Geodeziya laboratoriya


OPTIK DALNOMERLAR. IPLI DALNOMERLAR. IKKILANMA TASVIRLI DALNOMERLAR



Download 6,9 Mb.
bet39/150
Sana01.01.2022
Hajmi6,9 Mb.
#284754
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150
Bog'liq
Geodeziya (O'.O'tanov)

OPTIK DALNOMERLAR. IPLI DALNOMERLAR. IKKILANMA TASVIRLI DALNOMERLAR




42- rasm. Optik dalnomerlarda masofa

o‘lchash sxemalari: a — parallaktik

uchburchak; b — ipli dalnomer;

d — ikkilanma tasvirli dalnomer.
Optik dalnomerlarda masofani aniqlash teng yonli MFN (42- a rasm) uchburchaklarni yechishga asoslangan. D masofa paral- laktik — kichik ě burchak va uning qarshisida yotadigan baza b tomon orqali aniqlanadi. Masofa aniqlashda ě yoki b qiymat- lardan biri doimiy bo‘ladi, ikkinchisi esa o‘lchanadi. Shunga qarab:


7 3



  1. doimiy burchakli va o‘zgaruvchan bazali dalnomerlar;

  2. o‘zgaruvchan burchakli va doimiy bazali dalnomerlar bo‘ladi.

Optik dalnomerlardan eng ko‘p tarqalgani doimiy parallaktik burchakli ipli dalnomerdir. Bunday dalnomer hamma geodezik asboblarning ko‘rish trubalarida bo‘lib, ikkita dalnomer iplari deb ataladigan shtrixlardan iborat (42- b rasm). Ular dalnomer rey- kalari bilan birgalikda masofa o‘lchash imkonini beradi. A nuqtaga asbob o‘rnatilganda uning trubasi dalnomer iplarining m va n

nuqtalaridan chiqqan nurlar obyektivda sinib, oldingi fokus F1

dan ě burchak ostida o‘tadi va B nuqtaga o‘rnatilgan reykaning

M va N nuqtalarini ko‘rsatadi. Bu nuqtalar oralig‘iga to‘g‘ri keladigan kesma l dalnomer sanog‘i bo‘ladi. Ipli dalnomerda ě burchak doimiy bo‘lganligi uchun dalnomer sanog‘i D masofa o‘zgarishiga bog‘liq. 42- b rasmga ko‘ra:


1
D = D + f + d. (5.5)

MF1N uchburchakdan:


D1=

f l,

p

(5.6)

bunda, l — dalnomer sanog‘i, f — obyektiv fokus oralig‘i, p — dalnomer iplari orasidagi masofa, f/p = K — dalnomer koeffitsiyenti, f + d = c — dalnomer doimiy qo‘shiluvchisi deyi- ladi. U holda (5.5) quyidagi ko‘rinishga keladi:

D = Kl + c . (5.7)

Ichki fokuslanuvchi zamonaviy teodolitlarda c = 0, shuning uchun:



D = Kl . (5.8)

Dalnomer koeffitsiyenti odatda 100 ga teng bo‘lishi kerak, bunga ishonch hosil qilish uchun joyda lentada o‘lchangan 50, 100 va 150 m masofalarga reyka o‘rnatilib olingan sanoqlar tegish- licha 50, 100 va 150 sm bo‘lsa, dalnomer koeffitsiyenti haqiqatan 100 ga tengdir. Aks holda berilgan dalnomer uchun maxsus reyka tayyorlanadi yoki tuzatmalar jadvali tuziladi.

Ipli dalnomerda masofa o‘lchash nisbiy xatoligi 1:400 gacha bo‘ladi. Ikkilanma tasvirli optik dalnomerlarda masofa o‘lchash uchun ko‘rish trubasi obyektivi oldiga uning yorug‘lik teshigining

7 4



yarmini yopib turadigan optik pona yoki kompensator o‘rnatiladi. Ko‘rish nuri optik pona orqali o‘tgach, paralaktik ě burchak ostida M1 nuqtaga og‘adi (42- b rasm). Buning natijasida kuzatuvchi bazis Bb qiymatiga surilgan reykaning ikki tasvirini ko‘radi. Dal-

nomerlar doimiy parallaktik burchakli bo‘lganda reykaning ikkita tasvirini ustma-ust tushirish orqali baza qiymati b o‘lchanadi.

Doimiy bazali dalnomerlarda esa linzali kompensatorni su- rish orqali maxsus shkala yordamida ě burchak o‘lchanadi va masofa



+

=
D k c

b
(5.9)


formula yordamida hisoblanadi, bunda k = br — dalnomer koeffitsiyenti, c — dalnomer doimiy qo‘shiluvchisi.

Optik dalnomerlarda masofa: 1:1200—1:5000 nisbiy xatoliklar bilan o‘lchanadi.

Hozirgi kunda chiziq o‘lchashda yozilganlardan tashqari uzunligi 30, 50 m bo‘lgan po‘lat va fiberglasli ruletkalar, sm li aniqlikni ta’minlaydigan aylanasi 30 sm va 1 m bo‘lgan tegishlicha 99,9 m va 999,9 m uzunlikdagi o‘lchash g‘ildiraklari hamda oddiy sirtdan 30 m, qaytaruvchi sirtdan bir necha yuz metr masofani o‘lchash, hajm, yuza hisoblash imkonini beradigan lazerli ruletkalar qo‘llanilmoqda.




    1. Download 6,9 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish