Geog 1 (38-янги). p65


Atama, tayanch tushuncha va nomlar



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/161
Sana02.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#85859
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   161
Bog'liq
geografiya 6 uzb

Atama, tayanch tushuncha va nomlar
And, platforma, „olovli halqa“, Lyulyaylyako, Akonka-
gua, Beruniy, X. Kolumb, A. Vespuchchi, A. Gumboldt,
N. I. Vavilov.


89
Nazorat uchun savollar
1. Janubiy Amerikaning asosiy xususiyatlari nimalardan ibo-
rat?
2. Qanday foydali qazilmalarni bilasiz?
3. Janubiy Amerika relyef tuzilishiga tavsif bering.
Amaliy mashg‘ulotlar
1. Materikning asosiy xususiyatlarini daftaringizga yozing.
2. Materik relyefini va foydali qazilmalarini yozuvsiz xa-
ritaga tushiring.
39- §. Iqlimi va ichki suvlari
Iqlimi. Janubiy Amerika iqlimining tarkib topishida Quyosh
radiatsiyasi, relyef, havo massalari, okean oqimlari muhim
rol o‘ynaydi.
Materik oltita iqlim mintaqasida joylashgan. Ular shimoldan
janubga quyidagi tartibda almashinadi: subekvatorial (2 ta),
ekvatorial, tropik, subtropik va mo‘tadil. Tog‘larida balandlik
iqlim mintaqalari mavjud.
Ekvatorial iqlim mintaqasi Afrikadagidek juda sernam.
Yog‘inlar miqdori 3 500 mm dan ko‘p. Yil davomida havo ha-
rorati 24 — 25 °C atrofida. Subekvatorial iqlim mintaqasida ikkita
fasl aniq ifodalanadi. Yozda yog‘in ko‘p yog‘adi (1 000 — 2 000
mm), o‘rtacha oylik harorat +25 °C dan oshadi. Qishda bir
necha oylab yog‘in yog‘maydi. Bu faslda havo harorati +20 °C
atrofida bo‘ladi.
Tropik mintaqaning sharqiy qismlari passat shamollarining
ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun Braziliya yassi tog‘ligining sharqiy
qismlariga 1 500 — 2 000 mm atrofida yog‘in yog‘adi. Bu yerlarda
yilning asosiy qismida havo nam va issiq bo‘ladi. Yanvarning
o‘rtacha harorati +25 °C, iyulda esa +17 +19 °C ni tashkil etadi.
Lekin g‘arbga tomon borgan sari havodagi namlik kamaya bo-
rib, And tog‘lariga yaqin joylarga 250 — 500 mm yog‘in tushadi.


90
Tropik mintaqaning Tinch okean sohillariga Peru sovuq
oqimi yog‘in keltirmaydi va deyarli yog‘in yog‘maydi. Natija-
da, shudring Afrikadagi Namib cho‘li kabi Atakama cho‘li
namligining yagona manbayi hisoblanadi.
Subtropik iqlim mintaqasi materikning 30° va 40° j. k. ora-
lig‘idagi hududlarni egallaydi. Mintaqaning sharqida namgar-
chilik ko‘p (1 000 — 2 000 mm), yanvarda havo harorati +25 °C,
iyulda +10 +15 °C atrofida bo‘ladi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasi materikning janubiy qismini egal-
laydi. Tinch okean sohilida yil davomida ko‘p yog‘in yog‘adi
(2 000 — 3 000 mm), qishi yumshoq, yozi salqin keladi. Minta-
qaning sharqida mo‘tadil-kontinental iqlim tarkib topgan bo‘-
lib, yog‘in 300 — 400 mm, qishi sovuq, qorli.
And tog‘larida balandlik iqlim mintaqalari tarkib topgan.
Ichki suvlari. Janubiy Amerika eng sersuv materik. Uning
eng katta va eng sersuv Amazonka daryosi 500 dan ortiq ir-
moqqa ega. Keyingi yillarda uning uzunligi Ukayali irmog‘i
bilan birga 6 992 km ekanligi aytilmoqda. Uning o‘rta oqimidagi
kengligi 5 km, quyi oqimida 80 km, quyilish joyida 320 km ga
boradi. Amazonka daryo suvining „ teskari oqish“ hodisasi
1 400 km yuqori oqimgacha kuzatiladi. Bunga okeandagi qalqish
hodisasi sababchidir. Parana  daryosi  sersuvligi va uzunligi jiha-
tidan materikda ikkinchi o‘rinda turadi. Bu daryoda dunyodagi
eng keng (kengligi 2 700 m, balandligi 72 m) Iguasu sharsha-
rasi hosil bo‘lgan. Orinoko daryosida dunyodagi eng baland
(1 054 m) Anxel sharsharasi vujudga kelgan.
Materikda ko‘llar kam. Eng yirik ko‘li — Marakaybo mate-
rikning shimolida joylashgan.  U laguna ko‘llarining tiðik vaki-
lidir. And tog‘laridagi Titikaka ko‘li Yer sharidagi eng baland-
da joylashgan katta va chuchuk ko‘ldir. U dengiz sathidan
3 810 m balandlikda joylashgan.
Janubiy Amerikaning tekislik qismlarida yerosti suvlari, tog‘-
lari va yassi tog‘liklarida buloq suvlari, qor va muzliklar ko‘p.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish