Geografik o‘rni. Avstraliya (lotincha „australius“ — janubiy)
to‘liq janubiy yarimsharda joylashgan. Quruqlikni shimol, g‘arb
va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o‘rab
turadi. Maydonining kichikligiga ko‘ra unga materik-orol nisba-
tini berishgan. Odam yashaydigan materiklardan ancha uzoqda
joylashgan.
O‘rganilish tarixi. Avstraliya odam yashaydigan materiklar
orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib
Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi niderlandiyalik
Uilyam Yanszondir. U 1606- yilda Keyp-York yarimorolini tek-
shirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi. Shu sana
Avstraliyaning kashf etilgan vaqti bo‘lib, geografiya tarixiga
kirdi. Keyinchalik, ispaniyalik L. Torres, niderlandiyalik A. Tas-
man va boshqalar materikni o‘rgandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |