Geodeziya laboratoriya


O‘LCHASH XATOLIKLARI VA XATOLIKLAR NAZARIYASI



Download 6,9 Mb.
bet29/150
Sana01.01.2022
Hajmi6,9 Mb.
#284754
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   150
Bog'liq
Geodeziya (O'.O'tanov)

O‘LCHASH XATOLIKLARI VA XATOLIKLAR NAZARIYASI

Bir kattalikni ko‘p marta o‘lchash qanchalik tirishqoqlik bilan bajarilsa ham, uning natijalari bir-birlaridan va bu kattalikning haqiqiy o‘lchamidan birmuncha farq qiladi. Agar o‘lchash mukam- malroq asboblar, usullarda, tajribali kuzatuvchilar tomonidan qulay tashqi muhitda bajarilsa, ularning izlanayotgan natijalari mutloq miqdori bo‘yicha kichikroq xatoliklarga ega bo‘ladi. Lekin bunday holda ham xatoliklar ta’siridan qutulish mumkin emas. Shu sababli o‘lchashlar zaruriy aniqlikda bajarilishi kerak, ortiqcha aniqlikka erishish katta xarajatlarga, yetarli bo‘lmagan aniqlik esa kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘lchash natijasi l bilan o‘lchangan kattalikning aniq (haqiqiy) qiymati x orasidagi

D = l - x (3.1)
farq xatolik deyiladi.

U yoki bu kattalikning o‘lchangan (hisoblangan) qiymatini na- zariy qiymatdan farqi ham (3.1) formula bo‘yicha hisoblanadi, u holda natija bog‘lanmaslik deyiladi. Masalan, xaritada yassi uchburchak burchaklari o‘lchanib, ularning yig‘indisi 179°30¢ bo‘lsa, uning nazariy qiymati (x = 180°) dan farqi bog‘lanmaslik f = 179°30¢ - 180° = -30¢ bo‘ladi. Xatoliklar kelib chiqishiga ko‘ra qo‘pol, muntazam va tasodifiy xatoliklarga bo‘linadi.



Qo‘pol xatolik deb xatoliklar qatorida mutloq qiymati bo‘yicha boshqalardan katta farq qiladigan miqdorga aytiladi. Masalan, chiziqni o‘lchashda lentani yotqizish sonini sanashda adashish yoki uning teskarisi tomonidan sanoq olish kabilar. Qo‘pol xatolik o‘lchovchi shaxsning o‘z ishiga befarq qarashidan kelib chiqadi, qayta o‘lchash orqali topiladi va tuzatiladi.

4 4



Muntazam xatolik deb xatoliklar qatorida bir xil ishora va qiymatlar bilan takrorlanadigan xatoliklarga aytiladi. Muntazam xatolikda o‘lchayotgan shaxs qo‘llanilayotgan asbob va muhit xa- toliklariga bo‘linadi. Masalan, lentaning qabul qilingan (nominal) uzunligini haqiqiy uzunligidan farqi, lenta uzunligining havo temperaturasiga qarab o‘zgarishi, o‘lchovchi shaxsning sanoqni oshirib yoki kamaytirib olishga odatlangani kabi xatoliklar bo‘ladi. Demak, bu xatoliklarni kelib chiqishi manbalari ma’lum qonu- niyatlarga bo‘ysunadi, shu sababli bunday xatoliklarning o‘lchash natijasiga ta’sirini kamaytirish yoki yo‘qotish mumkin.

Tasodifiy xatolik deb xatolar qatorida turli ishora va qiymatda

uchraydigan hamda qiymati ma’lum chekdan oshmaydigan xatolikka aytiladi. Tasodifiy xatoliklar qonuniyatlari ommaviy o‘lchashlarda namoyon bo‘ladi va ularni o‘rganish bilan xatoliklar nazariyasi fani shug‘ullanadi. Uning vazifalariga o‘lchashlar xatoliklari va turlarini o‘rganish, o‘lchash natijalarining aniqligini baholash uchun har xil mezonlar o‘rnatish, bitta miqdorni o‘lchash qatoridan uning eng ishonchliroq yakuniy qiymatini topish va bu natijani baholash, o‘lchangan qiymatlar funksiyalari aniqlik- larini tahlil qilish kabi masalalarni yechish kiradi.

O‘lchashlar xatoliklari nazariyasi hal etadigan yuqorida sanal- gan masalalar geodezik o‘lchashlarni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘tkazish va natijalardan oqilona foydalanish uchun katta ahamiyatga ega. O‘lchashlar xatoliklari nazariyasi o‘lchashlar bajariladigan hamma sharoitlarni to‘g‘ri va sinchkovlik bilan o‘rganish, ularni ishonchli o‘tkazish uslubiyatini belgilash, bu maqsad uchun zaruriy asboblarni tanlash, kutilayotgan o‘lchash va yakuniy natija aniqligini hisoblash, o‘lchashlar bajarilgandan keyin esa natijalarga to‘g‘ri ishlov berish va ularning aniqligini baholash imkonini

beradi.



    1. Download 6,9 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish