Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/78
Sana14.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#669854
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
A. Nigmatov, J. Musayev
GEOEKOLOGIYA ASOSLARI
VA TABIATDAN FOYDALANISH
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
TOSHKENT
«NISO POLIGRAF»
2017


UO‘K 574
KBK 20.1
G 35
Taqrizchilar:
Sanginov S.
 

O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy 
Kengashi raisi o‘rinbosari, f.f.d., professor.
Daulatov E.
 

Toshkent gidrometeorologiya kasb-hunar 
kolleji direktori.
Ilxamdjanova
 
D.
 

Toshkent gidrometeorologiya kasb-hunar 
kolleji maxsus fan o‘qituvchisi.
Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish. O‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma/ 
A. Nig matov, J. Musayev. – T.: «Niso Poligraf», 2017.

120 b.
Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 
«Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi» mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim 
olayotgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Garchi geoekologik ta’limning 
tarixi O‘zbekistonda uch o‘nyillikni qamrab olsa-da, mazkur o‘quv qo‘llanma 
mamlakatimizda ilk bor tegishli yo‘nalishga oid o‘quv adabiyoti sifatida chop 
etildi. O‘quv qo‘llanmadan ekologiya, geoekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish bo‘yicha qiziquvchi pedagoglar, talabalar, tadqiqotchilar va boshqalar ham 
foydalanishlari mumkin.
UO‘K 574
KBK 20.1
O‘rta maxsus, kasb-hunar markazi ilmiy-metodik
Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-4870-1-7 
© Nigmatov A., Musayev J., 2017. 
© «Niso Poligraf» nashriyoti, 2017.


3
KIRISH
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab O‘zbekistonda 
atrof-muhit muhofazasi, ekologik fan, ta’lim, tarbiya va 
madaniyatga juda katta e’tibor berildi. Zero, sobiq Ittifoq 
mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 128 ta moddasidan 5 tasi 
(50, 54, 55, 93, 100) bevosita, qolgan 123 tasi va muqaddimasi 
bilvosita tarzda ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga 
solishga qaratildi. Mustaqillik Konstitutsiyasi bilan bir paytda, 
ya’ni 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza 
qilish to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida aks ettirilgan 
milliy ekologik prinsiplarning ikkinchi xatboshisida 
“...barcha 
turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o‘quvining majburiyligi”
aks ettirilgan. Chunki XX asrning oxiri va XXI asrning 
boshiga kelib kishilik jamiyatining atrof tabiiy muhitga ta’siri 
har doimgidan ko‘ra bir necha chandon ortib ketdi. Orol va 
Orol bo‘yi, Chernobil va Fukisimo AES, Chad va Balxash 
kabi ekologik inqirozli hududlarning paydo bo‘lishi, biologik 
xilma-xillikning kamayishi, iqlimning keskin o‘zgarishi, tabiiy 
tusdagi favqulodda vaziyatlarning ko‘payishi organizmlar, 
jumladan, insonlarning yashash muhitiga o‘z salbiy ta’sirini 
o‘tkaza boshladi. Globallashuv jarayonining kuchayishi 
esa ushbu salbiy holatlardan hech bir davlat, jumladan, 
O‘zbekiston ham chetda tura olmasligini ko‘rsatmoqda.
Xalqaro hamjamiyatning faol va mustaqil ishtirokchisiga 
aylangan respublikamizda barqaror rivojlanishga erishishning 
yagona yo‘li ekologik xavfsiz, iqtisodiy ta’minlangan, ijtimoiy 
muhofazalangan va barqaror birlashgan hayot tarzini shakllan-


4
tirishdir. Undan tashqari, tabiatda jadal sur’atda kechayotgan 
voqea va hodisalar ma’muriy chegaraga bo‘ysunmay qo‘ydi. 
Shuning uchun ham ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabi-
at resurslaridan oqilona foydalanish tuman, viloyat va respub-
lika bo‘yicha emas, balki muayyan tabiiy geotizimlar doirasida 
olib borish kerakligini ko‘rsatmoqda. Mazkur muammoning 
yechimi geografik ekologiya, ya’ni geoekologik tadqiqotlarning 
maqsadi va vazifasiga mos tushadi. Chunki mazkur fan aniq 
bir geotizimlarga inson faoliyatining ta’siri natijasida tabiatda 
yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarni o‘rganadi va tegishli chora-
tadbirlarni ishlab chiqadi. Buning asl mohiyati ona tabiatni 
muhofaza qilish, uning resurslaridan oqilona foydalanish va 
buzilgan tabiat majmualarini qayta tiklashga qaratilgandir.
2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-
rishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasining 5.1-bandi, 4-xatboshida 
“Atrof tabiiy muhit, 
aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik 
muammolarni oldini olish” 
masalasi davlat siyosati darajasiga 
olib chiqilgan. Mazkur maqsadga erishmoq uchun butun 
dunyo hamjamiyati tomonidan umume’tirof etilgan barqaror 
rivojlanishning geoekologik jihatlariga doir ta’lim va tarbiya 
tizimini yanada takomillashtirish va geoekologik bilimlarni 
keng targ‘ib qilish vazifalari o‘ta dolzarbdir.
Geoekologik ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizim-
dagi o‘quvchilarni hayotga, jumladan mehnatga tayyor lashning 
tizimlashgan, muddatli, rasmiy, tegishli geoekologik bilim, 
ko‘nikma va malaka berish hamda muayyan kompetentlik da-
rajasiga olib chiqish vositasi. Geoekologik tarbiya kichik kasb 
egasini yuksak ekologik ma’naviyatli shaxs etib tayyorlashning 
uzluksiz jarayoni. Geoekologik ta’lim va tarbiya esa ekologik 
madaniyatli shaxsni tayyorlashning bir yo‘lidir. Chunki 
zamonamizda yuksak geoekologik ma’naviyatli (mafkuraviy, 
g‘oyaviy va informatsion jihatdan shakllangan) va ma’rifatli (il-
miy va ijodiy ustuvorlik ruhida tarbiyalangan) shaxsgina amal-
da ekologik xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo‘sha oladi.


5

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish