Iqlim xususiyatlari. Afrika — eng issiq materik. Bu uning
katta qismi yoritilish mintaqasida joylashganligidandir. Sayyora-
mizdagi eng issiq harorat shu yerda kuzatilgan (Triðoli shahri
yaqinida +58 °C). Lekin eng baland tog‘larda doimiy qor va
muzliklar bor. Afrika iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari iqlim
mintaqalarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Eng issiq materik, yoritilish mintaqasi, quyosh radiatsiyasi,
o‘rtacha harorat, Triðoli, sovuq oqimlar.
Nazorat uchun savollar
1. Afrika iqlimi qaysi omillar ta’sirida tarkib topadi?
2. Nima uchun Afrikani eng issiq materik deymiz?
3. Afrikada qanday havo massalari mavjud?
Amaliy topshiriqlar
1. Afrikaning iqlim xaritasini yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Daftaringizga ko‘p va oz miqdorda yog‘in yog‘adigan joy-
larni, shamollar yo‘nalishini va ularning sabablarini yozing.
3. Relyef bilan iqlim xaritalarini taqqoslang va tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |