tabiat va inson o‘r ta-
si dagi geoekologik munosabat prinsiplariga quyidagilar kiradi:
1.
Tabiiy hodisa va jarayonlar ko‘pqirralidir
. Shuning uchun
ham ular har tomonlama obyektiv baholanishi va xalqaro
ekspertizadan o‘tishi lozim. Bu degan so‘z
har bir tabiiy
hodisa yoki jarayonga xo‘jalikning birlamchi sohaviy zaruriyat-
ga qarab yondashish talab etiladi. Lekin mazkur sohaviy
yondashuv, avvalambor, insonlar yashaydigan geotizimlarni
saqlab qolish va ularni qayta tiklash nuqtayi nazaridan amalga
oshirilishi maqsadga muvofiq. Markaziy Osiyo mintaqasi
tabiiy sharoitida har qanday o‘rmon geotizimlari qurilish
yoki kimyoviy xomashyo manbayi emas, balki ekologik tizim
yoki landshaftlarni bir me’yorda ushlab turuvchi element
sifatida qaralishi kerak. Mintaqaning hech qancha maydonini
egallamaydigan siyrak daraxtzor va butazorlar suv hamda tuproq
muhofazasida «yashil qalqon», iqlimni mo‘tadillashtiruvchi
«konditsioner», aholining madaniy dam olishini ta’minlaydigan
«oromgoh» sifatida qarashni taqozo etadi.
Suv fondidagi daryolar Markaziy Osiyo sharoitida birinchi
navbatda, sug‘orish va aholining maishiy xizmati uchun
mo‘ljallanishi kerak. Chunki issiq iqlim (arid zona) sharoitida
suv aholi uchun hayot manbayi. Sibir, Uzoq Sharq kabi sovuq
yoki Janubiy Sharqiy Osiyo nam iqlimli mintaqalar uchun
56
daryolar, avvalambor, aholining transport xizmatini bajaruvchi
va arzon energetika manbayi hamda ishlab chiqarish
xomashyo si bo‘lib hisoblanadi.
2.
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish mintaqaviydir,
ya’ni mahalliy va regional sharoitlarni
(tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy) inobatga olgan
hol
da geoekologik tadbirlarni olib borish qoidasi demakdir.
Mintaqaviy barqaror rivojlanishning tayanchi bo‘lgan tabiat
boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish tabiiy
resurslarni har tomonlama baholashni, istiqbolli yo‘nalishlarni
aniq lashni, mahalliy sharoit va geoekologik vaziyatni inobatga
olgan tarzda ularni amalga tatbiq etishni talab etadi.
Chunki Markaziy Osiyo mintaqasida tabiiy obyektlarning
son hamda sifat ko‘rsatkichlari maydon va makon bo‘yicha
bir tekisda joylashmagan. Biron-bir mintaqada ma’lum bir
tabiiy obyekt yoki resursning mo‘lligi ikkinchi bir mintaqada
uning yetishmasligini qoplamaydi yoki biron-bir mintaqada
geoekologik xavfsiz muhit sharoiti ikkinchi bir mintaqaning
ekologik inqirozini bartaraf etishga asos bo‘la olmaydi.
3.
Tabiiy hodisa va jarayonlar o‘zaro uzviy bog‘langandir.
Yuqoridagi geoekologik prinsiplarning davomi sifatida shuni
aytish kerakki, tabiatning ma’lum bir obyektini muhofazalash
yoki uni buzish qolgan tabiiy obyektlarga o‘z ijobiy yoki
salbiy ta’sirini albatta o‘tkazadi, ya’ni u
«zanjir reaksiyasi»
usulida ishlaydi. Masalan, tabiatda daryo va ko‘llarni
muhofazalash o‘z-o‘zidan undagi baliqlarni hamda suv
o‘tlarini muhofazalashga olib keladi. O‘rmonlarni asrash esa,
avvalambor, ulardagi hayvonot dunyosini saqlashga, so‘ngra
atmosfera havosi va suvlarning tozaligini ushlab turishga,
tuproqning unumdorlik xususiyatini saqlab qolishga imkon
beradi. Aksincha, o‘rmonlarda tuproq unumdorligini yo‘qotish,
o‘simlik dunyosining siyraklashuviga, ularda yashovchi va
oziqlanuvchi hayvonot dunyosining kamayishiga yoki qirilib
ketishiga olib keladi. Geotizimdagi bir obyekt muhofazasini
ikkinchisi orqali amalga oshirish qonuniyatini shakllantiradi.
57
4. «Zanjir reaksiyasi» qonuniyatining davomi,
tabiatda
hamma narsa muvozanatdadir.
Masalan, Afrika qit’asidagi
milliy bog‘larda tashkil etilgan qo‘riqxonalarda fillar sonining
ko‘payib ketishi u yerdagi o‘simlik dunyosining siyraklashuviga
va tuproq unumdorligining pasayishiga olib kelmoqda. Shuning
uchun ham, ma’lum bir obyekt muhofazasiga qaratilgan ekologik
tadbirni, qolgan tabiiy obyektlar imkoniyatlariga mos ravishda va
ilmiy asoslangan tarzda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
5. Yuqorida zikr etilgan to‘rt ekologik prinsip bizlardan
tabiat mu hofazasiga
kompleks yondashuv
prinsipini tatbiq
qilishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish va shu bilan bir
qatorda, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni biron-bir soha
yoki yo‘
na
lish bo‘
yicha to‘liq amalga oshirib bo‘lmaydi. Unga
kompleks ravishda
–
sohalararo boshqaruv va nazorat asosida
yondashuvni talab eta
di. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya
va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ning faoliyati
xuddi ana shu komplekslilik prinsipiga asoslangandir.
6.
Milliy, regional va global ekologik manfaatlar birligi
yoki
tabiatni muhofaza qilish sohasida mahalliy, mintaqaviy va xal qaro
manfaatlarni uyg‘unlashtirish umumiy geoekologik prinsipdan
kelib chiqadi, ya’ni tabiatda ketayot
gan barcha jarayonlar va
hodisalar hech qanday ma’muriy chegaralarga bo‘ysunmaydi.
Shuning uchun ham har bir davlatning milliy ekologik
qonunchiligida xalqaro ekologik normalarni implementatsiya
(tatbiq) qilish zarur. Hech qachon atmosfera havosiga
chiqazilayotgan is gazi shu yerda muallaq holda turib qolmaydi,
balki qo‘shni davlat va xalqaro hamjamiyatga xavf tug‘di
radi.
Norin yoki Vaxsh daryo suvini milliy mulk obyekti sifatida
qaralmaydi yoinki uni tovarga aylantirib bo‘lmaydi, zero suvni
sotib olmasalar zaxira sifatida saqlab qo‘yishning iloji yo‘q. Orol
muammosi aynan shu tariqa global muammoga aylangandir.
7.
Ekologik javobgarlikning muqarrarligi
prinsipi ekologik
huquqbuzarlarga nisbatan (xoh u tabiatni muhofaza qilish, xoh
tabiiy resurs lardan oqilona foydalanish bo‘ladimi), albatta, salbiy
yuridik oqibatlarni keltirib chiqarishi lozim. Shuning uchun ham
58
xalqaro munosabatlarda va ayniqsa, Markaziy Osiyoda, tabiiy
resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan
har qanday davlatlararo shartnoma, deklaratsiya, rezolutsiya va
shu kabi yuridik hujjatda javobgarlik sanksiyalari belgilangan,
ularni amalga oshirish mexanizmi aniq qilib ko‘rsatilgan bo‘lishi
lozim. Aks holda huquqiy negilizm odatiy holatga aylanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |