Geografik asarlarni umumiy hususiyatlari



Download 17,62 Kb.
Sana01.12.2022
Hajmi17,62 Kb.
#875885
Bog'liq
Geografik asarlarni umumiy hususiyatlari


Geografik asarlarni umumiy hususiyatlari
Geografik asarlardan “Shaxristonxoyi Eron” (“Eron shaxarlari xakida risola”) Eronning Sosoniylar davridagi geografik xolati va ularning bunyod etilishi xakida ma`lumot beradi. “Ajoyib as-Sakiston” (“Sakiston viloyatining ajoyibotlari” nomli asar Eronning ko`xna viloyatlaridan Sakiston (Seiston)ga bagishlangan. Bu ikkala asar xam paxlaviy tilida, U111 asrning ikkinchi yarmida yozilgan. “Shaxristonxoyi Eron”ning matni va kiskacha inglizcha tarjimasi J.Asana xamda Modi tomonidan 1897 va 1899 yillari Bombayda chlp etilgan. Kadimgi Eronning ijtimoiy-siyosiy xayotiga oid ayrim ma`lumotlarni “Kornomayi Artashir Papakan” (“Artashir Papakanning ishlari xakida kissa”), “Mazdak namak” (“Mazdak xakida kissa”), “Ayatkari zariran” (“Zarira xakida rivoyat”), “Podshox Xusrav va uning maxrami” kabi tarixiy kissalarda uchratamiz. Sosoniylar lavlati ichki va tashki siyosati asoslarini o`rganishda “Andarznoma”(“Nasixatnoma”) xamda “Tojnoma” kabi etik - didaktik xarakterdagi asarlarning xam kimmati kattadir. “Shoxnoma” Abulkosim Firdavsiy(taxm. 940-1030 yy.) kalamiga mansub “Shoxnoma” asari uch kism va 65 ming baytdan iborat doston bo`lib, u 976 – 1011 yillar orasida yozilgan. Uning birinchi kismi afsonaviy bo`lib, “Avesta” materiallariga asoslanib yozilgan va Eron xamda Turon xalklarining diniy akidalari va rivoyatlaridan baxs yuritadi. Asarning ikkinchi va uchinchi kismlari muxim xisoblanadi. Ikkinchi kism kaxramonlik dostoni bo`lib, kadimgi Eron podshoxlari va ular zamonida o`tgan kaxramonlar Rustam va Kova siymolari talkin kilingan. “Shoxnoma”ning uchinchi kismi tarixiy doston bo`lib, unda Eron va Turonning zardushtiylikning paydo bo`lishidan to arablar istilosigacha bo`lgan siyosiy xayoti talkin etilgan. “Shoxnoma”ning ko`lyozma nusxalari ko`p mamlakatlarning kutubxonalarida, shuningdek O`zR FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharkshunoslik institutida saklanmokda. Asarning to`la matni Xindiston (1829 y.), Frantsiya (1838-1878 yy.), Olmoniya (1877-1884 yy.), Eron (1934-1936 yy.) va Rossiyada (1960-1971 yy.) chop etilgan, rus va o`zbek tillariga tarjima kilingan. “Shoxnoma” matnini tiklash ustida manbashunoslik tadkikot ishlarini Boysungur Mirzo ibn Shoxrux Xirotda olib borgan. Ko`p tarixchilar, xususan Muxammad Mirxond undan manba sifatida foydalangan. Alisher Navoiy bu asarda lof ko`pligini kayd etgan. Kadimgi xind manbalariSaklar, massagetlar, toxarlar va kadimgi Kanxa xalki, ularning ijtimoiy-iktisodiy xayoti xakidagi kimmatli ma`lumotlarni xindlarning epik dostoni “Maxabxarata”da xam uchratamiz. “Maxabxarata”(“Bxarata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo`lib, 100 ming baytni o`z ichiga olgan 18 uitobdan iborat. Afsonaviy shox Bxarataning ikki toifa avlodlari kavravlar va nandavlarning o`zaro adovatlari va urushlari bayon etiladi. U miloddan avvalgi X-VIII asrlarda yaratilgan. Asarda masalan, uzok Xindistonga, fikrimizcha savdo-sotik ishlari bilan borgan saklar, toxarlar va kanxalar xakida mana bu muxim ma`lumot keltirilgan: “Uning (podshox Yudxishtraning) eshigi oldida boshka xalklar bilan birga saklar, toxarlar va kanxaliklar xam navbat kutib turardilar. Paxmok sokol, peshonalari shoxlar bilan bezatilgan, ko`llarida turli-tuman sovgalar, jun, rangu, ipak va patta (ok kayinning bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolardan, paxtadan to`kilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o`tkir kilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, xar xil boltalar, ichimliklar, xushbo`y narsaoar, turli-tuman kimmatbaxo toshlar”. Kadimgi Yunon va Rim manbalari O`zbekistonning kadimgi va antik davrdagi tarixini o`rganishda kadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari xamda geograf olimlarining asarlari muxim manba bo`lib xizmat kiladi. Kuyida ulardan ayrimlari xakida ma`lumotlarni keltiramiz. Geradot (miloddan avvalgi 490-480 yillar o`rtasi – 425 y.) – yirik komusiy olim, tarix fanining “ota”si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shaxridan, 455-447 yillari evropa, Osiyo va Misr bo`ylab sayoxat kilgan. Geradot Ellada va Shark mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Elon va Skifiya)ning kadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479 yilgacha bo`lgan ijtimoiysiyosiy xayotidan xikoya kiluvchi 9 uitobdan iborat “Tarix” nomli asari bilan shuxrat topgan. Bu asar umumiy tarix yo`nalishida yozilgan birinchi kitob xisoblanadi. Shu tufayli xam Xeradot, Tsitseronnning (miloddan avvalgi 106-43 yy.) so`zlari bilan aytganda, tarix fanining “ota”si xisoblanadi. Geradot garchi o`zi bayon etayotgan vokealar ustida chukur muloxaza yuritmasa xam, ularni to`gri bayon etishi, o`zga xalklar va mamlakatlar tarixiga xurmat nuktai nazaridan karashi bilan ba`zi tarixchilardan ajralib turadi. Geradotning asarida O`zbekistonning kadimiy xalklari bo`lmish agrippiylar, issedondar, massagetlar, daylar va saklar xakida, ularning turmushi, urf-odatlari xamda ko`shni mamlakatlar bilan alokalari xakida kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz. “Tarix”ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tankidiy matni 1869-1871 yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 yy.) xamda rus (F.G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima kilingan. 1982 yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid kismlari zarur izoxlar bilan A.I.Davatur, D.P.Kallistov xamda I.A.Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan. Diodor (miloddan avvalgi 90-21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sitsiliyaga karashli Argiriya shaxridan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 kitobdan iborat asar yozib koldirgan. Umumiy tarix yo`nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning kadim zamonlaridan to milodning 1 asr o`rtalarigacha bo`lgan tarixini o`z ichiga oladi. Unda Shark xalklari, shuningdek, O`zbekistonning kadimiy xalklari skiflar, saklar, massagetlar, baktriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo`lgan munosabatlari xakida kimmatli ma`lumotlar bor. Diodorning mazkur asari ko`p jixatlari bilan ko`chirma-kompilyatsiya xisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashkari, ko`p xollarda bayon etilayotgan vokealar uzviy boglanmay kolgan. Shunga karamay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy axamiyatga egadir.
Download 17,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish