Geografik o‘rni. Atlantika okeani beshta materik orasida
joylashgan. Shimoldan janubga 12 ming km masofaga cho‘zilgan.
Okeanning maydoni 91 mln kv km, eng keng joyi mo‘tadil
kengliklarga (9 450 km) va eng tor joyi (2 620 km) shimoliy
qismiga to‘g‘ri keladi.
O‘rganilish tarixi. Okean nomi Atlanta (yunon afsonasiga
ko‘ra, yelkasida osmon gumbazini ko‘tarib turuvchi pahlavon)
atamasi bilan bog‘liq. Dastlab 1507- yilda geografik xaritaga
„Atlantika okeani“ nomi yozilgan. Miloddan oldingi davrlarda
finikiyaliklar, arablar, rimliklar okean suvlarida suzishgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida B. Diash, X. Kolumb,
J. Kabot, Vasko da Gama, F. Magellan, J. Kuk va boshqalar
sayohatlari Atlantika okeani haqida ko‘plab ma’lumotlar berdi.
Okean tabiatini kompleks o‘rganish XIX asrning oxiridan
boshlanadi. „Chellenjer“ kemasidagi ingliz ekspeditsiyasi, Xalq-
aro geofizika yilidagi (1957 — 1958) tadqiqotlar, Jak Iv Kusto
63
ekspeditsiyasi davrida okean hayotiga va tabiat komponentlariga
taalluqli juda ko‘p ma’lumot to‘plandi.