Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy-ekologik munosabat
shakli
–
mavjud ekologik tizimlarni saqlab qolish darajasidagi
kishilarning hayot tarzi.
Bunda kishilarning har qanday
shakldagi ekologik harakatlari davlat tomonidan to‘laligicha
qo‘llab-quvvatlanadi. Tabiiy resurslarni kamaytirish va atrof-
muhitni ifloslantirish nafaqat fuqarolarga, hattoki davlat
idoralari xodimlariga na moddiy va na ma’naviy foyda
keltiradi. Masalan, AQSH «Atrof tabiat
ni muhofaza qilish
milliy siyosati» (NePA) qonuniga binoan, hamma jismoniy,
74
yuridik shaxslar, hattoki, davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari ham biron-bir tabiiy obyektdan foydalanishlaridan
avval turli ko‘rinish va shakldagi ekologik test sinovlaridan
o‘tadilar va tabiatga ta’sir etishi «ariza»sini topshiradilar. Test
sinovlari natijasining biron bosqichidanoq 10% «ariza»lar
sudlarga kelib tushadi. AQSH prezidentining ijroiya qo‘mitasi
qoshidagi Tabiatni muhofaza qilish Kengashiga kelib tushgan
arizalar ro‘yxati va sudlarning qabul qilgan qarorlari to‘g‘risida
ochiq ma’lumotlar e’lon qilinadi. Undan tashqari, tabiatni
muhofaza qilish bo‘yicha har bir shtat o‘ziga yarasha qonun
qabul qilish imkoniga ega. Chunki shtatdagi ekologik holat,
avvalambor, mahalliy aholiga ta’sir qiladi-da.
Tabiiy muhitni inqirozga, ijtimoiy muhitni falokatga olib
kelmaslik uchun biz yaqin kelajakda bosqichma-bosqich
ekologik munosabat shakliga o‘tib olishimiz zarur.
Jamiyat-
ning tabiatga nisbatan ekologik munosabat shakli
–
atrof-
muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
va ekologik tizimlarni qayta tiklash hamda sog‘lomlashtirishga
qaratilgan kishilarning hayot tarzi.
Ekologik munosabat shak-
lida davlat boshqaruv tizimi, avvalambor, ekologik nobop
hudud va obyektlarni tiklashga qaratiladi. Bunda ishlab
chiqarish texnologiyasi, birinchi navbatda, kam chiqitli yoki
yopiq
–
chiqitsiz siklni talab etadi. Ekologik ong va madani-
yat kishilarning jamiyatda tutgan o‘rni va ijtimoiy nufuzi-
ni belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Ekologik qonunlar
va normativ hujjatlar nafaqat bevosita, balki bilvosita ham
ekologiyalashtirilgan, amaliy tatbiqi esa ekologik-huquqiy
mexanizmga to‘liq asoslanishni taqozo etadi. Tabiiy resurslar-
dan foydalanishni cheklash va tabiiy obyektlarni qayta tiklash
bir mamlakat miqyosida emas, balki ekologik xavfli hududlar
bo‘yicha amalga oshiriladi va davlatlarning alohida muhofaza
qilish obyektiga kiritiladi. Ekologik muammolar davlatlarning
yangi bar qaror rivojlanish konsepsiyasi nuqtayi nazaridan hal
etiladi.
75
Do'stlaringiz bilan baham: |