayli yetkazilgan talofatlar boʻyicha
Turkiya tarixida sodir boʻlgan eng kuchli zilzila boʻlib, hatto 1939-yilgi Erzincan zilzilasini ham ortda qoldirdi. Xuddi shunday magnitudali zilzila 1668-yilgi Shimoliy Anadolu zilzilasi boʻlgan edi. Zilzila, shuningdek, 1822-yildan buyon Suriyada sodir bo'lgan eng halokatli zilziladir.
Ushbu Tabiiy ofatlar O’zbekistonni chetlab o’tmagan 1866-yil 26 apreldan 27 aprelga oʻtar kechasi Toshkentda sodir boʻlgan zilzila oqibatida mozor va jome masjidlarining gumbazlari, jumladan, Xoja Ahror jome masjidi gumbazi, aholi yashaydigan imoratlar qulab, koʻplab qurbonlar boʻlgan. Bu haqda 19-asrda yashagan toshkentlik tarixchi Muhammad Solih "Tarixi jadidai Toshkand" asarida hikoya qilgan. Undan tashqari, Toshkentda 1868-yilning 4 fevral va 4 aprel, 1886-yilning 29 noyabr, 1924-yilning 7 iyun, 1946-yilning 3 noyabr kunlarida 7 va 8 balli zilzilalar boʻlgan. Bu zilzila oʻchoklari Toshkentdan tashqarida joylashgan boʻlib, kuchi 8—9 ballga yetgan. 1966-yil 26 aprel soat 5 dan 22 min. oʻtganda Toshkentda kuchli zilzila sodir bo'ldi. Zilzila oʻchogʻining chuq. 8–10 km boʻlib, energiyasi 10y joulga teng, epitsentrda (sobiq Qashqar mahallasi va Labzak oʻrnida) vertikal zarblar kuchli bulib, silkinish 8 ball, Rixter shkalasi boʻyicha magnitudasi 5,3, maksimal vayronalik maydoni — 10 km² ga yetdi. Bu maydon shim.gʻarbdan jan.sharqqa choʻzilgan.
Hozirgi kunda sodir bo’layotgan zilzilalar O’zbekiston hududiga ham o’z tasirini ko’rsatmoqda. Afg‘onistonda 11 mart kuni soat 23:24 da 4,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu zilzila Surxondaryo viloyatining ko’plab tumanlarida 2-3 ball ko’rsatkich qayd etgan.
Tojikistonda 12 mart kuni soat 20:26 da 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonning ikki viloyatida sezildi. Samarqand viloyatida 3 ball, 63 kilometr.
Jizzax viloyatida 2-3 ball, 93 kilometr.
Toshkent sh. seysmik jihatdan faol zona (8—9 balli seysmik rn)da joylashgan.. 1866—68 yillar va 1966-yildagi zilzilalar kuchli zilzilalar sirasiga kiradi. 1866-yil 26 apreldan 27 aprelga oʻtar kechasi sodir boʻlgan zilzila oqibatida mozor va jome masjidlarining gumbazlari, jumladan, Xoja Ahror jome masjidi gumbazi, aholi yashaydigan imoratlar qulab, koʻplab qurbonlar boʻlgan. Bu haqda 19-asrda yashagan toshkentlik tarixchi Muhammad Solih "Tarixi jadidai Toshkand" asarida hikoya qilgan. Undan tashqari, Toshkentda 1868-yilning 4 fevral va 4 aprel, 1886-yilning 29 noyabr, 1924-yilning 7 iyun, 1946-yilning 3 noyabr kunlarida 7 va 8 balli zilzilalar boʻlgan. Bu zilzila oʻchoklari Toshkentdan tashqarida joylashgan boʻlib, kuchi 8—9 ballga yetgan.
Favfqulotda vaziyatlar vazirligining Axborot tizimini Seysmologiya institute axborot tizimining integratsiyasi natijasida tabiiy ofatlarni bashorat qilish va ulardan aholini habardor qilish, kerakli vaziyatlarda esa ularni evakuatsiya qilishda samarali ish beradi. Seysmik faollik seysmik stansiyalar tomonidan aniqlanadi.O’zbekistiton hududida ularning soni 50 ga yaqin bo’lib zilzilalarni bashorat qilish xizmatini tashkil qilish uchun minglab stansiyalarni tashkil qilishi kerak. 5 magnitudali zilzila uchun ular orasidagi masofa 30-40 km bo’lishi kerak.
Mutaxassislar prognozlarning uch turini sanab o’tishdi :
Uzoq muddatli (o’n yillarga mo’ljallangan)
O’rta muddatli (bir necha oydan 2 yoki 3 yilgacha)
Qisqa muddatli ( bir necha soatdan bir oygacha)
Geoaxborot tizimida to’plangan ma’lumotlar va statistikalarga asoslanib zilzilalarning sistematik takrorlanish davrini va zilzila kuchini aniqlash 6 ball shkaladan baland zilzilalar kutiladigan yerlardan aholini evakuatsiya qilishni tashkil etish zarur bo’ladi.
6 ball — yer silkinish jarayonida A guruhga mansub inshootlar 2-darajali talofat, B guruhi inshootlari 1-darajali talofat koʻradi.
7 ball — A guruhidagi inshootlar 3-darajali talofat koʻradi.
8 ball - A guruhidagi inshootlar 5-darajali, B guruhidagi inshootlar ham 3,4-darajali, V guruhidagi inshootlar 2-darajali talofat koʻradi.
9 ball — B guruhidagi inshootlar 4-darajali, shuningdek, V guruhidagi inshootlar ham 4-darajali talofat koʻradi.
10 ball - B guruhidagi inshootlar 5-darajali, V guruhidagi inshootlar 4-darajali talofat koʻradi.
11 ball — B guruhidagi inshootlar toʻliq qulaydi togʻ jinslarining tik va gorizontal yoʻnalishdagi harakati kuzatiladi.
12 ball — amalda yer yuzasida tik inshoot qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |