112
qutbiy va qutbyoni tabiat mintaqasiga ajratilgan.
Qutbiy tabiat
mintaqasi okeanning chuqur joylarini egallaydi. Siljib yuruvchi
muzlar bilan band. Qalashib ketgan muzlar — toroslar ko‘p
uchraydi. Organizmga eng kambag‘al
Arktika sahrolar zonasi
shu yerlarda joylashgan.
Qutbyoni mintaqasi, asosan, dengizlar hududini egallaydi.
Nisbatan organizmga (hayvonot olami va suvo‘tlariga) boy.
Yozda muzlarning ko‘p qismi eriydi.
Daryo suvlari okean suv-
larini ancha chuchuklashtiradi. Natijada,
organizmlarning rivoj-
lanishi uchun sharoit paydo bo‘ladi. Baliqlardan treska, tish-
dor (zubatka),
dengiz okuni, seld, paltus, kambala, shuning-
dek,
kamayib ketgan kitsimonlar, morj, tulen, oq ayiq ko‘p
uchraydi. Arktikada dengiz qushlari „qushlar bozori“ ni hosil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: