Geoekologiyа fanidan O’quv-uslubiy majmua


Geografik qobiqning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 309,67 Kb.
bet59/87
Sana18.02.2022
Hajmi309,67 Kb.
#456675
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
Bog'liq
геоэкология маруза

Geografik qobiqning o‘ziga xos xususiyatlari
Geografik qobiq murakkab tizim bo‘lib, juda uzoq vaqt davomida shakllanib hozirgi holatini olgan. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Geografik qobiq moddiy tarkibining va tuzilishining o‘ziga xosligi va xilmaxilligi. Geografik qobiqda moddalar uch agregat holatda uchraydi (qattiq, suyuq,gaz). Ulaming fizik xossalari (zichlik, issiqlik 0‘tkazuvchanligi, issiqlik sig‘imi, yopishqoqlik, darzlanganlik darajasi, Quyosh nurlarini qaytarish xtossasi va h.k.) juda katta oraliqlarda o'zgaradi. Moddalaming kimyoviy xossalari turlicha. Bundan tashqari geografik qobiqda moddalar tuzilishiga ko‘ra noorganik, organik va aralash turlarga bo‘linadi. Moddalaming har bir ajratilgan turi o ‘z navbatida yana yuzlab va minglab xillarga bo‘linib ketadi. Tirik organizmlaming turlari esa 1,5 mln. dan 2 mln. gacha yetadi.
2. Geografik qobiqqa kelayotgan issiqlik va uning o‘zgarishining nihoyatda xilmaxilligi. Geografik qobiqqa issiqlik Koinotdan va Yeming ichki qismidan keladi. Ular nihoyatda xilma-xildir. Ulaming 
o ‘zgarishi ham turlicha. Issiqlik o ‘zgarishining turlari ichida uni organik modda sifatida to‘planishi katta ahamiyatga ega. Quyoshdan kelayotgan issiqlik yog‘och, ko‘mir, neft, torf, yonuvchi slanes kabi organik moddalarga aylanadi. Ular yoqilganda Quyosh issiqligi yana 
qaytib chiqadi.
3. Yeming sharsimonligi Yer yuzasida issiqlikni notekis taqsimlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa geografik qobiqda muvozanatsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur muvozanatsizlikni kelib chiqishiga Yer yu­
zasida quruqlik va suvlikni, muzliklar, qor qoplamini, relyefni, murakkab taqsimlanishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Geografik qobiqdagi muvozanatsizlik turli xil harakatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunday harakatlarga issiqlik oqimi, havo harakatlari, suv oqimlari, tuproq eritmalari, kimyoviy elementlar migratsiyasi, kimyoviy reaksiyalar va h.k. kiradi. Modda va issiqlikning harakati geografik qobiqning hamma qismlarini bir-biri bilan bog'laydi va uni bir butunligi va yaxlitligini ta ’minlaydi.
4. Geografik qobiqning moddiy tizim sifatida rivojlanishi davomida uning tuzilishi murakkablasha borgan, undagi moddalarning turlari va issiqlik gradiyentlari orta borgan. Geografik qobiq rivojlanishining 
m a’ium bir bosqichida unda hayot vujudga kelgan. Hayot bu moddiy jism harakatining eng yuqori shaklidir. Hayotning vujudga kelishi bu geografik qobiq rivojlanishining qonuniy natijasidir. Tirik mavjudotlaming faoliyati esa Yer yuzasi tabiatini sifat jihatdan o ‘zgarishiga olib keldi.
5. Geografik qobiqning shakllanishi va rivojlanishida fazoviy omillarning ahamiyati ham ulkandir. Fazoviy omillarga quyidagilar kiradi: Yeming og‘irligi, Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa, Yerning o ‘z o ‘qi va Quyosh atrofida aylanish tezligi, magnitosferaning mavjudligi. Magnitosferaning mavjudligi Yer uchun qulay termodinamik sharoitni keltirib chiqaradi. Faqat Yerdagina juda murakkab moddiy tizimning vujudga kelishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan.
6. Geografik qobiq mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega. Atmosferaning, okeanning, muzliklarning tarkibi va og‘irligi, Yer yuzasida quruqlik va suvlikning taqsimlanishi, turli xil relyef shakllarining joylanishi va qiyofasi juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular mustaqil o ‘lchamlarga ega. Yer yuzasi qanday tabiiy ofatlar natijasida tabiat o‘zgarmasin m a’ium vaqt o‘tishi bilan asta-sekin qayta tikla- 
nadi. Masalan, to‘rtlamchi davrdagi muz bosish davrlarida Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy hududlarida tabiat komplekslaritamoman nobud bo‘lgan. Ammo muz qaytgandan keyin mazkur Yerning havo qobig‘i (asosan troposfera), Yer po‘sti, suv qobig‘i (okean 
va quruqlik suvlari) va hayot qobig‘i (o‘simlik va hayvonlar) geografik qobiqning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ulardagi moddalar esa komponentlami hosil qiladi.Geografik qobiqda bir nechta tuzilish darajalari ajratiladi: geo- komponent, geosferali va geotizimli.

Download 309,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish