To‘g‘ri kestirma — joydagi A va B nuqtalarga tegishli plan- shetdagi a va b nuqtalardan foydalanib, joydagi C nuqtaning plan- shetdagi o‘rni c ni aniqlash talab qilinadi (100- a rasm). Buning uchun menzula A nuqtaga o‘rnatilib, AB chiziq bo‘yicha yo‘nalish aniqlanadi. Kipregel chizg‘ich a nuqta orqali aylantirilib, ko‘rish trubasi joydagi C nuqtaga qaratiladi va planshetda ac yo‘nalish chiziladi. Bundan keyin menzula B nuqtaga o‘rnatilib, ba chiziq bo‘yicha yo‘nalish aniqlanadi. Kipregel chizg‘ichi B nuqtaga qo‘yilib, truba C nuqtaga qaratiladi, ba va bc yo‘nalishlar chiziladi, ac va bc chiziqlarning kesishish nuqtasi c joydagi C nuqtaning planshetdagi o‘rni bo‘ladi.
Bayon etilgan usulda joydagi bir necha nuqtalarning planshet- dagi o‘rinlari aniqlansa, u geometrik tarmoq deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |