ELEKTROMAGNITLI DALNOMERLAR YORDAMIDA MASOFA O‘LCHASHNING
ASOSIY PRINSIPLARI
Zamonaviy geodezik chiziqli o‘lchashlar radio va optik dia- pazondagi elektromagnit to‘lqinlardan foydalanuvchi elektronli dalnomerlarda bajariladi (45- rasm). Bunday dalnomerlarda maso- fa o‘lchash prinsipi o‘lchanadigan oraliq bo‘lib elektromagnit to‘l- qinlarini tarqalish tezligi va vaqtini aniqlashga asoslangan. Elek- tronli dalnometriyaning hamma metodlari asosida quyidagi munosabat yotadi:
bunda: D — izlanayotgan masofa, u — atmosferada elektromagnit to‘lqinlari (EMT)ning tarqalish tezligi, t — EMTning oraliq bo‘ylab to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda tarqalish vaqti.
Har qanday dalnomerli apparatura tarqalish vaqti t to‘g‘risidagi informatsiyani yetkazadi, t tezlik esa vakuumdagi yorug‘lik tezligi c = 299792458 ± 1,2 m/s ma’lum qiymati va metereologik o‘l-
45- rasm. Elektron dalnomerli asboblar:
a — Svetodalnomer: Áëåñk—2; CT—10; b — elektronli taxeometr 3TA—5 (Total stansiya 3TA5).
7 7
c
chashlar bo‘yicha aniqlanadigan atmosferada nurning sinish koef-
fitsiyenti n dan foydalanib, J = n formula bo‘yicha aniqlanadi.
Dalnomerli moslamalarda vaqtli interval t — bevosita o‘lcha- nadi yoki bu vaqtli intervalning ma’lum funksiyasi bo‘lgan boshqa parametr aniqlanadi.
Masofa o‘lchashning hamma metodlarining fizik mohiyati elek- tromagnit nurlanish bilan bog‘liq bo‘lgan ayni bir parametrni o‘lchanadigan ikkilangan distansiyadan oldin va o‘tgandan keyin taqqoslashga asoslangan. Buning uchun o‘lchanadigan chiziqning bir uchida peredatchik (uzatkich) va priyomnik (qabul qilgich) bo‘ladi. Ayni bir signal uzatkichdan priyomnikka bir vaqtda ikkita har xil yo‘l bilan: bevosita (distansiyaga chiqmasdan) va o‘lchanadigan distansiya orqali yo‘naltiriladi. Birinchi yo‘l tayanch kanali yoki trakt, undan ketayotgan signal tayanch signal deyiladi. Ikkinchi yo‘l distansiyali (informatsiyali) kanalni tashkil etadi va tegishlicha qaytargich (otrajatel)dan kelayotgan signal distansiyali yoki informatsiyali signal deyiladi. Priyomnikda tanlangan parametr bo‘yicha tayanch va informatsiyali signallarni taqqoslash amalga oshiriladi yoki boshqacha aytganda, o‘lchangan masofa to‘g‘ risida informatsiyaga ega bu parametr bo‘yicha farq aniqlanadi. Tayanch va informatsiyali signallarni taqqoslash uchun olingan parametr o‘lchash metodini aniqlaydi. Bunday parametrlar sifatida nurlanish impulsining kelish vaqti, uzluksiz yoki impulsli nurlanishni modullashtiruvchi signal fazasi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra masofa o‘lchashning vaqtli (impulsli) informatsiyali, fazali, chistotali metodlari farqlanadi.
Masofa o‘lchashning fazali metodi geodezik dalnomerlarda eng ko‘p tarqalgan va bir necha metrdan o‘nlab kilometrgacha masofalarni o‘lchash uchun qo‘llanadi. Amalda hamma sveto (yorug‘lik) yoki radiodalnomerlar, shuningdek, ko‘pchilik radio- geodezik sistemalar (RGS)da faqat shu metoddan foydalaniladi. Svetodalnomer Áëåñk 2CT—10 (45- a rasm) tomonlari uzunligi 10 km gacha bo‘lgan poligonometriyada va zichlash tarmoqlarini barpo etishda qo‘llaniladi. Masofa o‘lchash o‘rta kvadratik xatoligi
£( 5 ± 3 ½ 1 0 -6D ) mm.
Elektromagnit dalnomerlarda masofa yuqori aniqlikda o‘lchanadi. Masalan, elektronli taxeometr 3TA5 da (45- b rasm) 5 km gacha bazali chiziqni o‘lchash o‘rta kvadratik xatoligi mD = (10 + 3 ½ 10-6D) mm, D = 5 km bo‘lsa, mD = 2,5 sm.
7 8
Do'stlaringiz bilan baham: |